Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


- MAVZU: TROPIK VILOYATLARNING YOZGI NAM DAVRLI MINTAQASI


Download 434.88 Kb.
bet21/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

3- MAVZU: TROPIK VILOYATLARNING YOZGI NAM DAVRLI MINTAQASI
Ekvatordan biroz uzoqlashilganda taxminan 10 va 25 parallellarni har ikkala yarimsharning orolig‘ida tropik iqlimli, bir kecha kunduzdagi haroratning farqi deyarli ro‘y bermaydigan o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga deyarli ta’siri bo‘lmaydigan hudud mavjud. Yomg‘irli o‘rmonlar v sahro mintaqasining orasida yozgi nam davrli tropik viloyat joylashgan. Buyerda savannalar, tikanli butalardan iborat chakalakzorlar joylashgan.
Iqlimi va tuproqlari. YOg‘ayotgan yog‘in miqdori va uning yil davomidagi taqsimlanishi o‘simliklarning formatsiyalarini belgilaydi. Qurg‘oq katta maydonlar SHimoliy va Janubiy tropiklarning har ikkala tomonida joylashgan. Bu hududlarda yozgiyashilbargli mussonli o‘rmonlar barq urib o‘sgan. Osiyo qit’asi juda katta maydonlarni egallaganligi tufayli ekvatorial mintaqada konvergenlik va ekvatoriallik tufayli yozgi mussonlarda yog‘ingarchilik miqdori ko‘p bo‘ladi.
Hind okeanining shimoliy va Osiyoning Janubi-Sharqiy qismida ro‘y beradigan mussonlar tipik hisoblanadi. Bu erlarda yomg‘irlar apreldan oktyabr oyigacha davom etadi. buning natijasida Hindistonning sharqiy qirg‘oqlariga 900-1200 mm yog‘in yog‘adi. Boshqa oylarda qurg‘oqchilik kuzatiladi. Eng issiq kunlar yog‘ingarchilik oldidan ro‘y beradi. Dengizdan qanchalik uzoqlashish bilan yog‘in miqdori kamayib boradi, qurg‘oqchilik davri uzayadi.
Hindiston yarimorolining janubi-g‘arbida yog‘adigan yog‘ingarchilik miqdori turlicha bo‘ladigan hududlarda uning g‘arbiy qirg‘oqlarida G‘arbiy Gataning tog‘lari joylashgan. Shimoliy kenglikning 12 va 180 oralig‘ida yog‘ingarchilikning miqdori 3000 mmgacha etadi, tog‘ning shamolli tomonida faqat 600-700 mm ni tashkil qiladi xolos. Yarim orolning o‘rta qismini egallagan Dekan yassitog‘ligiga qurg‘oqchilik xos.
Ekvatordan shimolroqda bunday iqlimiy sharoit Hindistonning ichki hududlariga ham xos. Ekvatordan janubroqda mussonli iqlim Avstraliya qit’asining ta’siri bilan belgilanadi. Bu erlarda o‘rtacha harorat 25-300S atrofida saqlanadi. YOzgi yomg‘irli davr (noyabr-aprel) aniq namoyon bo‘lib, yog‘ingarchilikni miqdori 800-1400 mm tashkil qiladi. Maksimal qurg‘oqchilik iyulga (Janubiy yarimsharda qish) to‘g‘ri keladi.
Bunday iqlim shimoliy-sharqiy hududlardan tashqari Avstraliyada bor. Qirg‘oq bo‘yida yog‘in miqdori 1200-1500 mm bo‘lgani xolda 15 va 200 janubiy kengliklarda yillik o‘rtacha yog‘ingarchilik 700-370 mm.
Afrikada undan ekvator chizig‘i o‘tadigan hududlarda yaxshi ifodalangan iqlimiy zonallik mavjud bo‘lib u o‘simliklar qoplami va floraning tarkibiga ham ta’sir qilgan. Sernam havo massasi Afrika materigi bo‘ylab shimoldan janubga iyulda (shimoldagi yoz) Sahroi Kabirgacha va yanvarda (janubda yoz) Janubi-G‘arbiy Afrikaning qurg‘oq hududlarigacha etib boradi. Ana shuning uchun yilning bu davrida quyosh tikkaga kelganda yomg‘ir yog‘adi.
Doimiy sernam ekvatorial mintaqada shimoldan janubga, Viktoriya ko‘lining atroflarida sharqdan aniq ifodalangan uch-besh oy davom etadigan qurg‘oq; yog‘ingarchiliksiz davr yondashadi. Yillik yog‘in miqdori ancha ko‘p, u g‘arbda 1990 mm gacha etadi. Keyin qurg‘oqchilik davri besh-etta oy davom etadigan mintaqa keladi, bu erlardagi yillik yog‘in 900-1200 mm ni tashkil qiladi.
Ekvator yaqinidagi sharqiy afrika hududida passatlar mintaqasi joylashgan. Janubiy passat yog‘ingarchilik keltirsa ham u tog‘larning shamolli tomonida yog‘adi.
Efiopiyaning janubi, Somali va Keniyada ikki marta ro‘y beradigan davrda 500 mm yog‘ingarchilik bo‘ladi xolos.
Janubiy Amerikada Afrikadagi iqlimiy xolat ro‘y bersa ham bu hududda zonallikni aniqlash qiyin. Bu erlarda iqlimga passatlar kuchli ta’sir qiladi, u Atlantikadan iliq havo keladi. Orinoko basseynida yog‘in miqdori 900-1500 mm atrofida yog‘adi. Braziliyaning shimoliy-sharqiy qismi ancha quruq havoli, yog‘in miqdori o‘rtacha 700-800 mm xolos.
Qurg‘oqchilik va yog‘ingarchilikli vaqtlar almashinib turadigan tropik hududlarning tuprog‘i laterintli. Bu tuproq quriganda juda qattiq, ezilishi qiyin xolga kelib qoladi, keyin u qatqaloqqa aylanadi. Uni orasidan o‘simlikning ildizlari o‘taolmaydi. O‘simlik qoplami ham shundan kelib chiqadi.
Quruq (arid) hududlarda rangi qo‘ng‘ir-qizildan qizil-jigarrang tusli uncha unumli bo‘lmagan tuproqlar tarqalgan. Bu tuproqlar ancha g‘ovakligi tufayli daraxtlar kam yoki butunlay yo‘q.
Afrikadagi quruq o‘rmonlar o‘sadigan erlarda katta maydonlarda qadimgi qumli tuproqlar mavjud. Sudan mamlakatida bu tuproqlar unumdor, namni yaxshi saqlaydi, shu boisdan o‘simliklarning ildizlari yaxshi rivojlanadi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling