Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet28/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Vohalar. Qumliklar orasida ancha chuqurdan suv chiqadigan quduqli vodiylarda vohalar bor. Bunday joylarning o‘simliklar qoplami atrofdagilardan farq qiladi. Uncha katta bo‘lmagan suv xavzalarida rdest gichchak (Potomogeton), ryaska (Lemna), nayzabarg (Ceratophyllum), qirg‘oqlarida qamish (Phragmites), qo‘g‘a (Typha) o‘sadi. Voha atroflarida dehqonchilik qilinadi.
JanubiyAfrikasahrolari
Janubiy Afrikaning g‘arbiy qismida ham arid iqlimli viloyatlar mavjud. G‘arbning eng pastida okean qirg‘og‘i bo‘ylab tuman bilan namlanadigan Namib sahrosi joylashgan. Katta maydoni yomg‘irni to‘sib turadigan tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan joyda Karru chalasahrosi bor. Pushti daryo deb ataladigandan shimolda Janubiy tropik kengliklargacha qumli tekislik Kalaxari chalasahrosi joylashgan.
Karru chalasahrosi sukkulentlarga va ko‘rinishidan ajib chiroyga ega va ekologiyasidan botanik mutaxassislarni o‘ziga jalb qiladigan o‘simliklarga ega.
Chorva mollarini ko‘p boqilganidan hozirgi kunda Karru butachalari chalasahroga aylangan. Uning o‘simliklar qoplamida murakkabguldoshlar oilasidan past bo‘yli butachalar keng tarqalgan. Sukkulentlardan aizadoshlar oilasidan mezembriantemum (Mesembryantemum), turkumining turlari ko‘p uchraydi. Bu turkum 300 turdan iborat bo‘lib, uning tarqalishi Janubiy Afrika bilan bog‘liq. Bundan tashqari bu erda dereza turkumining tikanli butalari (Lyciumturkumining) va tuyatovondoshlardan Zygophyllum butalari bor. Bu erda katta aloelar (Aloe, liliyalar oilasidan) ko‘p o‘sadi. Afrikada bu turkumlardan 100 dan ortiq tur uchraydi. Poyali sukkulentlar bilan birgalikda bargli sukkulentlar (etdor bargli o‘simliklar) ham keng tarqalgan. Bu joylar uchun bo‘yi 2 metrga etadigan katta sukkulentlar xarakterli. Semizo‘tdoshlardan Cotylodon, daraxtsimon sezimo‘t(Crassulaarborea) va boshqalar, poyasi sukkulentli katta sutlama (Euphobia), stapelia (Stapelia), xernia (Huernia), xoodia (Hoodia) va geranlardan sarkokulon (Sarcocaulon)va baland ustunsimonAloe turkumining turlari o‘sadi. Bu o‘simliklar bilan bir qatorda ikkita bargigacha redutsiyalangan maydalari ham ko‘p.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling