Mehnat jamoasining konferensiyasida ma’qullangan


Download 499.5 Kb.
bet5/31
Sana25.07.2023
Hajmi499.5 Kb.
#1662475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
ЖАМОА ШАРТНОМА 2023

Yaqin qarindoshlar deb:
xodimning ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, farzandi, turmush o‘rtog‘i va turmush o‘rtog‘ining ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi hisoblanadilar.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 144-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan xodimlar toifalaridan tashqari quyidagi xodimlarga mehnat ta’tili ularning xohishiga ko‘ra yozgi yoki ular uchun qulay bo‘lgan boshqa vaqtda beriladi:

a) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 20 martdagi 153-sonli qaroriga asosan ijtimoiy ahamiyatga molik kasallik bo‘yicha hisobda turgan xodimlarga;
b) betob oila a’zosini parvarishlayotgan xodimlarga;
v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 18 maydagi PF-3878-sonli Farmoniga binoan tijorat banklaridan ipoteka kreditini olgan yosh oilalar vakillariga.

  1. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda (shu jumladan uning muddati tugashi munosabati bilan ham) xodimning xohishiga ko‘ra, yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillarni berib, undan keyin mehnat munosabatlarini bekor qilish mumkin. Bu holda ta’til tugagan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi.

  2. Navbatdagi mehnat ta’tiliga ketayotgan xodimga Ish beruvchi tomonidan sog‘ligini tiklash uchun qo‘shimcha moddiy yordam beriladi. Ta’til uchun haq to‘lash ta’til boshlanmasdan oldingi oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

  3. Xodimning arizasiga binoan unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkin, uning muddati xodim bilan Ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi, lekin u o‘n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerak.

V. MEHNATGA HAQ TO‘LASh.
KAFOLATLI TO‘LOVLAR VA KOMPENSATSIYA TO‘LOVLARI



  1. Filialda mehnatga haq to‘lash tizimi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining “Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi va rahbar hodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy lavozim maoshlari miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019 yil 31 iyuldagi 39-q/q, 286/1-sonli qo‘shma qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirliklarining 2019 yil 10 apreldagi 3-2019, 19-qq va 15-2019-qq-sonli “O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshiriladi.


  2. Download 499.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling