Mazmun I bob. Pedagog-tarbiyachi shaxsini shakllantirish va tarbiyachining kasbiy sifatlari
Pedagog –tarbiyachining bolalar bilan ish olib borishida nutq madaniyatining ahamiyati
Download 55.62 Kb.
|
Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
2.2 Pedagog –tarbiyachining bolalar bilan ish olib borishida nutq madaniyatining ahamiyati
Nutq madaniyati — ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiyati madaniyatini aks ettiruvchi bir ko'zgudir. Nutq madaniyatiadabiy tilning har ikki shakli — yozma va og'zaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga e'tibor yolg'iz tarbiyachilardan emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda o'zlashtirish talab qilinadigan insoniy fazilatlardan biridir. Uni egallash har bir tarbiyachining va shaxsning madaniy saviyasi va bilimiga bog'liq. Tarbiyachi pedagogik mahoratida nutq madaniyati, uning nafaqat ma'naviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bilimini, tafakkurini, ilmiy dunyoqarashini, fikr va mushohada yuritishini belgilovchi me'yordir. Tarbiyachining nutq madaniyati birdaniga shakllanib maromiga yetadigan jarayon emas,u pedagogik mahorat bilan, kasb faoliyati davomida, tajribali ustozlar o'giti natijasida yillar davomida takomillashib, sayqallanib boraveradi. Tarbiyachining nutqiy qobiliyati madaniy, kasbiy, pedagogik talablar asosida shakllanib boradi. Uni rivojiantirish faqat tarbiyachining shijoatiga bog'liq, Shu qobiliyat tufayli tarbiyachining nutq madaniyati ham shakllanib boradi. Mashg’ulotda tarbiyachi o’z ovozidan qurol sifatida foydalanishi mumkin. Sekin, tinch ovoz bolaga yaxshiroq ta`sir etishini pedagog bilishi zarur. Bolaga qattiqroq va qat`iy tapirish mumkin, ammo bunda so’z ohangi bolaga tinchlantiruvchi ta`sir etishi lozim. Quyidagi tarbiyachining nutq madaniyatiga xos bo'lgan vositalarni pedagog-tarbiyachi unutmasligi kerak: 1. Nutq madaniyati tarbiyachining ma'naviy-axloqiy kamoloti tarkibiy qismidir. Zero nutq, millatimiz erishgan madaniyat darajasini ko'rsatuvchi, o'z ona tilimizga e'tiqodni namoyish etuvchi yorqin va ishonchli dalildir. 2. Nutq madaniyati tarbiyachilarni ma'naviy va madaniy saviyasi bilan hamda adabiy tilni mukammal bilishi bilan boshqa kasb egalaridan ma'lum ma'noda ajratib turadi. 21 3. Nutq madaniyatining pirovard maqsadi erkin fikr egasi bo'lgan barkamol avlodni qanday kasb egasi bo'lib yetishishidan qat'iy nazar ma'naviy jihatdan tarbiyalash. 4. Nutq madaniyati — bu, avvalo, tarbiyachilarda nutqiy ko'nikma va nutqiy malakalarni hosil qiladi. Bu ko'nikma pedagogik faoliyatda takomillashib boradi, maxsus mehnat va mashqlar evaziga malaka oshiriladi hamda erishilgan muvaffaqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi. 5. Nutq madaniyatiga o'zbek adabiy tilini mukammal egallash asosida erishiladi. Buning uchun tarbiyachi adabiy til qonuniyatlarini bilishi, badiiy adabiyot asarlarini doimiy o'qib borishi, she'rlar yod olishi va uni ifodali o'qiy olishi, radio va televideniye eshittirishlarini kuzatib borishi lozim, 6. Nutq madaniyatini egallashning yana bir ko'rinishi nutqiy taqlid bo'lib, yosh tarbiyachilar o'zidan yaxshiroq, chiroyliroq, ma'noli va ta'sirchan nutq so'zlaydigan ustoz-murabbiylarning nutqiy san'atiga havas bilan qarashi va taqlid qilishi asosida o'rganishi mumkin. Tarbiyachining pedagogik faoliyatida nutq texnikasini mukammal egallash muhim ahamiyatga ega. Zero, nutq vositasida o'qituvchi bolaning his-tuyg'ularini uyg'otadi, o'quvchilar bilan ongli muloqotni ta'minlaydi, ta'lim-tarbiyaga oid ma'lumotlarni tahliliy idrok etadi. Buning uchun bo'lajak o'qituvchi, avvalo, nutq sirlarini, uning o'quvchilar bilan bo'ladigan muloqotda ta'sir kuchini puxta bilishi kerak.[8] 22 XULOSA Xulosa qilib aytganda tarbiyachilarning jamiyatda tutgan o`rni beqiyosdir. Chunki ular ertamiz egalari bo`lgan bolalarga ilk bilim va ko`nikmalarni shakllantiradi. Shu sababli hozirgi kunda maktabgacha ta`lim tizimiga alohida e`tibor berilmoqda. Biz bo`lajak tarbiyachilar hozir yosh avlodga qanday darajada bilim ko`nikmalarni shakllantirsak kelajakda ular o`z o`rnini topishda shuncha qiynalmaydilar. Bugun yangicha qiyofa kasb etgan, zamon talablari darajasida ta'mirlangan, eng so’nggi rusumdagi o’quv jihozlari bilan jihozlangan MTT lar orzu emas ayni haqiqatdir. Mamlakatimiz ravnaqi va islohotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan xalqning bilim darajasi va dunyoqarashiga bog’liq. Shaxsning ta'lim-tarbiya sohasidagi faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati. demokratik isloqotlarga intiluvchanligi belgilangafl maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "Ta'lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta'lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi". Chindanda o’z ertangi kelajagiga befarq bo’lmagan millat, yorug’ va farovon kunlarini uning egalari bo’lmish yosh avlod istiqbolida ko’rgan millat ta'lim- tarbiyaga alohida e'tibor qaratadi. Istiqlol yillarida Prezidentimiz tashabbusi bilan avvalo ertangi kun egalari bo’lgan yosh avlod istiqboli, ta'lim-tarbiyasiga mas'ul bo’lgan ustoz va murabbiylar kasbiga bo’lgan munosabat o’zgardi. Jamiyatda bu sharafli va o’z navbatida o’ta mas'uliyatli kasb egalariga nisbatan yuksak hurmat va e'tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. 23 Mamlakatimiz ta'lim tizimida uzoqni ko’zlab olib borilayotgan islohotlar bugun nafaqat jamoatchiligimiz, balki butun jahonda ham katta e'tibor bilan e'tirof etilmoqda. Bugungi kunda yangi ta'lim tizimi faoliyatini takomillashtirish va barqarorlashatirish hamda fuqarolarning bilim olish huquqlarini ta'minlashda rivojlangan xorij davlatlarining tajribasi bilan bir vaqtda Sharqdagi mutafakkir ajdodlarimizning bebaho meroslaridan ham foydalanish taqozo etiladi. 24
Download 55.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling