Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog‘liqligi.
Tadqiqotning maqsadi Qiyoslanayotgan tillarda g‘urur konseptining lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
Kognitiv nuqtayi nazardan konsept termining mohiyatini izohlash va tahlil qilish;
tilshunoslik obyekti sifatida media-diskurslarning lingvistik, lingvokulturologik xususiyatlarini tadqiq etish;
g‘urur konseptosferasiga kiruvchi leksik birliklarni tahlil qilish;
ingliz, o‘zbek, turk tillarida “G‘urur” konseptini ifodalovchi lisoniy vositalarning o‘xshash va noo‘xshash jihatlarini aniqlash;
Media-diskurslarda “g‘urur ”konseptosferasi mohiyatini yoritish;
Qiyoslanayotgan tillarida “G‘urur ” konseptining lingvomadaniy mohiyatini ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning obyekti sifatida ingliz tilida “Gone with the wind”, o‘zbek tilida
“Mendirman Jaloliddin”, turk tilida “Muhtasham yuz yil” seriallari olindi.
Tadqiqot predmetini matnlarning o‘ziga xos turlari va shakllari bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan ingliz ,turk va o‘zbek tilidagi “G‘urur” konseptining boshqa lisoniy vositalardan farqlari, lingvomadaniy xususiyatlari tashkil etadi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqot mavzusini yoritishda qiyosiy tahlil, zidlash, tasniflash, kontekstual, distributiv, struktural va statistik tahlil kabi metodlardan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
G‘urur konsepti psixologik, kognitologik va lingvokulturologik, hamda lingvopsixologik jihatdan asoslangan. G‘ururning paydo bo‘lishi, shakllanishi, yuzaga chiqishining lisoniy modeli ishlab chiqilgan;
Media diskurslarning til xususiyatlarrini tahlil etish asnosida medialingvistikaning mohiyati izohlangan. Media-diskurslarning kichik janriy bo‘linishlarga ajralishi namunalar asosida isbotlangan;
Turli madaniy qatlamlarda g‘urur konseptosferasini tashkil etuvchi noverbal vositalarning pragmatik mazmuni o‘rganilgan. Paremiologik, frazeologik birliklar katalogi yaratilgan ;
Do'stlaringiz bilan baham: |