Mehnat jamoasining konferensiyasida ma’qullangan


Moddiy yordam miqdori va uni ko‘rsatish asoslari


Download 499.5 Kb.
bet30/31
Sana25.07.2023
Hajmi499.5 Kb.
#1662475
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
ЖАМОА ШАРТНОМА 2023

Moddiy yordam miqdori va uni ko‘rsatish asoslari

  1. Filial xodimlari va talabalariga moddiy yordam ko‘rsatish asoslari deb quyidagilar belgilanadi:

  • To‘y marosimi. Ushbu Nizomda “to‘y marosimi” deganda professor-o‘qituvchi va xodimlarning farzandlarini nikoh yoki aqiqa to‘ylari tushiniladi. Bu xolatda moddiy yordam miqdori Respublikada belgilangan mehnatga haq to‘lashni eng kam miqdorining 4 (to‘rt) barobari miqdorigacha belgilanadi;

  • xodim yoki uning ota-onasi, farzandi, eri yoki xotini vafoti. Bu xolatda moddiy yordam miqdori Respublikada belgilangan mehnatga haq to‘lashni eng kam miqdorining 5 (besh) barobari miqdorgacha belgilanadi;

  • professor-o‘qituvchi va xodimning moddiy jihatdan qiyin ahvoldaligi, betobligi sababli davolanishi uchun dori-darmon sotib olishi, tibbiy muolijalarga muxtoj bo‘lishi va turli baxtsiz hodisalar. Bu xolatda moddiy yordam miqdori Respublikada belgilangan mehnatga haq to‘lashni eng kam miqdorining 3 (uch) barobari miqdorigacha belgilanadi.

  • moddiy jihatdan qiynalgan, sog‘ligi sababli kasalxonada davolanayotgan yoki dori-darmonga muxtoj talabalarga 1 minimal stipendiya miqdorida moddiy yordam belgilanadi.

2.2. Moddiy yordam ko‘rsatish faqat ushbu Nizomda keltirilgan asoslarga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.

  1. Moddiy yordam to‘lash tartibi

  1. Ushbu Nizomning 2.1. bandida belgilangan asoslarga ko‘ra moddiy yordam ko‘rsatish direktor (yoki uning vakolati yuklatilgan direktor o‘rinbosari) tomonidan chiqarilgan buyruqqa asosan amalga oshiriladi.

Buyruqqa asos bo‘lib xodim yoki talabaning sabablari ko‘rsatilgan xolda direktor nomiga yozilgan arizasi asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu ariza moddiy yordam miqdori ko‘rsatilgan xolda bosh hisobchi tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim. Arizaga unda keltirilgan sabablarni tasdiqlovchi xujatlar ilova qilinadi.

  1. Xodim yoki talabaning moddiy ahvoliga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa favqulodda vaziyat yuzaga kelib chiqqan hollarda vujudga kelganda tarkibiy bo‘linmaning rahbari (fakultet dekani) moddiy yordam ko‘rsatish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan ariza bilan filial direktoriga murojaat qiladi. Arizada moddiy yordam ko‘rsatilishi uchun aniq sabablar ko‘rsatilgan bo‘lib, moddiy yordamning miqdori ko‘rsatilgan xolda bosh hisobchi tomonidan ham imzolangan bo‘lishi lozim.

  2. Talabaning arizasi qo‘shimcha ravishda filial Yoshlar ijtimoiy xarakati boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi tomonidan imzolanadi.




Download 499.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling