Mehnat an’analarida mehnat tarbiyasi. Mehnat tarbiyasida xalq og‘zaki ijodidan foydalanish Reja


Download 1.69 Mb.
bet7/10
Sana04.02.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1163636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 seminar Mehnat an’analarida mehnat tarbiyasi Mehnat tarbiyasida

Odob – kishining zebu ziynati
Odob – oltindan qimmat
Bola aziz - odobi undan aziz.
Odob bozorda sotilmas.
Odobni beodobdan o’rgan.
So’z kishining o’zagi,
Odob kishining bezagi.
Yaxshi boladan rahmat,
Yomon boladan la’nat.
Buzishga o’rganma, tuzishga o’rgan.
Yaxshi bola nom keltirar,
Yomon bola g’am keltirar.
Onangni boshingni xam qil,
Otangga gapingni bosh qil.
Odobli kelinning supurgisi xashak ostida turar.
Yaxshi xulq – kishining husni.
Ho’l yog’ochni egmagin,
Tegmaganga tegmagin.
Boshingga qilich kelsa ham, to’g’ri so’zla.
Rohatini ko’rgan azobiga chidaydi.
Otasi siylamaganni bolasi siylamas.
O’z aybingni ochsang,
Elning mehri qochar.
Folklor materiali bo’lgan maqollarda bolalarni barkamol qilib tarbiyalashning usul va vositalari uyg’unlashadi. Maqollarda pand-nasihat, eslatish, rag’batlantirish, ogohlantirish kabi metodlardan foydalaniladi.


TOPISHMOQLAR
Topishmoq–deb, bir-biriga o’xshash ikki predmetdan jumboq yasalib, ikkinchisiga xos o’xshash belgilar asosida uni topishga mo’ljallangan she’riy yoki nasriy topshiriqqa aytiladi. Masalan: “Bir parcha patir, olamga tatir” topishmog’ida eng to’yimli ozuqa - patir “Oy” ga o’xshatilgan. Oy ham go’zal, tunda olamni munavvar qiladi. Topishmoqlarning mazmunidan kelib chiqqan holda ularda ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalarining yoritilishini o’rganishimiz mumkin: [https://uz.denemetr.com/docs/768/index-94287-1.html?page=2]
1. Tom ustida bir anor, hadding bo’lsa ushlab ol. (Oy)
2. Uzoq tog’da o’t yonar. (Quyosh)
3. Uxlab yotar kunduzi, Shomda ochilar ko’zi. (Oy)
4. To’rt oyoqli, temir tuyoqli. (Ot)
5. Ustida bukrisi bor, Oyoqda tuflisi bor. (Tuya)
6. Soqoli bor, aqli yo’q. (Echki)
7. Boraveradi, boraveradi, Bo’yradek yerni olib yotadi.
8. Kichkinagina bo’yi bor, qo’ng’irgina to’ni bor.(Qo’y)
9. Do’stim sherik bo’ladi, uyni qo’rib turadi. (It)
10. Uyday joyda yotadi, sichqon ko’rsa qochadi. (Fil)
11. Tuya desam, kattakon, Usti keng-u, bir makon. (Fil)
12. Tokchama-tokcha, Azamat xo’ja. (Sichqon)
13. Suv tagida oltin baldoq. (Baliq)
14. Emaklagan toshni ko’rdim, Toshdan chiqqan boshni ko’rdim. (Toshbaqa)
15. Ovoz berar azonda, mazasi bor qozonda. (Xo’roz)
16. Xafa bo’lsa, koptok bo’lib, Igna ko’rpa yopadi.
Zumda ko’z ochib kulib, ilgarilab chopadi. (Tipratikan)
17. Makonidir dalalar, pushtalarda bolalar,
To’ni yo’l-yo’l beqasam, go’shti suvli va asal (Tarvuz)
18. Bo’lar sariq yo qizil,
Yer tagida yetilar.
19.Tupida yakka hosil,
Sochi yashil, selkilar.(Sabzi)
20.Urdim, gup etdi,
Yer tagiga kirib ketdi.(Ketmon) 
21.Metalim matti,
Qulog‘i qatti.
Qulog‘iga qattiq tepdim,
Yalpayib yotdi.(Bel) 
22.G‘it-g‘it deydi, ishlaydi,
Yerga kukun tashlaydi.(Arra) 
23.Boradir, boradir,
Oyog‘ini ko‘tarib yotadir.(Zambil) 
24.Yer tagida oy yurar.(Omoch) 
Ketaveradi, ketaveradi,
25.Tog‘day joyni buzib keladi.(Omoch) 



Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling