Mazmun I bob. Pedagog-tarbiyachi shaxsini shakllantirish va tarbiyachining kasbiy sifatlari


Download 55.62 Kb.
bet1/6
Sana30.04.2023
Hajmi55.62 Kb.
#1403372
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti



Mazmun
I bob. Pedagog-tarbiyachi shaxsini shakllantirish va tarbiyachining kasbiy sifatlari .
1. 1 MTT tarbiyachisi shaxsini shakllantirishning ahamiyati.
1.2 Pedagog –tarbiyachi ish faoliyatida kasbiy sifatlarining roli.
Ii bob.pedagog- tarbiyachiga qo`yiladigan talablar.
2. 1 Tarbiyachining pedagogik mahorati .
2.2 Pedagog –tarbiyachining bolalar bilan ish olib borishida nutq madaniyatining ahamiyati.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

2
KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga ma'suliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o'z ma'suliyatini anglashga, ta'lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o'z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o'rtoqlarini o'sishiga yordam beradi.
Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo'lishi, o'zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoiy faol bo'lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallasi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak.
Shuningdek pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtayi nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Mustaqillik munosabati bilan respublikamiz rahbariyati tarbiyachilarning faoliyatini yuqori baholamoqda. Yosh avlodni komil inson qilib,kamolot sari yetaklashdagi erishgan yutuqlari uchun va tarbiyachilar,metodist,katta,metodist tarbiyachi va boshqa shunga òxshash unvonlar bilan taqdirlanadilar. Ularga respublika miqyosidagi unvonlar beriladi. Oʻsib kelayotgan yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirish milliy qadriyatlarimiz ,ma'naviyatimizni tiklash jahon madaniyati,milliy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish,ularni jismoniy sogʻlom ma'naviy yetuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qoʻyildi. Davlat ahamiyatiga molik bunday vazifani amalga oshirishda umumtaʼlim maktablari bilan bir qator xalq ta'limining boshlangʻich boʻlimi boʻlgan bolalar bogʻchalari muhim rol oʻynaydi. Buning uchun har bir tarbiyachi oʻzini talabchanligini oshirishi kerak.

Download 55.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling