5.1. Maktab-internatida mehnatga haq to‘lashning tarifli (va/yoki tarifsiz) tizimlaridan foydalaniladi.
5.2. Mehnatga haq to‘lashning tarifsiz tizimidan foydalanilganda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi Xodimlar faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI)ni baholashda ishtirok etadi.
5.3. Mehnatga haq to‘lashning tarif tizimi qo‘llanilganda ish haqi Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasi (yoki Ish beruvchi tomonidan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib tasdiqlanadigan ____ razryadli tarif setkasi) bo‘yicha to‘lanadi (14-ilova).
5.4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida Qaror qabul qilinsa Maktab-internatining tarif setkasi ham qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
5.5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 31 dekabrdagi PQ-4939-sonli “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga binoan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilishni ta’minlab, ularning malaka darajasini hisobga olgan holda ish haqi to‘lanishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi.
5.6. Maktab-internatida eng past lavozimdagi xodimlarning Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining 1-razryadi (tarif koeffitsienti - kamida 1,000) bo‘yicha tarifikatsiya qilinishi ta’minlanadi.
5.7. Maktab-internati bo‘yicha o‘rtacha ish haqi O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini _____ baravaridan kam bo‘lmagan miqdorga yetkaziladi. Bunda ish haqining asosiy (bazaviy) qismi 50 foizdan kam bo‘lmaydi.
5.8. Ish haqini to‘lash muddatlari:
oyning birinchi yarmi uchun - joriy oyning _____ sanasida;
oyning ikkinchi yarmi uchun - keyingi oyning ______ sanasida.
Haq to‘lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida to‘lanadi.
Har bir xodim tegishli davrda unga to‘lanadigan ish haqining tarkibiy qismlari, ushlab qolingan pul miqdorlari va uning asoslari, shuningdek to‘lanadigan umumiy pul summasi to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qilinadi.
5.9. Xodimning roziligi bilan ish xaqining bir qismi uning plastik kartochkasiga o‘tkazib beriladi, bunday o‘tkazma miqdori to‘lanadigan summaning_____ foizidan oshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |