Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Tadqiqot respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish”ning ustuvor yo‘nalishi doirasida amalga oshirilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. “G‘urur” konseptiga bag‘ishlangan ilk tadqiqotlar psixologiyada vujudga keldi. Inson ruhiy holati, emotsiyalari va ularni yuzaga keltiruvchi ruhiy holat va vaziyatlarni tahlil qilish asnosida psixik holat sifatida talqin etildi. Ingliz psixologi N.H.Anderson “A Functional Theory of Cognition” maqolasida dastavval g‘ururning inson ongi va muloqotiga ta’siri masalasini yoritdi. 2 M.Luyis tomonidan psixologiyada paradoks tushunchalar qatorida g‘urur tuyg‘usi izohlandi.3 Bu borada eng yirik tadqiqotlar L.R.Tracy va R.W.Robinslar tomonidan amalga oshirildi.4 Bundan tashqari, ingliz tilshunosligida G.Taylor5, A.Isenberg6, B.Williams7 tomonidan tadqiqotlar yaratildi. Xususan , aynan g‘urur konsepti bilan bog‘liq tadqiqotlar ingliz tilshunosligida L.Everet8 , S.Freedman9 , Kari A. Terzino10, B. Reid11 . L.J.Kijo12, K. J. Gentile13 tadqiqotlarida maqola, ilmiy tadqiqot, monografiya ko‘lamida tadqiq etilgan.
Rus tilshunosligida “G‘urur” konsepti O.Kuznetsova14, E. Stefanskiy15 lar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan. D.Medvedova16 M.R.Galiyeva, A.A.Abduazizov, D.U.Ashurova, M.D.Yusupov, A.E.Mamatov, SH.Safarov, O‘.Q.Yuspov, G‘.Hoshimov, J.Yakubov, G.Ergasheva, Z.AKasimova kabi olimlar tomonidan konseptga bag‘ishlangan tadqiqotlar amalga oshirilgan17.
G‘urur tushunchasining semantik hajmini uning nomi ma’nolari bilan solishtirib, solishtirilgan lingvomadaniyatlarda tilga olingan tushunchaning qiymat komponentidagi o‘zgarishlarni aniqlash mumkin. Ushbu kontseptning o‘zi haqiqiy semantik hajmi "jonli" nutqlarni tahlil qilish orqali aniqlanadi - so‘nggi yillardagi media nutqi (kinoseriallar).
Ushbu tadqiqot ishida g‘urur konseptining leksik semantik xususiyatlari tahlil etilgan. Tadqiqot davomida olimlar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarga atroflicha munosabat bildirildi, zarur o‘rinlarda foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |