Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet18/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Epifitlar.Daraxtlardao‘sadigan bu guruh o‘simliklarning nam tropik o‘rmonlarda yashashga moslanishlari bir muncha qiziqarli. Ularning turlari juda ko‘p. Ular daraxtlarning tanalari va shoxlarini deyarli to‘la darajada qoplashi bilan yaxshi yoritiladilar. Epifitlar tuproqdan nam olmagani uchun ular havosi nam, yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan joylarda keng tarqalgan.
Yorug‘sevar epifitlar bir kecha kunduzdagi nam va quruq davrga yaxshi moslashgan. Epifitlar orxidlar-salabdoshlar oilasida juda ko‘p. Ularning turlari 2000-2500 gacha boradi. Ular namlikni novdasining yo‘g‘onlashgan joylari (bulba deyiladi) yaproq va ildizlarida saqlaydi. Bunday hayot kechirishga havo ildizlari ham xizmat qiladi.
Soya joyda o‘sib rivojlanadigan epifitlar gigromorf paparotniklar va moxlardan iborat. Ular nam havoli sharoitda tarqalgan.
Gulli o‘simliklardan bu jamoada Peperomiava Begonia turkumining o‘simliklari uchraydi.
Nam tropiklardagi o‘rmonlarni quyi qavatida tarqalgan o‘simliklarning vakillari ham anchagina. Bu xolatga epifilliya deyiladi. Barglarda lishayniklar, jigar moxlar, suvo‘tlar o‘zlariga xos jamoani tashkil qiladi.
Epifitlarni lianalar bilan bog‘lab turadigan o‘ziga xos bosqichni gemiepifitlar tashkil qiladi. Ular dastlab epifit xolida bo‘lib keyin havo ildizlari tuproqqa yetib borsa mustaqil o‘simlikka aylanadi. Yoki dastlabki davrida liana xolida o‘sib, qaysi bir sabab bilan yerdan uzilib epifitga aylanadi. Birinchi guruhga xalq tilida (mutaxassislar ham) “bo‘g‘uvchio‘simliklar” mansub. Ularning havo ildizlari o‘sib turgan daraxtning tanasini shunday mahkam siqadiki, daraxt yo‘g‘onlashaolmay qolib, provard natijada quriydi. Osiyodagi Ficus (tutdoshlar oilasidan) Amerikadagi Clusia turkumining (zveroboylar oilasidan) turlari misol bo‘ladi. Ikkinchi turkumga aroidlar oilasining vakillari mansub.
JanubiyAmerikaning namli tropik o‘rmonlari
Hozirgi kunda tropik o‘rmonlardagi o‘simliklarning rang-barangligi Amazonka basseynida boshqa joylardan yaxshi namoyon bo‘lgan. Sayohatchilar “yashil jaxannam” deb atashadigan bu hudud o‘zining tadqiqotchilarini kutmoqda. Avval bu yerlar uchun fitotsenologlar zarurki hozirgacha ham bu yerda tarqalgan o‘simliklar bo‘yicha yetarlicha ma’lumotlar oz.
Janubiy Amerikaning namli tropik o‘rmonlarida eng katta maydonli quyi yassilikdagi suv bosmaydigan joy nam o‘rmonlar tashkil qiladi. Janubiy Amerikaning aholisi bu joylarni ispanchasiga “terrafirma”-qattiq er deb atashadi. Uning daraxtlar qavatini bag‘oyat turli sistematik tarkibi asosan dukkaklilar tartibining daraxtlari tashkil qiladi. Bu yerda sezalniyadoshlar oilasiga mansub o‘simliklarning ikkita markazidan bittasi daraxtlardan Dimorphandra, Elizabetha, Eperua, Heterostemon, PeltogynevaSwartzia turkumlarining chiroyli gullaydigan turlari tarqalgan.
Mimozadoshlar (Mimosaceae) oilasining tarkibiga Amazonka basseynidagi bo‘yi eng baland 60 metrlarga etadigan Dinizia excelsa ko‘p turlari tarqalgan. Parkia turkumi ko‘p uchraydi. SHu bilan birga muskatdoshlar (Myristicaceae), sapotadoshlar (Sapotaceae), letsitiyadoshlar (Zecythidaceae), sutlamadoshlar (Euphorbiaceae), lavrdoshlar (Zauraceae) va kurtdoshlar (Apocinaceae) oilalarining daraxtlari ko‘p tarqalgan.
Amazonka basseynining muhim foydali o‘simligi-geveya (Hevea brasilensis) kauchuk beradi.Geveya sutlamadoshlar oilasiga (Euphorbiaceae) mansub, bo‘yi 30 metrlarga tanasining diametri 1 metrga etadi. Braziliyaning ichki hududida kurtdoshlar oilasidan kauchuk (avvalo chaynaydigan saqich) olinadigan Conta turkumining turlari ham keng tarqalgan.
Boshqa faydali o‘simlik-Bertholletia excelsadaraxtidan “braziliya yong‘og‘i” teriladi. Lesythidaceae oilasiga mansub daraxtning bo‘yi 50 metrlargacha etadi.
Qimmatbaho yog‘ochlik beradigan daraxtlardan sveteniya (Swietenia macrophylla)bo‘lib uning yog‘ochligi haqiqiy qizil daraxtdan (Maxogon) qolishmaydi. Bu daraxt Antil orollarida keng tarqalgan, uning bo‘yi ham 50 metrlarga boradi.
Amazonkaning nam o‘rmonlarida lianalar ayniqsa barq urib o‘sgan. Ulardan Abuta (Menispermaceae oilasidan), Bauhina (Caesalpiniaceae) Derris (Fabaceae), Entada (Mimosaceae) vaStrychnos (Loganiaceae)turkumlarini qayd etish lozim. Abuta va Strychnos turkumlari o‘simliklaridan mahalliy aholi nayzalarini uchiga surtadigan zahar-kurara tayyorlashadi.
Haqiqiy epifitlardan birinchi navbatda Amerikaning namli o‘rmonlariga xos bromleyadoshlar (Bromeliaceae) hamda orxidlarning turlarga boy turkumlaridan Cattleya, Epidendron, Laelia, MaxillariavaOncidiumko‘p uchraydi.
Doimo suv bosgan joylarda (ularning eni 100 km gacha boradi) qirg‘oqda butalar, undan keyin baland bo‘yli (50 m atrofida) daraxtlar, ulardan palmalar shokolad daraxt yoki kakao daraxti (Theobroma cacao) o‘sadi. Uning bo‘yi 10 metrlarga etadi.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling