Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet17/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Namtropiklardagio‘simliklar
Tuzilishi va tarkibi. Bunday bir necha o‘nlab yillari ilgari nam tropik o‘rmonlar bu o‘tib bo‘lmaydigan daraxtlar, butalar, erdagi o‘tlar, liana va epifitlardan iborat changalzorlar deb hisoblanilardi. Yaqinda ma’lum bo‘ldiki, quyosh nuri ergacha deyarli etib kelmasligidan o‘tlar kamligi va undan qarshiliksiz o‘tish mumkinligi ma’lum bo‘ldi.
Nam tropiklardagi o‘rmonlarni tashkil qilgan turlar deyarli bir xil deb hisoblanilgan. 1 gektar maydonda 50-100 tur o‘simlik bo‘lishi bu erlarda tashqi ko‘rinishi va balandligi turlicha bo‘lgan daraxtlar hududi yuksak o‘simliklarning 70% ni tashkil etadi. daraxtlarning uch-yuqori, o‘rta va pastki qavati mavjud. YUqorigi qavat balandligi 50-60 metrli tanasi egilmagan ko‘rinishli bo‘ladi. O‘rta qavat daraxtlarning balandligi 20-30 m, odatda egilib o‘sadi. Tanasi katta emas. Pastki qavat daraxtlarining o‘sishi va rivojlanishi yoritilishga bog‘liq. Bu qavat daraxtlarining balandligi taxminan 10 metrlargacha boradi. Har uchala qavat daraxtlarda liana va epifitlar o‘sadi.
Butalar va o‘t o‘simliklarining bitta yoki ikkita qavati ham bor. Ularning tarkibi yoritilishi kam bo‘lgan sharoitda ham o‘saoladigan turlardan iborat. Atrof havoning namligini yuqoriligidan bu o‘simliklarning ustitsalari doimo kun bo‘yi ochiqligidan o‘simliklarni so‘lib qolishi xavfi bo‘lmaydi.
Nam tropikli o‘rmonlardagi daraxtlarning o‘sishidagi xususiyatlarni uch guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga mansub turlarning vakillari tez o‘sadi, biroq ko‘p umr ko‘rmaydi. Bu yorug‘sevar o‘simliklar o‘sishni taxminan 20 yillardan keyin to‘xtatadi va boshqa turlarga joyini beradi. Bunday o‘simliklar qatoriga masalan, janubiy Amerikadagi balzam daraxt (Ochroma lagopus) va mirmikofil turlarning ko‘pchiligi sekropiya (Cecropia), Afrika turi Musanga cecropioidesvaOsiyoning tropiklaridagi sutlamadoshlar oilasidan Macaranga turkumiga mansublari kiradi.
Ikkinchi guruhga rivojlanishini dastlabki davrida tez o‘sadigan, uni balandga o‘sishi davom etib to‘xtagandan keyin ham bir necha yuz yil davom etadigan o‘simliklar mansub. Ular yuqoriga qavatga xos bo‘lib, tanasi odatda soya bilan to‘silmaydi. Bu guruh o‘simliklar qatoriga yog‘ochligi qadrlanadigan “qizil daraxt” deb ataladigan Amerikaning tropiklarida keng tarqalgan Swieteniava Afrika tropiklaridagi KhayavaEntandrophragma mansub.
Uchinchi guruhning vakillari soyaga chidamlik sekin o‘sadigan va uzoq umr ko‘radigan o‘simliklar hisoblanadi. Ularning yog‘ochligi juda qattiq va og‘ir ishlov berish qiyinligida keng ko‘lamda qo‘llanilmaydi.
Daraxtlarning ko‘pchiligini tanasi to‘g‘ri, ustunsimon, shoxlanmaydi, 30 metrlargacha balandliklarga boradi. Alohida turganlaridagina shox-shabbasi atrofga yoyiladi. Daraxtlarning ayrim turlarini asosida bo‘yi 8 metrlargacha etadigan disksimon ildizlar hosil qiladi. Ular daraxtlarga mustahkamlik beradi, ildizlari chuqurga bormaydi. Disksimon ildizlarni hosil bo‘lishi irsiy jihatidan belgilanadi. Moraceae, Mimosaceae, Sterculiaceae, Bombaceae, Meliaceae, Bignoniaceae, Conpositaceae oilalariga mansub o‘simliklarning turkumlarida disksimon ildizlar ko‘p uchraydi. Apocynaceae, Sapotaceae oilalarining o‘simliklarida disksimon ildizlar yo‘q.
Boshqa tur daraxtlar uchun qadamlovchi ildizlar xos; ular tanasining erga yaqin qismida hosil bo‘ladi.
Nam tropiklardagi o‘rmonlarning daraxtlarini ayrimlarida kaulifloriya ya’ni gulni bargsiz shoxda hosil bo‘lishi alohida xususiyatlaridan biri. Bunday xolat o‘rmonning quyi qavatidagi daraxtlarda ro‘y beradi. Olimlar bu xolatni shu joylarda tarqalgan ko‘rshapalaklar tomonidan changlanishi bilan bog‘laydilar. Ko‘rshapalaklar va uchadigan itlar uchun daraxtga qo‘nayotganida uning gullaridan ushlash qulay bo‘ladi.
Gul changini guldan gulga o‘tishida qushlar ham ishtirok etadi (bu xolat “ornitofiliya” deyiladi). Ornitofil gullar ochiq yorqin rangi (qizil, pushti, sariq) bilan uzoqdan ko‘zga tashlanadi. Xiropterofil o‘simliklarning gullari ko‘rimsiz yashilroq yoki jigarrang tusli.
Nam tropiklardagi o‘rmonlarni quyi qismida tarqalgan o‘t xilidagi turlar soni daraxtlardan kam. Bu hududda tarqalgan o‘simliklarning barglarini bir tusda emasligi, metall kabi yaltiroq yoki yaltiramaydigan baxmalsimonligi bilan ham ajralib turadi. Bu quyosh yorug‘ligi minimum bo‘lsa ham undan maksimal foydalanishga moslanishlardan biri bo‘lsa kerak. Bunday tusli quyi qavatning o‘simliklarini manzarali sifatida xonadonda ko‘plab o‘stiriladi. Ular qatorida Zebrina, Tradescantia, Setereasia, Maranta, Calathera, Coleus, Fittonia, Sanchezia, Begonia, Peleava boshqa turkumlarning turlari bor. YOrug‘lik yana ham kam tushadigan joylarda paporotniklar, plaunlar (Salaginella) va moxlar o‘sadi, ularning turlarini xilma xilligi unchalik ko‘p emas. Plaunlarning anchagina ko‘p turi (ular 700 ga yaqin) nam tropiklardagi o‘rmonlarda o‘sadi.
Aksincha, geterotrof yuksak o‘simliklar bu hududlarda kam. Bu erda o‘simliklar olamidagi gulining diametri bir metrgacha etadigan Rafflesiaarnoldii o‘sadi. Bu tekinxo‘r o‘simlik, uning vegetativ tanasi bir necha hujayralardan iborat ip darajasigacha kichiroq turlar bilan Hind-Malay viloyatida 11 turni tashkil qiladi. Ular uzumdoshlar oilasiga mansub Cisus turkumining turlarida tekinxo‘rlik qilishadi.
Nam tropikli o‘rmonlardagi tuproqlarda Clarhraceae va Phallaceae oilalariga mansub saprotrof zamburug‘larning “zamburug‘-gullari” ham uchraydi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling