Медиа дискурсларда “Ғурур” концетини ифодаловчи бирликларнинг лингвокультурологик тадқиқи
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati
Download 1.63 Mb.
|
G\'urur.Dissertatsiya.14.11 (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi.
- I BOB G‘URUR KONSEPTINING TIL TIZIMIDA TUTGAN O‘RNI Konsept termining lingvistik mohiyati, ko‘lami va tahlili
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati lingvomadaniy, emotsional va kognitiv munosabatlar, inson tafakkurining atrof-olam bilan munosabati manzarasining lisonda ifodalanishi, konsept va uning turlari kabi masalalar tadqiqida, turli izohli lug‘atlarni yaratishda vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, olingan xulosalardan “Kognitiv tilshunoslik”, “Lingvokulturologiya”, “Umumiy tilshunoslik”, “Uslubiyat”, “Matn lingvistikasi”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” , “Medialingvistika” fanlari bo‘yicha darslik, o‘quv qo‘llanmalar yaratishda foydalanish mumkin. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 6 ta xalqaro va 2 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida qilingan ma’ruzalarda jamoatchilik muhokamasidan o‘ktazilgan. Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Ishning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 131 sahifani tashkil etadi. I BOB G‘URUR KONSEPTINING TIL TIZIMIDA TUTGAN O‘RNI Konsept termining lingvistik mohiyati, ko‘lami va tahlili Lingvistika(semantika)ga kognitiv yondashuvda inson ongidagi struktur bilimlarning ma’lum turlarini qo‘llash masalasi asosiy o‘rinda turadi. Kognitiv ilmda bilimlar strukturasi turlicha tushunchalar: freym, ssenariy, skrept, geshtal’t kabilar bilan ifodalanadi. «Xotirada egallangan bilimning aks etishini ifodalovchi tuzilmalar qatorida «skript», «ssenariy», «kognitiv model», «mental model», «situasiya modeli» kabilar borligini olimlar e’tirof etadilar. Ayrim tadqiqot ishlarida esa semantika va gnoseologiya o‘rtasidagi oraliq bosqichida obraz, geshtal’t, freym, propozisiya, formula kabi namunaviy biriliklar yuzaga keladi deb ko‘rsatilgan». Atamalardagi bunday turli-tumanlik shu bilan izohlanadiki, ular butun mohiyati bilan bilimlarning turli xillarini anglatadi, qolaversa, yuqorida keltirilganidek, har bir olim bilimlarning u yoki bu strukturani ifodalashida o‘z atamasini (yangiligini) qo‘llashga harakat qiladi. Madaniyatning til bilan o‘zaro bog‘liqligida murakkab psixolingvistik jarayonlardan biri bo‘lgan – tarjima muhim ahamiyat kasb etadi. Fanlar taraqqiyoti natijasida yangi ilmiy terminlar paydo bo‘la boshladi. Bir fan bilan ikkinchi fan orasiga ramziy ma’noda aytganda, Buyuk Xitoy devorini” qo‘yish mumkin bo‘lmay qoldi. Sababi fanlar bir –biri bilan muayyan nuqtada kesishadi. Xuddi shunday mantiq fanining asosi, bugungi kunda esa lingvistik tadqitotlarda faol qo‘llanilayotgan konsept termini til va mantiq kesihmasi hosilasidan paydo bo‘lgan tushuncha sanaladi. Ma’lumki, keyingi paytlarda “leksema” terminining oʻrnida nazariy tilshunoslik nuqtayi nazaridan qarashga harakat qilgan holda davrning konseptual asosini va uning konsepti tarkibini farqlovchi bir qator tadqiqotlar paydo boʻldi.18 S.A.Askoldov “Konsept va soʻz” tushunchasining eng muhim xususiyati sifatida “vazifasi oʻzgaruvchanlik” xususiyatga egaligi masalasini ilgari suradi.19 S.A.Askoldov ta’kidlagan jihat konseptning turli nutqiy vaziyatlarda voqelanishi bilan bog‘liq. Demak, bir konseptosferaga kiruvchi birlik boshqa konseptosfera elementlari bilan har doim bir xil funksiya bajarmaydi. Dastavval mantiq fanining asosi sifatida vujudga kelgan konsept atamasi keyinchalik boshqa fan tarmoqlarida ham keng qo‘llanila boshlandi. Kognitiv tilshunoslik takomili natijasida qator istilohlar paydo bo‘ldiki ularni tushunish, anglash birmuncha qiyinlashdi. Shunday atamlar sirasida “konsept” asosiy o‘rinni tutadi. Konsept tor nuqtayi nazardan “tushuncha haqidagi fan” keng ko‘lamda esa ma’lum bir turni ko‘rsatish uchun ba’zi tushunchalarning umumiy bog‘liqligidir. Rus tilshunosligida konsept atamasi diniy tushunchalar bilan bog‘liq. Ammo professor S.A. Askoldov 1928-yilda konsept atamasini yangicha talqin bilan taklif etdi. Uning muhim ta’riflaridan shundan iboratki, “konsept – fikrlash jarayonida bir xil turdagi obyektlarni birlashtiradigan aqliy shakl”. Nafaqat fikr doirasidan tashqari, balki hayotning muhim sohasidan ham “oʻzgaruvchanlik munosabatlari”ga doir dalillar keltirgan. Shunday qilib, “ming kvadrat konsepti ming kvadratchalarning cheksiz xilma-xilligi uchun oʻrnini bosadi”, uning konkretligi faqat bir qator ruhiy hisoblarni amalga oshirishda boʻlganligi uchun uning tarkibiy qismlaridan ma’lum bir shaklni uzoq muddatli sintezlash ham mumkin. Bunday holda, konsept uzoq muddatli jarayonlarni bajarish vazifasini o‘taydi. Dastavval rus tilshunosligida ,,konsept” masalasi ilohiy tushuncha bilan bog‘liq ravishda talqin etiladi va shu asosda tadqiq etildi. Nemis tilshunosligida ham konsept bilan bog‘liq masalalar ilohiy tushunchalar, asosan, Odam ato va Momo havo(Adam va Eva) obrazlari misolida Xudo konsepti asnosida tadqiq etildi. Xususan, nemis tilshunoslaridan biri Zivile Nemiskiene o‘zining konsept bilan bog‘liq tadqiqotlariga ilova sifatida “Concept in modern linguistics:components of the good” maqolasini e’lon qiladi20. Ushbu maqolada ham konsept masalasiga to‘xtalib o‘tib, uni izohlashda “xudo” konseptidan foydalanadi. Bundan tashqari, konsept masalasiga bag‘ishlangan tadqiqotlar jahonda bir qancha tilshunos olimlar tomonidan yaratildi. Xususan, S.X.Lyapinning “Концептология к становлению подхода”, S.A.Lixachevning “Концептосфера русского языка”, Yu.S.Stepanovning “Концепты” singari ilmiy tadqiqotlarini misol keltirish mumkin. O‘zbek tilshunosligida esa konsept masalasiga atroflicha to‘xtalgan ilmiy tadqiqotlar kam uchraydi. Sh.Safarovning “Kognitiv tilshnoslik” asarida konsept bilan bog‘liq nazariy masalalarga to‘xtab o‘tiladi. Biroq keying yillarda tilshunoslikning turli aspektlarida konseptni tadqiq etishga bag‘ishlangan tadqiqotlar salmog‘i ortdi. Xususan, D.A.Shokirova mulk konsepti, N.M.Qodirovaning kompliment konseptiga nag‘ishlangan tadqiqotlarini shular jumlasiga kiritish mumkin. Konseptning lisoniy modellashuv jarayoni yana bir muhim mental bosqichni bosib oʻtadi. Voqelikning tafakkurdagi umumlashgan in’ikosi - obrazning mantiqiy “qayta ishlanishi” natijasida hosil boʻlgan konsept lisoniy “libos” olishdan oldin ushbu “libos” ning tasavvurdagi aksi - model yuzaga keladi. Lisoniy voqelanish rejasi paydo boʻlgan zahotiyoq uni amalgam oshirish uslubi izlanadi. Konseptning kognitiv tilshunoslik nuqtaуi nazardan vazifasi va xususiyatini hisobga olish uchun qoʻllaniladigan asosiy masala, leksemalarga xos “konseptlar” va ular oʻrtasidagi munosabatlardir. Deyarli barcha tadqiqotchilar ular bir xil emasligini ta’kidlaydilar, biroq, ayni paytda, ular oʻz nuqtayi nazarini turli xil mazmun va shaklda ifodalaydi. Ushbu muammoni hal qilishda yagona nuqtayi nazar yoʻq, shuning uchun ularning vazifasini bajaruvchi terminlarga xos tu-shunchalarga doir asosiy bilimlar bilan oʻzaro bogʻliqligini muvofiqlashtirishdan iborat. Tilshunoslikda konsept lingvokognitiv va lingvomadaniy hodisa sifatida qaraladi. Kognitiv tilshunoslik va lingvomadaniyatshunoslik fanlarining asosiy mavzusi konsept bo‘lib, u tafakkur birligi sifatida millatning ma’naviy qadriyatlarini aks ettiradi. Kognitiv tilshunoslikda konsept hayotiy obraz, til birligini anglatuvchidir. Konsept orqali aniq tilni semantik oralig‘i tuziladi. Konsept tabiatini tushuntirish va anglash til orqali kechadi. Konseptning o‘zi tahlilsiz sistema, ammo boshqa konseptlar ostida harakat qiladi. Konsept – bir millatga tegishli bo‘lgan hayotiy tajriba natijalarini o‘zida namoyon qilgan bilimlar va tasavvurlar yig‘indisi, inson ongidagi hayotga, borliqqa bo‘lgan munosabati, bir millatning nimadir haqida o‘y-fikrlar, qarashlarini o‘zida mujassamlashtirgan termin. Shu bilan bir qatorda konsept xotiraning operativ birligi bo‘lib, fikriy, lisoniy, konseptual tizimlar va ong tili, borliq bilimlarni o‘zichiga oladi.21 Tilshunoslikka oid tadqiqotlarda “konsept” terminining paydo boʻlishini ikkita ilmiy yoʻnalishning qoʻshilmasidan, ya’ni lingvokulturologik va kognitiv tilshunoslikning qoʻshilishi natijasida vujudga kelishiga sabab boʻlganligi bilan izohlashadi. Kognitiv psixologiya va kognitiv lingvistikada “konsept” mental tasavvurdagi obrazlarning namoyon boʻlishi ma’nosini beradi. Konseptning leksik-semantik birliklar sifatidagi oʻziga xos jihati sifatida uning lingvistik xususiyatlari ham gavdalanadi. Ushbu xususiyatlar ijtimoiy, madaniy singari belgilari bilan namoyon boʻladi. Bu esa “Til va voqelik” konsepti asosida ularning signifikativ xususiyatini ochish uchun xizmat qiladi. Y.S.Stepanovning ta’kidlashicha, konsept va konseptual munosabatlar bir xil tartibga ega boʻlgan hodisalar boʻlib, ularning fikrlash birliklari bilan qamrab olingan obyektlar yoki hodisalarning umumiyligi bilan belgilanadigan hajmga ega va tarkibi bir yoki bir nechta obyekt yoki undagi birikmalarning atributlarini birlashtirishi bilan bogʻliqdir. Konsept, asosan, konseptual munosobatlarning mazmunini va ushbu tushunchaga mos keladigan soʻz ma’nolarini qamrab oladi. Boshqacha aytganda, u yoki bu soʻzlar orqali ifodalangan bilimlar, gʻoyalar, tajribalar va assotsiatsiyalar toʻplamidir.22 Hozirgi paytda “konsept” atamasi muammosi barchaning diqqatini jalb qilmoqda, ushbu atamani qo‘llamaydigan tilshunosni uchratish qiyin bo‘lib qoldi. Ushbu atamaning kognitologiya, semasiologiya, lingvokulturologiya, psixolingvistika, pragmalingvistika kabi fan sohalarida keng qo‘llanishining sababi bu sohalarning psixologiya, falsafa, sotsiologiya fanlari bilan yaqinlashuvi va shu asnoda, fanlararo munosabatlarning faollashuvi bilan bog‘liqdir. Darhaqiqat, fanlararo hamkorlikning natijasida yuzaga keladigan ko‘p tarmoqli tadqiqot yo‘nalishlarining har biri mustaqil ko‘rinish olishlari uchun, o‘zaro tadqiq maqsad va vazifalari farq qilishdan tashqari, ma’lum qatordagi tushuncha va terminlarga murojaat qilishga majburdirlar. Bu terminlarning ayrimlari barcha sohalarda ham uchrashi kutilsa ham, ammo u yoki bu terminning barcha sohalardagi qo‘llanish va, eng asosiysi, mazmun doirasining mos kelish darajasini bilish muhimdir. Zero, termin uchun yakka ma’nolik xosligini ta’kidlashga qanchalik urinmaylik, uning umumiy, boshqacha aytganda, referentiv ma’nosi atrofida jipslashadigan “ma’no kvantlari” konnotativ belgilardan xoli emasligini e’tirof etmaslikning ham iloji yo‘q. Buni, ayniqsa, turli fanlar va yo‘nalishlar doirasida qo‘llaniladigan terminlar misolida kuzatish mumkin. Falsafa, psixologiya, lingvistika, madaniyatshunoslik, sotsiologiya kabi fanlarga oid tadqiqotlarda bir xil qo‘llanishda bo‘lgan “konsept” xuddi shunday terminlardan biridir.Konsept tushunchasi o‘ta mavhumligi bilan ham biroz o‘ylantiradi. U mental strukturadan o‘rin olganligi uchun ham moddiy ko‘rinish kasb etmaydi. Bir jihatdan olib qaraganda, konsept “tushuncha”ga yaqindek taassurot qoldiradi. Ma’lumki, “konsept” atamasi lotin tilidagi concipere(“to‘plamoq, ilib ketmoq, o‘ylab qolmoq, boshlab yubormoq”) fe’lining sifatdosh formasi bo‘lgan conseptus so‘zidan olingan. Barcha roman tillarida saqlangan (fr.concept; it.concetto; isp.concepto; port.conceito) ushbu so‘z ingliz tiliga fransuz tilidan concept ko‘rinishida (conceive– tushunmoq, tasavvur qilmoq) o‘zlashtirilgan. “Termin” libosini olgan ushbu so‘z keyinchalik barcha tillar (shu jumladan, rus va o‘zbek tillari) ilmiy muloqot lug‘atidan o‘rin olgan. Aslida, conseptus so‘zining termin xarakterini olishi falsafada konseptualizm yo‘nalishining yuzaga kelishi bilan bog‘liq. Ushbu yo‘nalish asoschilaridan bo‘lgan farang faylasufi Per Abelyar va keyinchalik ingliz olimi Jon Lokk haqiqatda borliqda alohida predmetlar mavjud bo‘lib, buning orasidagi bog‘liqliklarning tafakkurdagi idroki natijasida umumiylik, universaliyalar tug‘iladi va konsept hosil bo‘ladi, degan g‘oyani olg‘a surishgan. Ammo P.Abelyarning konsept – “aqliy faoliyat vositasida u yoki bu predmet haqida fikrlarni umumiylashtirish va yagona xulosaga kelishdir”23 degan ta’rifiga tayangan konseptualistlarning harakatlariga qaramasdan, ushbu terminning ilmiy ko‘rinish olishi va ommaviylashuvi ancha qiyin kechdi. Bunday “sustkashlik” voqelikdagi predmet-hodisalar xususiyatlari talqinida konseptualistlar yo‘l qo‘ygan xatolar natijasi bo‘lsa ham ajab emas. Zero, ushbu oqim tarafdorlari umumiylikni faqatgina yakka, alohida predmetlar xususiyatlaridan izlashib, tizimiy munosabatlarni noto‘g‘ri tasavvur qilishganlar. Sistema aslida yaxlitlik va umumiylik mavjudligini taqozo etadi, qismlarning xususiy belgilarini izlash va xususiylikdan umumiylikka qarab yo‘l olish hodisalar mohiyatiga mexanitsizm nuqtai nazaridan reduksion yondashuvdan boshqa narsa emas. Yaxlitlik va qismlar yoki umumiylik va xususiylik o‘rtasidagi ziddiyat “konsept” terminining falsafada turg‘unlashuvida bir muncha xalaqit berganligi aniq va xuddi shu holat tilshunoslikda ham o‘z aksini topdi. To‘g‘ri, “konsept” kalimasi ingliz zabon va roman zabon ilmiy adabiyotlarda doimiy ravishda amaldadir, biroq bu tillarda concept asosan “tushuncha, g‘oya, umumiy fikr” ma’nolarini ifodalaydi. Rus tilshunosligida ushbu atama o‘tgan asrning 30-yillarida qo‘llanishga kira boshladi. Binobarin, S.N.Askoldov 1928-yilda e’lon qilgan so‘z va konsept munosabati haqidagi maqolasida voqe’lik idroki jarayonida hosil bo‘ladigan alohida va umumiy tushunchalarni farqlash lozimligini uqtirgan edi. Rus filologining uqtirishicha, umumiy tushuncha bir turdagi predmetlarni, ularning belgi, xususiyalarini umumlashtirish asosida yuzaga keladi (masalan, idish tushunchasi zamirida kosa, piyola, choynak, likopcha, lagan kabi predmetlar belgilari, bajaradigan vazifalarining umumlashmasi yotadi). Demak, konsept aqliy faoliyat jarayonida bir turdagi predmetlar va ularning belgi-xususiyatlarini o‘rnini almashtiruvchi (olmoshlar funksiyasi bilan qiyoslang) birlikdir.24 Konseptga olimlar tomonidan turlicha ta’riflar keltiriladi, ularning har biri konseptning muayyan bir qirrasini ochib berishga xizmat qiladi. Quyida ulardan ayrimlarini keltirib o‘tishni joiz topdik: “Kognitiv terminlarning qisqacha lug‘ati”da konseptga quyidagicha ta’rif berilgan. “Konsept – bizning ongimiz (aqliy faoliyatimiz) mental va ruhiy imkoniyatlari hamda inson bilimi va tajribasini aks ettiruvchi axborot tizimi birligidir; xotiradagi mazmundor birlik, mental leksikon (xotiradagi botiniy lug‘at tizimi), konseptual tizim va fikr yuritish tili (lungua mentalis) hamda inson psixikasida voqelik qiyofasini aks ettiruvchi tuzilmadir.”25 Psixolingvistlar ham konseptni nolisoniy tabiatga ega bo‘lgan murakkab tuzilma sifatida qaraydilar. Konsept – shaxsning bilish va kommunikativ faoliyatida o‘z-o‘zidan yuzaga keladigan, harakatchan perseptiv-kognitiv-affektiv tuzilmadir. U inson ruhiy hayoti qonuniyatlariga bo‘ysunadi va shu jihatdan nazariy tilshunoslik ilmiy tavsifi mahsuli bo‘lgan tushuncha va ma’no hodisalaridan farq qiladi. Ushbudan ma’lum bo‘ladiki, psixolingvistlar konseptning shakllanishini yakka shaxs (individ) tafakkur faoliyati bilan bog‘laydilar. Konseptni til sohibining “milliy xotirasi”da lisoniy ifodalangan holatda saqlanadigan “jamoa ongi”ning mazmundor birligi sifatida talqin qiladi.26 Ma’lumki, ong insonning ijtimoiy mavjudot sifatida bajaradigan ruhiy-psixologik faoliyatining yuqori bosqichidir. Quyi bosqichlarda esa voqe’likni idrok etish bilan bog‘liq amallar, ya’ni ko‘rish, sezish, his etish, tasavvur qilish kabilar bajariladi. Xuddi shu amallar yuritishga turtki bo‘ladi, tafakkur faoliyati, o‘z navbatida, borliq haqida fikr, tushuncha, g‘oya tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Shaxs ongida paydo bo‘lgan ushbu tushuncha-g‘oyalar, dastavval, sub’ektiv mazmunli bo‘lsalarda, keyinchalik ideal tus olishib, madaniy mahsulot ko‘rinishini oladilar masalan, til birliklari, san’at asarlari va boshqa semiotik belgilar sifatida. Demak, borliq haqidagi bilim ilk bosqichda obyektiv dunyoning sub’ektiv tasavvuri ramzida yuzaga keladi va faqatgina “madaniylashish” bosqichidan o‘tgandan so‘ng ijtimoiylashadi va jamoa ongi mulkiga aylanishi mumkin (barcha tug‘ilayotgan sub’ektiv tasavvur, tushunchalarning bir yo‘sinda jamoa ongidan o‘rin olishi shart emas). Shunday ekan, konseptni individual tafakkur jarayonida, shaxsning voqelikni bilishga intilishi natijasida hosil bo‘ladigan birlik sifatida qarash ma’qulroq, uning lisoniy qolipda jamoa ongidan joy olishi esa, ma’lum vaqt oralig‘ida kechadi va konseptual tizim birligi maqomiga ega bo‘lishini talab qiladi. Haqiqatdan ham, konsept predmet-hodisalar haqida ma’lumotga ega bo‘lish va to‘plangan ma’lumot asosida kuzatilayotgan hodisalarni tavsiflash hamda tasniflash imkonini beradi. Tasniflash amalining ijrosi ma’lumotga ega bo‘layotgan shaxsning hayot tajribasi, uning jamiyatda qabul qilingan guruhlarga ajratish qonuniyatlar bilan tanishligi bilan bevosita bog‘liqdir. Bu, o‘z navbatida, borliqni o‘zlashtirishning sub’yektiv tajribadan ijtimoiy haqiqat yoki jamoa ongiga qarab o‘sib borishidan dalolat beradi. Bundan ravshanki, konseptning tug‘ilishi beixtiyorlikdan ratsionallikka qarab yo‘l olayotgan tafakkur faoliyatining natijasidir. Biz hozircha tafakkur jarayoni qanday kechishini bilmaymiz, lekin ularning ba’zilari ongli ravishda kechishini, ya’ni ratsional aqliy faoliyat xususiyatini olishini tasavvur etishimiz mumkin. Zero, konseptning asosini tashkil qiluvchi predmed obrazi yetarlicha aniq vaikkilamchi oʻrinni egallagan boʻlaklari mavhumlikka ega boʻlish bilan birgalikda, ular yagona negiz (yadroviy asos) atrofida oʻzaro munosabatga kirishib birikadilar. Shu sababli konsept tarkibining tizimiy xarakteriga ega ekanligini e’tirof etish ma’quldir. Uning tizimiy xususiyatlari tuzilish jihatidan murakkab tartibli boʻlishida va bir butun mental tuzilma sifatida idrok qilinishida namoyon boʻladi. Predmet - hodisalarning ongli idrok etilishi va ularning tasavvurda obraz hosil boʻlish yoʻli bilan jamlanadigan bilim turlicha shakllanadi va har xil xarakterga ega boʻladi. Bu bevosita turli guruhdagi va tuzilishidagi konseptlar shakllanishiga sabab boʻladi. Tilning u yoki bu konsepti tahliliga bag‘ishlangan ishlar sharhi konseptning shakllanishi va verballanish jarayonlariga ikki xil yondashuv haqida gapirish imkonini beradi – arxitipli va invariantli. Arxetipli modelda konseptga imkon qadar umumiylashgan, ammo shunday bo‘lsa ham, hissiy obrazli, ongda yashirin, reduksiyalangan shaklda mujassam bo‘luvchi (tushunchada, tasavvurda, so‘z ma’nosida) bir narsadek qaraladi.Invarintli modeldaesa ma’lum semantik sohani qamrab oluvchi til birliklari mazmunining umumlashish (invariant) chegarasi sifatida namoyon bo‘ladi. Konseptlarning arxetipik shakllanish modeli ularning semantiklashishiga tilgacha tayyorlikni, moyillikni, invariantli model esa – tilni o‘zlashtirish va fikr hamda nutq sub’ekti tomonidan tildan tashqari voqelikni anglash jarayonida shakllanishni taqoza qiladi.Shunday qilib, konseptning verballashuvi birinchi bosqichi bo‘lib voqelikning u yoki bu obyekti haqida tasavvurlar vujudga kelishi xizmat qiladi. Shundan so‘ng konseptni tushunish, uning ma’naviy mazmunini muvofiq so‘z bilan ongimizda bog‘lash yuz beradi.Verballashishning birinchi bosqichidayoq konsept o‘zining obrazli verballashuvi bosqichida yetakchi faktorga aylanadigan etnotil o‘ziga xosligiga ega bo‘ladi.Verballashishning ikkinchi bosqichida so‘zning ichki shakli hosil bo‘ladi – obraz – konseptning ma’noviy markazi shakllanadi. Verballashishning uchinchi bosqichida obrazning metonimik shakllanishi yuz beradi.So‘zning simvolik shakllanishiga turtki bo‘ladigan obrazli tushuncha paydo bo‘ladi.Nihoyat konsept shakllanishi va verballashuvining to‘rtinchi bosqichida mifga yo‘naltirish, ya’ni mazkur madaniyat paradigmasida ma’lum simvol yuzaga keladi. Tilning u yoki bu konsepti tahliliga bag‘ishlangan ishlar sharhi konseptning shakllanishi va verballanish jarayonlariga ikki xil yondashuv haqida gapirish imkonini beradi – arxitipli va invariantli. Arxetipli modelda konseptga imkon qadar umumiylashgan, ammo shunday bo‘lsa ham, hissiy obrazli, ongda yashirin, reduksiyalangan shaklda mujassam bo‘luvchi (tushunchada, tasavvurda, so‘z ma’nosida) bir narsadek qaraladi. Invarintli modeldaesa ma’lum semantik sohani qamrab oluvchi til birliklari mazmunining umumlashish (invariant) chegarasi sifatida namoyon bo‘ladi. Konseptlarning arxetipik shakllanish modeli ularning semantiklashishiga tilgacha tayyorlikni, moyillikni, invariantli model esa – tilni o‘zlashtirish va fikr hamda nutq sub’ekti tomonidan tildan tashqari voqelikni anglash jarayonida shakllanishni taqoza qiladi.Shunday qilib, konseptning verballashuvi birinchi bosqichi bo‘lib voqelikning u yoki bu obyekti haqida tasavvurlar vujudga kelishi xizmat qiladi. Shundan so‘ng konseptni tushunish, uning ma’naviy mazmunini muvofiq so‘z etimoni bilan ongimizda bog‘lash yuz beradi.Verballashishning birinchi bosqichidayoq konsept o‘zining obrazli verballashuvi bosqichida etakchi faktorga aylanadigan etnotil o‘ziga xosligiga ega bo‘ladi.Verballashishning ikkinchi bosqichida so‘zning ichki shakli hosil bo‘ladi – obraz – konseptning ma’noviy markazi shakllanadi. Verballashishning uchinchi bosqichida obrazning metonimik shakllanishi yuz beradi.So‘zning simvolik shakllanishiga turtki bo‘ladigan obrazli tushuncha paydo bo‘ladi.Nihoyat konsept shakllanishi va verballashuvining to‘rtinchi bosqichida mifga yo‘naltirish, ya’ni mazkur madaniyat paradigmasida ma’lum simvol yuzaga keladi. Tilshunoslikning falsafiy masalarini tahlil etishga bag‘ishlangan monografik tadqiqotda konsept va tushuncha munosabatini quyidagicha izohlaydi: Tushuncha darajasiga ko‘tarilish uchun tasavvur munosabatlar tizimiga kirishib, konsept darajasiga, ya’ni sistemalashgan bilim darajasiga, so‘ngra bu konseptjuz’iyliklardan, manzaraviylikdan xoli bo‘lishi, yuksak umumiylikka ko‘tarilishi lozim. Tushunchaning sezgi, idrok, tasavvur va konseptdan farqi shundaki, u muayyan belgi va jihatlarni emas, balki u konseptdagi eng umumiy, eng muhim umumlashmalarnigina saqlab qoladi.27 Keyingi vaqtlarda konsept termini allaqachon tilshunoslikda muhim terminlarga aylanib ulgurdi. Konseptning mohiyatini va uning tushuncha, so‘zdan farqli jihatini quyidagicha izohlash mumkin: So‘z-tushunchani nutqiy voqelantirishga xizmat qiluvchi “libosi”; Tushuncha-voqelik haqidagi yaxlit umumlashma obraz; Konsept-Obrazni shakllantirishga xizmat qiluvchi yirik maydon. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling