Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


-Mavzu: Tropik hududlarning yozgi nam davrli mintaqasi


Download 434.88 Kb.
bet16/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

3-Mavzu: Tropik hududlarning yozgi nam davrli mintaqasi.
Reja
1.Kattaligi va chegaralari.
2.Iqlim va tuproqlari. Nam tropiklardagi o‘simliklar
3.Tuzilishi va tarkibi.
Kattaligivachegaralari. Nam tropiklardagi o‘rmonlarning tarqalishi asosan ekvatorning iqlim mintaqasi bilan chegaralanib u juda katta hududlar asosan, Janubiy Amerika, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Afrikani egallaydi. Bu hududning eng kattasidan biri-Amazonka uning irmoqlari hisoblanadi va u tropiklardagi nam o‘rmonlarning etaloni. U g‘arbdan janubga 3600 km, shimoldan janubga 2800 km ga cho‘zilgan.
Boshqa, unchalik katta bo‘lmagan nam tropiklardagi o‘rmonlar Braziliyaning sharqiy qirg‘og‘ida. Undan keyingisi tropik Osiyoda. Afrikada nam tropiklardagi o‘rmonlar Gvineya qirg‘oqlaridan Kongo yoyilmasigacha cho‘zilgan.
Iqlim va tuproqlari. Nam tuproqlardagi haroratning absolyut maksimumi 33 va 360S oralig‘ida. O‘rtacha oylik harorat o‘zgarishsiz va u 24-280S ni tashkil qiladi. Braziliyaning ayrim joylarida va Afrikaning sharqiy qismidagi nam o‘rmonlarda yillik yog‘in miqdori 2000 mm ayrim xollarda 12000 mm ga boradi. Ekvator yaqinida yil fasllarida farq yo‘q hisobi, u erda har kuni ertalab soat 6 da kun chiqadi. Choshgohdan keyin momaqaldiroq bo‘lib, kuchli yomg‘ir yog‘adi. Keyin tezda quyosh charaqlaydi. B xolat kun botguncha yana bir marta takrorlanadi. Kech soat 6 da kun botadi. Haroratning eng pasti quyosh chiqishdan oldin, choshgohda ko‘tarilib yana pasayadi. Havoning kechasigi va sahardagi namligi 90-100% ga etadi, choshgohda 40% kamdan kam xollarda 25% gacha pasayadi.
Nam tropiklardagi o‘rmonlar mintaqasida ergacha ya’ni tuproqqacha yorug‘lik juda kam etib keladi. YOritilganlik 0,1-1% darajasida ham moxlar va paparotniklarning ko‘pchiligi plaunlar (Selaginella) va xatto gulli o‘simliklar ulardan begoniya va toshyorardoshlar (Comnelinaceae), imbernыe (Zingiberaceae), marantadoshlar (Marantaceae), marenovыe (Rubiaceae) va balzaminlar (Balsaminaceae) oilalarining vakillari bu sharoitda ham o‘saoladi.
Nam tropiklardagi o‘rmonlarning tuproqlari (ayrim joydagilarini hisobga olmaganda)uchlamchi davrda hosil bo‘lgan. YOg‘ingarchilikni ko‘p bo‘lishi birlamchi tog‘ jinslaridan iborat asosni hamda kremniykislotalarni yuvib ketadi. Buning natijasida tuproqni temir, alyuminiy tuzlari bilan boyishi ro‘y beradi. Bu jarayon ferrallitlanish yoki laterlanish deyilib nam tropiklardagi o‘rmon mintaqasi uchun xos hisoblanadi.
Bu tuproqlarda kalsiy, azot, fosfor yo‘q yoki deyarli yo‘q. SHunday bo‘lsada o‘simliklar qoplamini qalinligi uning qadimiyligi bilan izohlanadi. YUzlab asrlar davomida tuproqdagi oziq moddalar o‘simliklar qoplamiga o‘tgan u ekotuzilmaning oziq manbaiga aylangan. O‘simlik qoldiqlarini qulay iqlimiy sharoitda minerallarga aylanishi natijasida tezda o‘simliklarga o‘tadi.



Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling