Mehmonxona sanoati bu mehmon tomonidan talab qilinadigan vaqtinchalik turar joy va qo'shimcha xizmatlarni ko'rsatuvchi korxonalar majmuasi


Download 325.5 Kb.
bet12/17
Sana17.06.2023
Hajmi325.5 Kb.
#1527076
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Masharipov...

3. Xizmatlarini rejalashtirish
Ozbekistonda turistlik xizmatlarini shakllantirish Davlat standartlari bilan tartibga solinadi. Turistlik xizmatni yolga qoyish uchun uning qisqacha xizmatlar bayoni asos bolib xizmat qiladi. Bu bozor ehtiyojlarini organish natijasida aniqlangan buyurtmachi bilan muvofiqlashtirilgan xizmatlar va xizmatlarni bajaruvchining imkoniyatlarini hisobga oluvchi talablar yigindisidan iboratdir. Turistlik muassasasining rahbariyati muayyan xizmatni yolga qoyish tartibi va jarayonini, xizmat korsatishni tashkil etish usullarini belgilaydi va xizmatlarni loyihalashtirish jarayonini har bir qatnashchisi masuliyatini belgilaydi. Turistlik xizmatlarini loyihalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Xizmatlarning meyorlashtirilgan tavsifini belgilash; Turistlarga xizmat korsatish jarayoni texnologiyalarini belgilash; Texnologik hujjatlarni ishlab chiqish; Sifat nazorati metodlarini belgilash; Loyiha tahlili; Loyiha tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Xizmatning har bir tavsifi istemolchi va ijrochi uchun imkoniyat darajasida ahamiyatli bolishi shart.
Xizmatning muayyan tavsifi tegishli xizmat turlariga belgilangan davlat standarti talablaridan kam bolmasligi lozim. Turistlarga xizmat korsatish jarayoniga qoyiladigan talablarni batafsil yorituvchi hujjatlar quyidagilarni qamrab olishi shart: turistlarga xizmat korsatish jarayoni, shakli va usullari bayoni; turistlarga xizmat korsatish jarayoni tavsifinining mazmuni; foydalaniladigan uskunalarning turiga, miqdoriga va qabul qilish qobiliyatiga talablar; zarur xizmatchilar soni va ularning kasbiy malakasi darajasini; buyurtmalar va xizmatlarning shartnomaviy taminoti; kafolatlar; zaruriy kelishuvlar (rekratsion zaxiralar mulkdorlari, sanitariya — epidemiologiya va yongin xavfsizligi, DAN va boshqa organlar bilan). Turistlarga xizmat korsatish jarayoniga qoyiladigan aniq talablar amaldagi meyoriy hujjatlar talablaridan kam bolmasligi lozim. Turistlarga xizmat korsatish jarayonini loyihalashtirish xizmat korsatishning har bir bosqichi boyicha (masalan, xizmatlar boyicha malumot berish, xizmat korsatish, xizmatlar uchun hisob-kitob) amalga oshiriladi va ularning har biri uchun alohida texnologik harita tuziladi. Bosqichlarning mazmuni va ketma-ketligi xizmat turiga qarab ozgarishi mumkin. Turistlik xizmatni loyihalashtirishning natijasi texnologik hujjatlar hisoblanadi (texnologik haritalar, yoriqnomalar, qoidalar, reglamentlar va b.) Sifat nazoratiga doir hujjatlarda turistlarga xizmat korsatish jarayonini amalga oshirish yuzasidan nazorat qilish shakllari, usullari va tashkil etilishi, ularning loyihalashtirilgan tavsiflariga mos tarzda kelishini taminlash maqsadida belgilanishi lozim. Sifat nazoratini loyihalashtirish quyidagilardan iborat: xizmatlar tavsifiga muhim tasir korsatuvchi xizmat korsatish jarayonining muhim jihatlarini belgilash; xizmatlar tavsifini tahrir etish usullarini belgilash; nazoratdagi tavsiflarni baholash usullarini belgilash.

Download 325.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling