Mehnat jamoasining konferensiyasida ma’qullangan


Mukofotlar turlari va miqdorlari


Download 499.5 Kb.
bet28/31
Sana25.07.2023
Hajmi499.5 Kb.
#1662475
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
ЖАМОА ШАРТНОМА 2023

2. Mukofotlar turlari va miqdorlari
1. Ushbu Nizomda joriy (oylik ustama haq to‘lash) va bir marotaba to‘lanadigan mukofotlar nazarda tutilgan.
2. Joriy mukofotlash (ustama haq) filial direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlangan va har o‘quv yilining boshida yig‘iladigan ustama haq komissiyasi tomonidan amalga oshrilib, ishchi xodimlar uchun – oylik maoshlarining 100% gacha bo‘lgan miqdorda belgilanadi.
3. Joriy mukofotlash (ustama haq) miqdorini belgilashda quyidagilar asosiy mezon deb olinadi:
- ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishdagi salmoqli yutuqlar, ularni jahon ta’lim standartlari asosida yangilab borish, fan taraqqiyoti sohasida erishgan yutuqlar;
- o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar sifati va samaradorligini ta’minlovchi yuqori pedagogik mahorati va saviyasi;
- yangi avlod darsliklari va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish va chop ettirish;
- targ‘ibot-tashviqot ishlardagi faolligi;
- o‘quv intizomni yaxshilashda va davomat ko‘rsatkichlarini ko‘tarishda qo‘shgan hissasi;
- yangi qonun loyihalarini tayyorlash;
- ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan maqolalar va monografiyalar chop ettirish;
- turli tanlovlar, konferensiyalar va olimpiadalarda ishtirok etish uchun iqtidorli talabalarni aniqlab, ularni ishtirokini ta’minlash;
- O‘zbekiston Respublikasi manfaati yo‘lida o‘tqaziladigan turli miqyosdagi ijtimoiy-siyosiy va ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etish;
- kabinet, laboratoriya, auditoriyalarni zamonaviy o‘quv vositalari bilan jhozlab, byudjetdan tashqari mablag‘larni ko‘paytirishga qo‘shgan hissalari;
4. Professor-o‘qituvchi, ishchi xodimlarni bir marotaba mukofotlash va moddiy rag‘batlantrish davlat yoki kasb bayramlari, muhim sana, nafaqa yoshiga yetishi va yubileylar munosabatlari bilan amalga oshiriladi. (Mehnatga haq to‘lashni eng kam miqdorining 5 (besh) barobari miqdorigacha)
3. Mukofotlarni belgilash, berish va tasdiqlash tartibi
1. Filial professor-o‘qituvchilari va xodimlarini joriy mukofotlash (ustama haq) fakultet dekanlari va tarkibiy tuzilma rahbarlari tomonidan joriy yilda faoliyat yuritayotgan ustama haq to‘lash komissiyasiga taqdim etilgan ma’lumotlar asosida direktor tomonidan chiqarilgan buyruqqa asosan amalga oshiriladi.
2. Filial professor-o‘qituvchilari va xodimlariga quyidagi xollarda joriy mukofotlash (ustama haq) belgilanmaydi:
- yangi ishga qabul qilingan professor-o‘qituvchi va xodimlar uchun 3 oygacha;
- ustama haq to‘lanayotgan oyda mehnatga layoqatsiz bo‘lganlarga;
- salbiy harakatlar sodir etganligi uchun intizomiy jazo olganlarga;
- mehnat shartnomasi yoki lavozim yo‘riqnomasida belgilangan xizmat vazifalarini talab darajasida bajarmasa;
- mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablarini buzganlarga;
- ijro intizomini buzganlarga.

Download 499.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling