Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da ma’qullangan
Yilning sovuq fasllarida ochiq joylarda yoki isitilmaydigan yopiq xonalarda mehnat qiluvchilar uchun Ish beruvchi
Download 0.57 Mb.
|
JSH-maketi
4.13. Yilning sovuq fasllarida ochiq joylarda yoki isitilmaydigan yopiq xonalarda mehnat qiluvchilar uchun Ish beruvchi tomonidan maktab-internatining ichki mehnat tartibi qoidalariga asosan maxsus tanaffuslardan foydalanish imkoniyati beriladi. Buning uchun ish bajariladigan joyda maxsus isitiladigan xona ajratiladi. Ushbu tanaffuslar haq to‘lanadigan ish vaqtiga kiritiladi.
Bu tanaffuslar ishlangan har bir soatdan so‘ng kamida 15 daqiqa davomiyligida beriladi. Bunday maxsus tanaffuslar beriladigan kasblar, lavozimlar va ishlar ro‘yxati 11-ilovada keltirilgan. Mazkur norma yilning issiq faslida ochiq joylarda yoki yopiq sovutilmaydigan xonalarda mehnat qiluvchi xodimlarga ham (tashqi havo harorati _______ darajadan yuqori bo‘lganda) qo‘llaniladi. 4.14. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 202-moddasida nazarda tutilgan davrlardan tashqari, xodimga dam olish uchun emas, balki quyidagi maqsadlarda beriladigan, xodimni mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etishning quyidagi davrlari ham dam olish vaqtiga kirmaydi: 4.14.1. kasaba uyushmalarining saylab qo‘yiladigan organlari ishida, ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliyatida ishtirok etish; 4.14.2. davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qarorlari bilan tuzilgan komissiyalar ishida ishtirok etish; 4.14.3. kasaba uyushmalari tomonidan tashkil etiladigan ta’lim, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarida ishtirok etish; 4.14.4. yuqori kasaba uyushmasi organiga hisobot topshirish, yo‘llanmalar olish; 4.14.5. kasaba uyushmasining ustavida belgilab qo‘yilgan (Qo‘mita, Rayosat, Ijroiya qo‘mita, Plenum yig‘ilishlari, davra suhbatlari, seminarlar, konferensiyalar va boshqa) tadbirlarda ishtirok etish; 4.14.6. ___________________________________________________________; 4.14.7. ___________________________________________________________. 4.15. Xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 205-moddasida nazarda tutilgan tanaffuslardan tashqari ish kuni (smena) davomida ish vaqtiga kiritiladigan quyidagi qo‘shimcha tanaffuslar beriladi: a) chanqoqni qondirish uchun; b) nikotinga qaramlik tufayli; v) tabiiy ehtiyojlarni qondirish va tahorat olish uchun; g) dori vositalarini qabul qilish uchun; d) umumta’lim maktablarida o‘tkaziladigan ota-onalar majlislarida ishtirok etib kelish uchun; ye) _____________________________________; j) _____________________________________. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling