Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet25/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Baobabli o‘rmonlar. Afrikadagi g‘aroyib ko‘rinishli, shoxlari tarvaqaylagan umrboqiy daraxt bu baobab. Uni non daraxti (Adansonia bigitata)deyiladi. Mintaqaning ko‘plab viloyatlarida baobab boshqa daraxtlar bilan turlarga boy baobabli o‘rmonlarni hosil qiladi. Uning ostidagi ma’lum darajada siyrak buta qavati ham turlarga boy. Baobabli o‘rmonlar unumdor tuproqlarda rivojlanadi, oziq moddalarga boy, engil tuproqlarni yoqtirad
Baobab odamlarning hayotida muhim ahamiyat kasb etadi, u aholi istiqomat qiladigan joylarda ko‘p uchraydi. Relikt o‘simlik sifatida uni o‘stiradi. Unga bo‘lgan odamlarning qiziqishi faqat tashqi ko‘rinishidagina emas, odamlar uchun uni foydali tomonlari ko‘pligida urug‘i 15 %gacha yog‘ tutadi, mevasining eti iste’mol qilinadi. YOsh yangi barglari sabzavot sifatida ishlatiladi. Baobab tabobatda va ilmiy tibbiyotda uning mevasini eti ich ketishda (dizenteriya) va tutqanoqda foydalaniladi.
Shimoliy Afrika va Sudan mamlakatining hududidagi katta maydonlarda Combretium turkumining daraxtlaridan iborat quruq tabiatli siyrak o‘rmonlar mavjud. Ular bilan dukkakdoshlar oilasining o‘simliklari ham keng tarqalgan.
K
Африка суккулентлари
limanjaro etaklarida siyrak tarqalgan mevali bog‘lar yoki “mevabog‘li” sevannalar mavjud. Ularni ostidagi boshoqli o‘simliklardan iborat tig‘iz o‘t qavatni bo‘yi 2 metrlargacha etadi. Ular bilan tarqalgan bo‘yi 10 metrlardan oshmaydigan daraxtlarning shoxlari o‘zaro tutashmaydi. Shu xolat mevali bog‘ni eslatadi. Bu joylarda yong‘inlar ro‘y bermaganligi tufayli baobabli va
Combretium turkumining turlaridan iborat fitotsenoz shakllangan. Bunday tipdagi mevali bog‘lar Markaziy va Janubiy Amerikada ham mavjud. Antil orollari va Markaziy Amerikada Curatella-Byrsonima savannalari mavjud. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra alohida jozibali savannalar SHarqiy Peruda Braziliyaning ayrim shtatlarida ham (Mamu-Grosu, Baiya, Manas-Jerays) uchraydi.


Tikan butali savannalar
Bir yillik yog‘inning miqdori 500 dan 200 mm gacha pasaysa, qurg‘oqchilik sakkiz-o‘n oy davom etgan hududlarda o‘simliklar qoplamini tashkil etishda daraxtlarning ahamiyati kamayib boradi. Ularning ko‘pchiligini ilmoqli yoki tikanli o‘simliklar tashkil qiladi, shu boisdan tikanbutalisavannalar deb ataladi.
Aholi siyrak bo‘lgan Afrikaning janubiy sarhadlarida ayniqsa Somali, Markaziy Tanzaniya, Botsvanada hozir ham tikanbutali xali odamlarning arra, boltasining ta’siriga uchramagan hududlari bor. Afrika savannalarining bunday tiplariga mirru ajratadigan butalar xos. Ularning bo‘yi 1,5-4 m keladi, tagida boshqa o‘simliklar kam. Butalarning turlarini tarkibi turli tuman, ularni orasida Burseraceaeoilasidan Commiphora turkumining turlari ayniqsa ko‘p uchraydi. Ularning ko‘pchiligini kesilgan, singan joyidan elim-mirru ajralib undan diniy bayramlarda odamni rohatlantiradigan chekimlik (sigaretaga o‘xshash) tayyorlanadi, hozir undan ilmiy tibbiyotda foydalaniladi. Bundan tashqari kapersadoshlar juft bargdoshlar oilalarining o‘simliklari, novdasi misvok sifatida foydalaniladigan Salvadora persica, ayrim sukullentlardan Euphobia candela brumva Sansevieria cylindrica ham ko‘p uchraydi.
Tikanbutali savannalarda Baswella turkumining turlari ham keng tarqalgan. Bu o‘simliklardan ladan deb nomlanadigan xidi yoqimli elim olinadi.
Tikanbutali savannalarning katta maydonlarida soyabon ko‘rinishni hosil qilib o‘sadigan tikandaraxt-akas Kalaxari saxroga o‘tadigan hududda ko‘p o‘sadi. Bu hududdagi soyabon ko‘rinishga ega bo‘lganlar orasida Acacia spirocarpavaAcacia giraffe, undan keyin Acacia tortillis, Acacia senegalvaAcacia nilotica keng tarqalgan. Akas daraxtlarning ko‘pchiligi ayniqsa Acacia senegal suvda eriydigan elimsimon gummiarabik ajratadi. Bu o‘simlikni Somali, Senegal va Sudan mamlakatlarida ko‘plab maydonlarga maxsus ekiladi.
Afrikaning tikanbutali savannalariga Janubiy Amerikada kaatinga mos keladi. Tikanbutali chakalakzorlar Braziliya mamlakatining shimoliy-sharqiy qismini egallagan. Kaatinga bu – past va o‘rta bo‘yli daraxtlar, ularni orasida tikanli butalari bo‘lgan barglari tikanli bromeliyalar oilasiga mansub va kaktusli jamoa. Ularning orasida buta o‘simliklari yoki daraxtlar ko‘p bo‘lgani farqlaniladi. Daraxtlarning orasida dukkakdoshlar, xurmodoshlarning turlari ayniqsa xurmo (Ziziphus joazeira)keng tarqalgan. Ularning orasida tanasining diametri bir necha metrlargacha etib unda suv caqlaydigan Cavanellesia arboreae, soyabon ko‘rinishli sutlamadoshlar oilasidan Manihot dichotomavaManihot glacioviham bor. Bu erda kauchuk beradigan geveya (Hevea) ham o‘sadi. Kaktuslardan Cereus turkumining baland ustun ko‘rinishidagilari bor. Bromeliyadoshlar epifit xolida tarqalgan. Epifit orxideyalar ham kam emas.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling