Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Yozgi yashil tropik o‘rmonlar, namli savanna


Download 434.88 Kb.
bet23/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Yozgi yashil tropik o‘rmonlar, namli savanna
Yozgi yashil tropik o‘rmonlar mussonlar esadigan hududlarda asosan tarqalganligidan mussonlio‘rmonlar ham deyiladi. Undagi daraxtlar barglar bilan to‘la qoplangan paytda bu o‘rmonlar doimo yashil yoki yarim xazonrezgili ancha yorug‘roq tropik o‘rmonlarga o‘xshab ketadi. Ularda shoxlari egilgan va butali qavat yaxshi rivojlangan. Bunday o‘rmonlarning ancha qismini doimo yashil o‘simliklarning turlari tashkil qiladi. Daraxtlarning turlarini tarkibi boy emas. Ularning orasida teyko daraxti (Tectonia grandis) eng ko‘p tarqalgan. Daraxtning bu turi Hindiston, Birma, Tailanddagi yozgi yashil o‘rmonlarning asosini tashkil qiladi. U bilan birga ebena daraxti (Diospyros melanoxylonvaDiospyros ebenum)hamda lavr hindistonlik (Terminalia tomentosa) qimmatli yog‘och beradi.
Ulardan ayniqsa teyko qimmatli xususiyatlarga : qattiq, zamburug‘lar, termitlar ta’siriga chidamli, namlik va haroratni o‘zgarishi kuchli ta’sir qilmaydi. SHu boisdan o‘rmonchilar uni maxsus o‘stirishadi (Afrika va Janubiy Amerikada ham).
Mussonli o‘rmonlar Birma va Tailandda yaxshi o‘rganilgan. Ularda teyko bilan birga Pentacme snavis, Dalbergia paniculata hamilttonia keng tarqalgan. Butalar qavatida bambukning bir turi – Dendrocalamus strictuso‘sadi. O‘tlar qavati asosan boshoqlilardan iborat ularning orasida Andrapogon ustunlik qiladi.
Yavaning sharqida teyko o‘rmonlari keng tarqalgan. Bu tur Yavaga Hindistondan keltirilgan bo‘lsa kerak. SHu bilan birga olovday qizil gullaydigan Butea monosperma, soyabon ko‘rinishga ega tanali Albizza stipulate, Schleicheria trijugahamda tanasi oq po‘stloq bilan qoplangan Albizza procera hamda Phyllanthum emblica, Ficus hispidalianalardan ildizida baliqlarga zaharli ta’sir qiladigan rotenon tutgan Derris elliptica, urug‘i Hindistonda og‘irlik birligi sifatida foydalaniladigan Acacia pennatavaArbus precatoriustarqalgan.
Birma o‘rmonlarida ancha quruq erlarda Pentacme suavis daraxtidan iborat o‘rmonlar bor. Bu o‘rmonlardagi daraxtlardan ayrimlari qimmatli yog‘och olish uchun maxsus ko‘paytiriladi. Ulardan Birma temir daraxti (Xylia xylocarpa) yog‘ochi termitlardan zararlanmaydi; qora mirobalan daraxt (Terminalia chebula) yog‘ochi mebel ishlab chiqarishda: Antelaea azidarachta yog‘ochi qizil bo‘lganligidan haykalchalar va faner tayyorlashda; chilibuxi (Strychnos nuxvomica) daraxtidan strixnin va termitlarga chidamli qimmatbaho yog‘och olinadi. Bu erda ham bambuk u bilan birga kaltapoyali palma (Phoenix acanlis) o‘sadi.
Yozgi yashil baland bo‘yli o‘rmonlar Amerika materigida ham bor. Tashqi ko‘rinishidan sharqiy Osiyodagilardan katta farq qilmaydi. Bu erda ham bo‘yi 25-35 m keladiganlari bor. Gvatemala, Salvador, Nikaragua va Panamaning dengiz qirg‘oq bo‘ylaridagi o‘rmonlarda Ceiba pentandra(jun yoki kopak daraxt), Enterolobium cyclocarpum va E.saman, Terminalia obovata vaAnacardium excelsum, butalar orasida tikanli palma Bactris subglobosavaCoccolobaturkumining turlari o‘sadi. Bunday tarkibli o‘rmonlar Antil orollarida ham bor.
Juda katta maydonlarni egallagan tropik va subtropik o‘rmonlarda aholi ancha kam. Aholi sonining ortishi o‘rmonlarning kesilishiga olib keladi. Uni o‘rnida turar joylar, odamlarning faoliyati uchun zarur qishloq xo‘jalik erlari tashkil etiladi. Kurrai zamin bo‘ylab yarim xazonrezgili va nam yozgi yashil o‘rmonlarning maydonlari tobora kamayib ketmoqda. O‘rmonlarni yonishi bilan uning tuprog‘i chorva mollarini o‘tlatish va dehqonchilik uchun yaroqsizga aylanayapti.
Afrikada tropik yomg‘irli o‘rmonlar o‘simliklarning ochiq jamoalari bilan chegaradosh. Bunday xolat Hindistonda ham katta maydonlarda mavjud. Bu esa bunday o‘rmonlarga tashqi ta’sir kuchli ro‘y berishiga olib keladi.
Afrikada nam savannalar uning g‘arbiy tomonida katta maydonlarni egallaydi. Bu joylarni Gvineya mintaqasi ham deyiladi. Gvineya savannasi deb ataladigan hudud shimolda tropik yozgi yomg‘irli o‘rmonlar Nigeriya orqali Sudanning janubigacha boradi. SHimoliy va janubiy savannalarda farq bor. O‘rmonli savannalarda yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladi. Tropik yomg‘irli o‘rmonlar janubiy mintaqada tegishli tarmoq savannalarga (Kongo basseynida, janubi-sharqiy Gabon-Katango) bo‘linadi.
Namli savannalarda Daniella, Cophira, Nanclea turkumlarining turlariga mansub o‘simliklar bilan Isoberlinia hamda sezalpiniyadoshlar oilasiga mansub turkum turlari ham ko‘p. Ulardan tashqari bu erda moy daraxt (Butyrospermum parkii, karmandaraxt (Afzelia africana) ham ko‘p o‘sadi. Bu hududlardagi baland bo‘yli boshoqlilarning turlari ham anchagina. Eng balandlarining bo‘yi 2 metrdan to 5 metrlargacha etadi. Ularning asosini HyparrheniavaAndropogonturkumining turlari tashkil qiladi. Ularning barglarini enliligi diqqatga sazovor. Bo‘yi 50-150 sm keladigan qavat asosan Panicum Sataria, Chloris, Schizachyriumva boshqa turkumlarga mansub turlardan iborat. Boshqa oilalarning turkumlarini o‘simliklari ham bor, ular fitotsenozda katta ahamiyat kasb etadi.
Markaziy Amerika savannalarida qarag‘ay va emanlar ham o‘sadi. Ularning orasida qarag‘ay kariblik (Pinus caribica), tropik (Pinus tropicalis), kubalik (Pinus cubensis) va eman virginlik (Quercus virginiana) ham keng tarqalgan.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling