Mazmun I bob. Pedagog-tarbiyachi shaxsini shakllantirish va tarbiyachining kasbiy sifatlari


II BOB.PEDAGOG- TARBIYACHIGA QO`YILADIGAN TALABLAR


Download 55.62 Kb.
bet4/6
Sana30.04.2023
Hajmi55.62 Kb.
#1403372
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti

II BOB.PEDAGOG- TARBIYACHIGA QO`YILADIGAN TALABLAR
2.1. Tarbiyachining pedagogik mahorati
Mahorat -bu alohida qudrat.Yuqori va kichik darajada usta bólish mumkin emas.Mahoratga erishish ham ,erishmaslik ham mumkin.Haqiqiy usta mehnat faoliyati choģidagina gózaldir.
Pedagogik mahoratga erishish pedagogning muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi.Pedagogik mahorat yuksak darajada pedagogik faoliyatining taraqqiy etishini,pedagogik texnikani egallashni,shuningdek ,pedagog shaxsi,uning tajribasi,fuqarolik va kasbiy mavqeyini ifodalaydi.
Pedagogik mahorat kategoriya sifatida ózining ilmiy asoslariga ega.Sónggi yillardagi ilmiy yondashuvlar bu holatga nisbatan quyidagicha xulosa qilishga imkon beradi: pedagogik mahorat kasbiy faoliyatdagi individuallikning yorqin kórinishi sifatida tushuniladi.
Pedagogik mahorat kategoriyasi kasbiy faoliyat nuqtayi nazaridan kishi induvidualligini xarakterlaydi. ''Tarbiya va óqitishda yuqori darajaga erishish va uni doimo takomillashtirib pedagog imkonini ta'minlovchi san'at bólib , talabaga mehr qóygan va óz kasbini sevgan,har bir pedagogning qiladigan ishi.Óz ishining mohir ustasi bólgan pedagog –bu yuksak darajada madaniyatli,óz fanini chuqur biladigan,fanning yoki san'atning tegishli sohalarini tahlil eta oladigan,tarbiyalash va óqitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxasisdir''.
Bu ta'rifni yaxshi tushunib,uning ma'no mohiyatini tahlil etadigan bólsak,ushbu ta'rifda edagogic mahorat tushunchasi mazmuniga kiradigan quyidagi masalalarni ajratish mumkin bóladi:
1.Umumiy madaniyatning yuqori darajasi hamda bilimdonlik va aql zakovatining yuksak kórsatgichi.
2.Ózining óqitayotgan faniga doir keng va bilim sohibi.
16
3.Pedagogika,umumiy va pedagogik-psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlar bilan qurollanganlik,ulardan óqitish va tarbiyalash ishlari tajribasida erkin va ustalik bilan foydalana bilish.
4.Óquv -tarbiyaviy ishlar metodikasini egallagan bólishi.
Pedagog juda yuksak darajadagi madaniyatga ega bólgan shaxs.U juda kóp narsani bilishi kerak .Hozirgi zamonda ózi óqiyotgan fan sohasidagi yutuqlardan yangiliklardan xabardir bólishi kerak.Tarbiyalanuvchilarni har kuni mashģulotlarni órgatib borishi uchun ózi muntazam óqib,órganib óz bolimlarini tòldirib chuqurlashtirib borishi kerak.
Pedagog,pedagogik mahoratining asosiysi óz ustida mustaqil óqishdir .Ózbekiston mustaqillikka erishgandan keyin ta'lim-tarbiya sohasida,milliy axloq odobni qayta tiklash borasida ,milliy urf odatlar an'analarni joy joyiga qóyish milliy qadriyatlarni yanada rivojlantirish xususida buyuk burilishlar bólgani barchaga ayon.Davlatning buyuk kelajagi ,albatta,yoshlarni chuqur bilim va pokiza odob axloqli qalb egasi ekanligini yoddan chiqarmaslik lozim.
Òzbekiston birinchi Prezidenti I.A.Karimov ózlarining qator nutqlari va asarkarida talim tarbiya masalalariga tóxtalar ekanlar,eng avvalo,pedagogik kasbiga etibor bwrib ,bu mashaqqatli va sharafli ekanligini jamiyatimizda talim berish tizimini zamon talablari asosida yangilash munosib avlodni shakllantirishni faoliyat bilan boģlab ,uning ózida ana shu xususiyatlar bólishini kórsatib turadi.Pedagogik mahorat-tuģma yoki nasldan naslga ótuvchi xususiyat emas , balki izlanish ijodiy mehnat mahsuli.Bu kóp qirrali pedagogik faoliyat zamieida ijodiy mehnat yotadi.
Agar pedagogning kasbiy mahorat dasturiga amaliy qarasa,u holda birinchi óringa uning integral sifati-mahoratidan iborat.Pedagogik mahoratga berilgan tariflar shuncha kóp bólishiga qaramay ,ularda mohoratning qaysidir jihatlari albatta ifodalanadi.
17
Mahorat-bu yuqori va yuksalib boruvchi tarbiya va oʻqitish san'atidan iborat.Pedagog oʻz ishining ustasi, pz fanini chuqur biluvchi,fan va san'atning mos sohalari bilan yaxshi tanish,amalda umumiy va yoshlar psixologiyasini yaxshi tushunuvchi, oʻqitish va tarbiyalash metodikasini har tomonlama biluvchi hamda yuqori madaniyatga ega boʻlgan mutaxasisdir.Boʻlajak mutaxassislarning mahoratini oshirishda ma'ruza darslarining oʻrni qanchalik zarur boʻlsa,seminar mashgʻulotlarining oʻrni ham shunchalik muhimdir.
Pedagogik mahorat-bu tarbiyachining shunday shaxsiy(bolajonligi,hayrihohligi,insonparvarligi,mehribonligi va h.k) va kasbiy (bilimdonligi,zukkoligi,fidoiyligi,ijodkorligi va h.k) fazilatlarini belgilaydigan xususiyatki,u oʻz fanini chuqur va atroflicha bilishda,psixologik va metodik tayyorgarlikdan,yoshlarni oʻrgatish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yoʻllarini izlab topib amaliy faoliyatda qoʻllanadi.
Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari.Pedagog sharafli lekin juda murakkab kasb.Yaxshi boʻlish uchun pedagogik nazariyani egallashning oʻzigina yetarli emas.Chunki pedagogik nazariyada bolalarni oʻqitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar,umumlashtirilgan uslubiy gʻoyalar bayon etiladi,yosh individual xususiyatlarini e'tiborga olish ta'kidlanadi.
Maktabgacha taʼlim hayoti kichik pedagogik jarayon boʻlib juda xilma xildir.Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi.Bu esa pedagogdan keng bilimdonlikni,puxta amaliy tayyorgarlikni,yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab qiladi.Shuning uchun hozirgi kun tarbiyachisi:
. pedagogik faoliyatga qobiliyat, ijodkor, ishbilarmon;milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni,dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan,diniy ilmlardan ham xabardor,ma'naviy barkamol;
. Oʻzbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan, vatanparvarlik burchini toʻgʻri anglagan, e'tiqodli fuqaro;
18
.Ixtisosga doir bilimlarni,psixologik, pedagogik bilim va mahoratni, shuningdek nazariy ilmlarni mukammal egallagan;
. Pedagoglik kasbini va bolalarni yaxshi koʻradigan,har bir bola ulgʻayib, yaxshi inson boʻlishiga chin koʻngildan ishonadigan, ularning shaxs sifatida rivojlanib,inson sifatida kamol topishiga koʻmaklashadigan;
. Erkin va ijodiy fikrlay oladigan,talabchan,adolatli,odobli boʻlmogʻi darkor.
Davlatimiz xalq taʼlimi sohasida oʻrtaga qoʻyayotgan vazifalarni vazifalarni bajarish koʻp jihatdan pedagogga bogʻliq.Hozirgi kunda taʼlim tarbiyadan koʻzda tutilayotgan maqsadlarga erishish, pedagoglarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish,ularni bilimli,odobli,e'tiqotli, mehnatsevar,erkin fikrli,ongli barkamol inson qilib oʻstirish pedagoglar zimmasiga yuklatilgan.
A.S.Makarenko tarbiyachi ishlarini koʻrib chiqib aytadiki,tarbiyachi faoliyati,aslida,mohiyati bilan tashkilotchilik faoliyati ham hisoblanadi.Demak,tarbiyachi mahorati boshqa narsa emas,balki bolalar hayotini tashkil etuvchi mahoratdir.Tarbiyachi mahorati-oʻquvchining samarali rivojlanishiga ta'sir etuvchi pedagogik holatlarni yarata bilishda koʻrinadi.Mahoratda nazariya va amaliyot uzviyligi gavdalanadi.
Hech qachon biron bir muvaffaqiyatli harakat tushunilmagan yoki stixiyali boʻlmaydi.Har qanday samarali usullarning asosiy va yetarli sharti shu maqsadga erishish vazifalarini,yoʻl va vositalarini,ya'ni tarbiya jarayonining qonuniyatlarini bilish demakdir.
Tarbiyachi mahorati-bu faqat yetarli nazariy bilimlarni egallashgina emas,balki tarbiya qonuniyatlari,bolalar jamoalari hayotini tashkil etish qonuniyatlaridan kelib chiqadigan barcha vosita,usul va metodlarni hayotga,ijodiy tatbiq eta bilish hamdir.Tarbiyachi mahorati mazmunining asosi bilim va unga asoslangan koʻnikmalardir.Tarbiyachining muhim koʻnikmalariga turli pedagogik holatlarda
19
bolalar dunyosida sodir boʻlayotgan turli jarayonlarni toʻgʻri qabul qilish koʻnikmasi,holatni tanlashga nisbatan tadbiq etiladigan "Maqsad -vosita-natija"munosabatlarini tahlil qila olish koʻnikmasi,diqqatni tez yoʻnaltira olish va biridan ikkinchisiga tez oʻzgara olish koʻnikmasi,bolalar bilan oʻynay olish koʻnikmasi,koʻplab pedagogik holatlardan muhimini ajratib olish koʻnikmasini,turli tomondan holatlarni baholay olish koʻnikmasi,tasodifiy omillardan muhimini koʻra bilish koʻnikmasi,bir xil holatda turli tuman ta'sir usullaridan foydalana bilish koʻnikmasi,oʻzining kayfiyatini,hissiyotini va fikrini soʻz,mimika, harakatlar orqali yetkaza olish koʻnikmasi.[19]

20


Download 55.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling