TEZ AYTISHLAR
Tez aytishlar- bola tafakkuri va xotirasini takomillashtiradi, topishmoqlar esa aqliy faoliyatni rivojlantiradi. Maqollar odob-axloq tarbiyasini, qo’shiqlar bolalarni estetik didlarini shakllantirish, ertak va dostonlarda esa tarbiyaning barcha qirralarini tarbiyalashda o’z o’rnini topgan. Lekin har bir janrni alohida chuqurroq tahlil qilib ko’rilsa, barcha tarbiyalar qatori mehnat tarbiyasi yuzasidan juda ko’p tarbiyaviy manbalar uchratish mumkin.
Nonvoy nonni yopar,
Nonni novvot deb sotar.
Jamila jiydani joyiga joyladi.
Ikki ayiq qayiqqa qaradi,
Oq ayiq oldin qaradimi
Qarg’a qag’illar qar-qar,
Qirni qalin qor qoplar
Soli arralaydi,
Lola allalaydi
Toshmat tog’dan tosh tashidi kabi tez aytishlarda gapdagi so’zlar ma’nosini tez anglab olish va ishlatish, bolalar nutqini to’g’ri va burro talaffuz qila olish ko’nikma va malakalarini hosil qilishda katta rol o’ynaydi. Bolalarda uzluksiz mashqlar natijasida hamda mashaqqatli mehnat orqasida tez aytishni yodlab olishga erishishlik xususiyatlari takomillashadi.
AFSONA – arabcha so’z bo’lib, sarguzasht, sehr-jodu va uydirmaga asoslangan hikoya ma’nosini anglatadi. Afsonada xalq orzusidagi qahramonlar vositasida dushmanlarni, tabiat stixiyalarini daf etishga mifologik obrazlar yordamida erishiladi. Ular o’quvchini ushbu qahramonlarga o’xshashga, ularga xos tarbiyaviy sifatlarni egallashga undaydi.
BLITS-o’yin texnologiyasi
№
|
Yakka xato
|
Yakka baho
|
To’g’ri javob
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |