Mazmunĺ kirisiw
Download 179.61 Kb.
|
BMI Universitet 000000
XULOSA VA TAKLIFLAR
Qishloq xo‘jaligini ishlab chiqarish resurslari bilan talab darajasida ta’minlash, ularni takror ishlab chiqarish uchun investitsiyalar jalb etilmoqda. Investitsiyalar tufayli tarmoqda fan-texnika taraqqiyoti jadallashmoqda, uning yutuqlaridan foydalanish jarayoni rivojlantirilib, ilg‘or texnologiyalar joriy etilmoqda. Investitsiyalar korxonalarning o‘z mablag‘lari hamda chetdan jalb etilayotgan mablag‘lar evaziga amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligiga jalb etilayotgan mablag‘lar summasi ortib bormoqda. Investitsiyalardan foydalanishning mutlaq (absolyut) hamda qiyosiy (nisbiy) samaradorligini tarmoq, korxona va yo‘nalishlar bo‘yicha aniqlash maqsadida muayyan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish lozim. Qishloq xo‘jaligiga jalb etilayotgan investitsiyalar miqdori, iqtisodiy samaradorligi talab darajasida emas. Sababi–xo‘jaliklar sof foydasi kamligi sababli maqsad uchun etarli miqdorda mablag‘ ajrata olmayotirlar, o‘zgalarning mablag‘lari, ya’ni chet el investitsiyalari, bank kreditlari ham talabni qondiradigan darajada jalb etilayotgani yo‘q. Kelajakda investitsiyalarni talab darajasida jalb etish va ulardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun: investitsyailar manbalarini kengaytirishga erishish; investitsiyalar jalb etishda garov hamda sug‘urta masalalarini rivojlantirish; investitsiyalarni maqsadga muvofiq, samarali yo‘nalishlarga sarflash kerak. Qishloq xo‘jaligida mavjud muammolarni, shuningdek, birinchi navbatda, qishloq joylarida aholi farovonligini oshirish zaruratini hisobga olgan holda, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda agrar siyosatning asosiy vazifalari quyidagilar sanaladi: -dexqon xo‘jaliklariga foydalanilmay yotgan erlar hisobidan er maydonlarini ajratish, yangi erlarni o‘zlashtirish, jumladan, dexqon xo‘jaliklarining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish; -Hukumat kafolati ostida byudjet mablag‘lari va xorijiy kreditlar hisobidan kapital quyilmalarni, irrigatsiya va drenaj tizimlarini qayta tiklash va qullab-quvvatlashga, nasos stansiyalarini modernizatsiyalashga jalb qilishni oshirish; -suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish. Iqtisodiy xavfsiz loyihalarda davlat investitsiyalari hajmini oshirish, birinchi navbatda melioratsiyaga, shuningdek, qishloq aholisining toza suv va sanitariyadan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash; -rentabellikni ta’minlay olmaydigan, hosildorligi past erlarda paxta ekish va mos ravishda ularga davlat buyurtmalarini belgilashdan bosqichma-bosqich voz kechib, bu maydonlarga rentabelligi yuqori ekinlar ekish; Davlat va fermerlar o‘rtasida paxta va donga davlat buyurtmalari berishga doir masalalarda, o‘zaro hisob-kitoblar va munosabatlarning yangi shakllarini joriy qilish; -qishloq xo‘jaligi meva-sabzavot va gusht-sut mahsulotlarini tayyorlash va qayta ishlash masalalarida, fermerlar o‘rtasida kooperatsiyaning yangi shakllarini yaratish. Bu maqsadda, hukumat karorlari bilan yangi tashkil qilinayotgan agrofirmalarga-fermerlar birlashmalariga ular tomonidan etishitirilgan qishloq, xo‘jalik mahsulotlarini sanoat usulida qayta ishlash uchun taqdim etilgan soliq, imtiyozlaridan foydalanish; -zarur moddiy-texnik resurslar (urug‘, ug‘it, zotli chorva mollari, veterinariya xizmatlari va b.) va qishloq xo‘jalik texnikasidan foydalanish imkoniyatlarini, shuningdek ular etishtirgan mahsulotlarni bozor narxlarida tayyorlash, etkazib berish, sotish va qayta ishlash tizimini yaratish hisobiga, qishloq, xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun savdo sharoitlarini yaxshilash; -fermer xo‘jaliklarining kredit resurslari va moliyaviy xizmatlar bozoridan foydalanish imkoniyatlari tizimini takomillashtirish; -davlat tomonidan o‘simliklarning yangi hosildor navlari va chorva mollarining zotdor turlarini yaratish, uy hayvonlarining kasalliklariga qarshi kurashish, shuningdek yangi qishloq, xo‘jalik texnologiyalarini joriy etishda kumaklashish; -er solig‘ining rolini kuchaytirish maqsadida, erlarning sifati va mahsuldorligini oshirish chora-tadbirlari sifatida, soliqqa tortish tizimini takomillashtirish; Tadqiqot natijasida quyidagi ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqildi: 1. Investitsiya mablag‘larining har bir so‘mi hisobidan ko‘proq mahsulot etishtirish, sarflangan investitsiya mablag‘ini qoplash muddatini qisqartirishga bog‘liq. SHu nuqtai-nazardan olganda, investitsiya mablag‘larining o‘zini-o‘zi qoplash muddatini aniqlashda kiritilgan kapitalning qodirsizlanishi darajasini hisobga olish maqsatga muvofiq. 2. Bugingi kunda chet el tadbirkorlari uchun respublikamizga investitsiya kiritish foydali bo‘lib, respublika xalq xo‘jaligining barcha soholari itiborga loyiq. Bu tomoni quyidagilarda o‘z aksini topgan: malakali mexnat resurslarining mavjudligi; kommunikatsiya, bank va huquqiy xizmatlar tizimining yaxshi rivojlanganligi; energiya ta’minotining solishtirmali orzanligi; tayyor mahsulotlarni sotish bozorining kattaligi; nizomchiligimizda chet el investorlariga keng hajmdagi imtiyoz va kafolatlar yaratilganligi. 3. Sohaga ichki va tashqi investitsiya resurslarini jalb etish bo‘yicha davlatning investitsiya siyosatini qayta ko‘rib chiqish vazifasi zaruryatga aylanadi. SHu nuqtai-nazardan olganda, qishloq xo‘jalik texnikalarining o‘rtacha qiymatidan kelib chiqqan holda, ichki investitsiyalarni rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish maqsatga muvofiq bo‘ladi. 4. Qo‘lay investitsion muhit-bu bozor islohatlarining etikligi, jahon birligining mulkiy huquqlarining barqarorligi umumdavlatdagi holatga bo‘lgan ishonch o‘lshami bo‘lib topiladi. Bugingi kunda O‘zbekistonda qo‘lay investitsion muhitni shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan islohatlar majmui amalga oshirilmoqda. 5. Xalq xo‘jaligida mehnat mahsuldorligini orttirish, mahsulotning tannarxini kamaytirish, yuqori natijaviylikga erishish va xalqning hayot darajasini oshirish uchun xalq xo‘jaligiga investitsiyalar kirgizish talab etiladi. Bizning fikrimizsha, investitsiyalarni samarali joylashtirish zarur muommalarning echilishiga xizmat qiladi: 6. Xalq xo‘jaligida mahsulotlarni takror ishlaydigan kichi ishlab chiqarish korxonalari qurilib, zamanoviy texnika va texnologiyalar parqi ko‘payip, xalq xo‘jaligida mahsulotlarni takror ishlash va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish mumkinchiligi yanada kengayishi bilan yangi ish o‘rinlari tashkil etilishigida hissa qo‘shadi; 7. Xalq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish yo‘li bilan - chet el investitsiyalarini jalb etish hisobiga qurilgan korxonalarda import o‘rnini qaplao‘shi va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qo‘lay mumkinchilik yaratiladi; 8. Soliq to‘lovchining soni ko‘payib, mahalliy va respublika byujetining daromadi oshadi; 9. Xalq xo‘jaligida yangi korxonalar tashkil etilishi natijasida infratuzilmaning qo‘shimcha bo‘limlari barpo bo‘lishiga turtki bo‘ladi; 10. Xalq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish natijasida valyuta rezervlari ko‘payib, ulardan foydalanish mumkinchiligi yaratiladi. CHet el kapitallariin jalb etish natijaviyligiga ta’sir ko‘rsatuvchi yuqarida aytilgan va bashqa muommalar echilsa, milliy iqtisodiy o‘sishi hamda u jahon xo‘jaligiga ason kirib borishi uchun qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi omillarni barpo etish imkoniyatini beradi. Download 179.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling