Mehnat jamoasining konferensiyasida ma’qullangan


II. FILIALNING IQTISODIY FAOLIYaTI


Download 499.5 Kb.
bet2/31
Sana25.07.2023
Hajmi499.5 Kb.
#1662475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
ЖАМОА ШАРТНОМА 2023

II. FILIALNING IQTISODIY FAOLIYaTI



  1. Taraflar filial xodimlarining moddiy va huquqiy ahvoli yaxshilanishidan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini qayd etib, qonun va qonun osti hujjatlari hamda mazkur shartnoma bilan berilgan huquqlarni amalga oshirish va majburiyatlarni bajarish yo‘li bilan xodimlar va ish beruvchining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari kelishilishini ta’minlash yuzasidan sa’y-harakatlarni birlashtirish zarur, deb hisoblaydilar.

  2. Ish beruvchi:

a) Filial muvafaqqiyatli faoliyat yuritishiga, mehnat madaniyati va intizomini yanada yaxshilanishiga erishish, ishlovchilarning kasb mahoratini yuksaltirish, tarif stavkalarini amaldagi me’yoriy xujjatlarda belgilanganiga nisbatan pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik;
b) mehnat jamoasini moddiy-texnik resurslar va moliyaviy mablag‘lar bilan o‘z vaqtida ta’minlab borish;
v) mehnat unumdorligini oshirish, ilg‘or tajribani o‘zlashtirish, fan va texnika yutuqlarini amaliyotga joriy etish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish;
g) filialning moliyaviy ahvoli va olingan foydaning ishlatilishi haqida mehnat jamoasini xabardor qilib borish;
d) filialning o‘zida, zarur hollarda esa – tegishli ta’lim muassasalarida xodimlar uchun kasbiy tayyorgarlik, boshqa kasbga o‘rgatish, malaka oshirish ishlarini olib borishni zimmasiga oladi.
e) mehnatga oid munosabatlar doirasida kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlik qilish, o‘zaro takliflar va talablarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mehnat bahslarini muzokara yo‘li bilan hal etish;
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi:
a) ijtimoiy-mehnat munosabatlariga oid masalalarni, shuningdek, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda xodimlar nomidan ish ko‘rish;
b) ichki mehnat tartibi qoidalariga hamda mehnat intizomiga rioya etilishiga, mehnat vazifalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishida xodimlarga ko‘maklashish;
v) mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlarini takomillashtirish, filialni boshqarish, shartnoma majburiyatlarini takomillashtirish, xodimlarning mehnat shartnomasidagi vazifalarni to‘liq va sifatli bajarishlariga ko‘maklashuvchi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning joriy va istiqbolli reja va dasturlarini qabul qilish kabi masalalar yuzasidan jamoa muzokaralarini olib borish bo‘yicha takliflarni filial direktoriga kiritib borish;
g) tarmoq ko‘rik-tanlovlarida ishtirok etish tashabbuslari bilan chiqish, shuningdek, elektr energiyasi va yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo‘yicha eng yaxshi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti tarmoq ko‘rik-tanlovida ishtirok etish.
Xodimlar:
a) o‘z mehnat vazifalarini halol bajarish, filial direktorining farmoyishlari va buyruqlarini o‘z vaqtida va sifatli ijro etish;
b) ichki mehnat tartibi qoidalariga, o‘rnatilgan mehnat tartibiga va intizomiga rioya qilish;

Download 499.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling