Mehnat an’analarida mehnat tarbiyasi. Mehnat tarbiyasida xalq og‘zaki ijodidan foydalanish Reja
Xalq rivoyatlari asosida o ‘quvchilami mehnatga o ‘rgatish
Download 1.69 Mb.
|
2 seminar Mehnat an’analarida mehnat tarbiyasi Mehnat tarbiyasida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shirin uyqu (ertak)
3.Xalq rivoyatlari asosida o ‘quvchilami mehnatga o ‘rgatish
RIVOYAT – hayotiy voqealarni hayotiy uydirmalar vositasida aks ettiruvchi etnopedagogik manba bo’lib, unda tarixiy voqealar, ayrim shaxslar va geografik joy bilan bog’liq voqealar, ularning bunyod yoki vayron etilishi hikoya qilinadi. Rivoyat o’quvchida Vatanga, ajdodlarga, xalqqa muhabbat, zulmga nafrat, do’stlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, ma’naviy va jismoniy kamolotga intilish hissini uyg’otadi. Xalqimiz odob va axloqni qadimdan ulug’lab kelgan. Chunki, axloq va odob insonga husn, latofat va nazokat bag’ishlagan. O’rta Osiyo mutafakkirlarining o’z asarlarida axloqiy g’oyalarni doimo tarannum etib, insonni komillik, fozillik, komillik darajasiga ko’tarishga chorlaganlar. ERTAKLAR Ertaklarda mo’jiza yoki sarguzasht ma’lum voqea-hodisalarni hayot bilan bog’lab, haqiqat, ozodlik, to’g’rilik, odamiylik, oliyjanoblik g’oyalarini targ’ib etadi. Shuning uchun ular bolani o’ziga ko’proq jalb etadi. Ertaklar ham didaktik, ham tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Jumladan: “Chol bilan kampir”, “Bulbuligo’yo”, “Ur to’qmoq”, “Uch og’a-ini botirlar”, “Bo’ri bilan qo’zichoq”, “Baxtli kal” singari ertaklar shular jumlasidandir. Ertaklarning hayvonlar, qushlar haqidagi turlari, mitti polvonlar (“No’xatvoy”, “Quloqvoy”, “Handalak polvon”, “Yapaloqpolvon”) haqidagi turlari, bir yoki ikki epizodli satirik ifoda vositasida salbiy tarbiyaviy sifatlarni tanqid, masxara qiluvchi etnopedagogika turidir. o’zbeklarda latif qaytarish, so’zga chechanlik musobaqasi shaklida o’tkaziladi. Ma’naviy –axloqiy tarbiya masalalari ifodalangan ertaklardan namunalar keltiramiz: Shirin uyqu (ertak) Bir donishmandning uchta o’g’li bo’lib, ota o’limi oldidan o’g’illarini o’z oldiga chaqirib shunday vasiyat qilibdi: “Uyquni shirin qilib uxlang, ovqatni shirin qilib yeng”. Ikki aka ota vasiyatiga amal qilib, ko’rpachalarni qavat-qavat qilib to’shabdilar. Har xil ovqatlarni qildirib, ustma-ust yeb yota beribdilar. Mehnat bilan shug’ullanmabdilar. Yegan ovqatlari singmabdi. Ko’zlariga uyqu kelmabdi. Borgan sari mol-dunyolari kamayib qashshoqlashib keta beribdilar. Uchinchi o’g’il esa ertadan kechgacha mehnat qilar ekan. Borgan sayi davlati ko’payib, uyqusi shirin bo’lib, ovqati mazali bo’lib boribdi. Demak, ertakdan shunday xulosa chiqadi, barcha rohatlarning otasi –mehnatdir. Aka-ukalar buni hammalari har xil tushunibdilar. Ota nasihatini to’g’ri tushungan kenja o’g’il o’z murodmaqsadiga yetibdi. “Qumursqa” ertagida dunyodagi eng zo’r mavjudot mehnatkash inson ekanligi maktab yoshidagi bolalar ruhiyatiga mos holda bayon etiladi. Muz, bulut, kun, yomg’ir, yer, ot, mol, bo’ri, sichqoncha, mergandan “kim zo’r?” deb so’raganda, biri ikkinchisini ko’rsataveradi. Oxirida qumursqa: “otangning olti yuz botmon oshirib yeganman; pochchangning yuz botmon buydoyini yeti tog’dan oshirib yeganman. Men zo’rman, men zo’r deydi.” Bu yerda qumursqalarning mehnatsevar qilib ko’rsatilishi, xalq og’zaki poetik ijodida xos mubolag’a va xayoliy lavhalarda bolalarga qiziqarli bayon qilingan. Bunday usul bolalarning asar mazmuni va g’oyasini osonlik bilan o’zlashtirib olishga yaqindan yordam beradi. O’zbek xalq ijodida mehnat va mehnat ahlini hamisha ulug’lab, unga mehr-muhabbat bilan qarashga, do’stlikni qadrlashga chaqirib kelgan. “Qumursqa” ertagida ham shu g’oya ertakka xos uslubda, ajoyib o’xshatishlarda kulguga boy quyidagicha suhbatda bayon etilgan: - Qorning nima uchun katta? - Jigarim zo’r, -dedi qumursqa. - Beling nima uchun ingichka? - Mehnatim zo’r! - Kallang nima uchun katta? - Davlatim zo’r! Mehnatim zo’r, savlatim zo’r, men zo’r, men zo’r,- javob beradi qumursqa. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling