Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


-Mavzu: FLORISTIK OLAMLAR VA YERNING O‘SIMLIK MINTAQALARI


Download 434.88 Kb.
bet13/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

2-Mavzu: FLORISTIK OLAMLAR VA YERNING O‘SIMLIK MINTAQALARI
Reja
1.Goloarktik olam.
2.Paleotropik olam.
3.Neotropik olam.
4.Avstraliya olami.
5.Kap olami.
6.Antarktik olam
Botanik olimlarning ko‘plab avlodlarining mashaqqatli oqilona olib borgan ilmiy tadqiqotlarini natijasida Yer sharining ko‘plab mintaqalaridagi flora haqida ma’lumotlar to‘plangan. Olingan ma’lumotlarni o‘zaro qiyoslanishi natijasida o‘rganilgan hududlardagi floraning tarkibida farqlar mavjudligi aniqlandi. Bu farqlar asosida floristik rayonlashtirish imkoniyatlari bo‘ldi. Floraning tarkibidagi o‘ziga xosligi maksimal darajada ifodalangani floristikolam deb nomlanadi. Floristik olam viloyatlarga bo‘linadi. Bu xolat hudud kattaligiga emas, o‘ziga xos rivojlanish tarixi bilan bog‘liq. Olingan ma’lumotlar asosida er sharidagi o‘simliklar oltita floristik olamga bo‘linadi:

  1. Golarktik (Holarctis)

  2. Paleotropik (Paleotropis)

  3. Neotropik (Neotropis)

  4. Avstraliya (Australis)

  5. Kap (Capensis)

  6. Antarktik (Antarctis)

Golarktikolam. Egallagan hududiga ko‘ra bu olam planetamizda eng kattasi hisoblanadi. U shimoliy yarimsharning neotropik qismi bo‘ylab yoyilib joylashgan. Bu olam o‘simliklarning ko‘plab oila va turkumlarini o‘z ichiga olib ko‘pchiligi istesnosiz xolda shu joyda tarqalgan yoki kelib chiqishi bilan bog‘langan. Gap shundaki, biz uchun odatiy bo‘lgan Aceraceae, Umbelliraceae, Cruciferaceae, Apiaceae, Brassicaceae, Caryophyllaceae, Betalaceae, Fagaceae, Rosaceae, Primulaceae, Ranunculaceae va boshqa oilalarning turkumlarini o‘simliklari bu olamda keng tarqalgan.
Bu katta floristik olam turlicha iqlim sharoitli hududlardan iborat, natijada floristik tarkib ham turlichaligi bilan ifodalanadi. Golarktik olamni turli tadqiqotchilar 8 dan 12 tagacha floristik viloyatlarga bo‘ladilar. Bu mazkur viloyatlarning iqlimiy sharoitidan kelib chiqqan xolda o‘ziga xos o‘simliklar jamoasi shakllangan.
Sinkumbar floristik viloyat tundra mintaqasiga;
Sirkumboreal mintaqa boreal tipdagi ninabargli o‘rmonlar mintaqasiga; yozgiyashil aralashbargli o‘rmonlar o‘rtaevropa viloyatiga; makroneziya-o‘rtadengiz viloyati qattiqbargli (sklerofil) o‘simliklar jamoasiga; pontika-janubiysibir viloyati cho‘llarga, turon viloyati sahro va chalasahrolarni o‘z ichiga oladi. Bu olamning boshqa floristik viloyatlari ham shu tarzda taqsimlanadi.
Floristik viloyatlarni taqsimlanishida avvalo muzlik davrining ta’sirini hisobga olgan xolda tarixiy rivojlanishi nazarda tutiladi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling