Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da ma’qullangan


 Besh kunlik va olti kunlik ish haftasi qo‘llanilganda maktab-internatida


Download 0.57 Mb.
bet14/56
Sana10.07.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1659414
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56
Bog'liq
JSH-maketi

4.16. Besh kunlik va olti kunlik ish haftasi qo‘llanilganda maktab-internatida umumiy dam olish kuni yakshanba hisoblanadi. Besh kunlik ish haftasida ikkinchi dam olish kuni deb _____________________________ belgilanadi.
4.17. Maktab-internatining keyinchalik normal ishlashi oldindan kutilmagan qaysi ishlarning shoshilinch bajarilishiga bog‘liq bo‘lsa, o‘sha ishlarni bajarish zarur bo‘lgan taqdirda xodimlarni dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari ishga jalb etish ularning yozma roziligi bilan amalga oshiriladi.7
Umuman maktab-internatining yoki uning alohida tarkibiy bo‘linmalarining keyinchalik normal ishlashi oldindan kutilmagan qaysi ishlarning shoshilinch bajarilishiga bog‘liq bo‘lsa, o‘sha ishlarning ro‘yxati quyidagilarni o‘z ichiga olgan:
a) yuqori turuvchi maktab-internatining, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining o‘z vakolatlari doirasida bergan kechiktirib bo‘lmaydigan topshiriqlarini bajarish;
b) ;
v) ____________________________________________________;
g) ____________________________________________________.
Xodimlar ishga jalb qilinishi mumkin bo‘lgan dam olish va bayram kunlarining soni kalendar yilida _________ kun bilan cheklanadi.
4.18. Ish kech (soat 22.00 dan keyin) boshlangan yoki tamom bo‘lgan hollarda Ish beruvchi xodimlarni ishga olib kelish va olib ketish majburiyatini oladi va navbatchi transport vositasi bilan ta’minlaydi.
4.19. Har yilgi asosiy (uzaytirilgan) mehnat ta’tili (qonun hujjatlariga binoan asosiy uzaytirilgan ta’tillar o‘rnatilgan xodimlardan tashqari) barcha xodimlar uchun ___________ kalendar kundan iborat etib belgilanadi8.
(kamida 21)
4.20. Mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar har yilgi qo‘shimcha ta’tillar olish huquqiga ega.
Qo‘shimcha ta’til olish huquqini beradigan ishlar, kasblar va lavozimlar ro‘yxati, ta’tillarning davomiyligi, ularni berish tartibi va shartlari 7-ilovada keltirilgan.
4.21. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan Tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay hududlarning ro‘yxatiga kiritilmagan hududlarda noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun har yilgi qo‘shimcha ta’til 12-ilovaga binoan beriladi.
4.22. Xodimga u bitta maktab-internatida yoki tarmoqda ishlagan har besh yil uchun davomiyligi ikki kalendar kun bo‘lgan, biroq jami sakkiz kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili beriladi.9
Bunda, ushbu bandning birinchi qismida nazarda tutilgan yillik qo‘shimcha mehnat ta’tillari huquqini beruvchi bir maktab-internati yoki tarmoqdagi ish stajiga boshqa ish beruvchida yoki boshqa tarmoqdagi ish staji kiradi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling