Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da ma’qullangan


g) Maktab-internatiga Ish beruvchining


Download 0.57 Mb.
bet10/56
Sana10.07.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1659414
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   56
Bog'liq
JSH-maketi

g) Maktab-internatiga Ish beruvchining taklifiga binoan ishga joylashgan shaxslar;
d) o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bitta yoki undan ortiq bolani (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani) tarbiyalayotgan yolg‘iz ota-ona, shu jumladan beva ayollar, beva erkaklar, nikohdan ajralganlar, muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning xotinlari, ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar;
e) yangi qurilgan uylar uchun ipoteka kreditini to‘layotgan 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar;
j) yakka yolg‘iz, farzandi yo‘q ayollar;
z) ____________________________________.
3.17. Xodimlarga Ish beruvchining mablag‘lari hisobidan ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lash chog‘ida quyidagi qo‘shimcha kafolatlar belgilanadi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 173-moddasining uchinchi qismida mustahkamlanganlariga nisbatan ishdan bo‘shatish nafaqasining _______ foizga oshirilgan miqdorlari;
b) ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdoriga ta’sir ko‘rsatadigan ish stajiga xodimlarning _______ tarmoqdagi yoki muayyan kasbga doir mehnat faoliyati davrlarini 6-ilovaga muvofiq kiritish;
v) ushbu maktab-internatiga ish beruvchining taklifi bilan ishga kirgan xodimlarning ko‘rsatilgan stajida xodim ilgari mehnat qilgan maktab-internatida ishlagan vaqtni hisobga olish;
g) vaqtinchalik xodimga mehnat shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda o‘rtacha ish haqining _______________ foizi miqdorida ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lash;
d) ____________________________________.
3.18. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi Maktab-internatida bandlikni ta’minlash, ishdan ozod etilayotgan xodimlarni himoya qilish masalalarini, shuningdek xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish huquqiga ega. (O‘zbekiston Respublikasi «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi Qonunining 27-moddasi).
3.19. Ish beruvchi maktab-internati xodimlarini majburiy mehnatga, jumladan, hududlarni obodonlashtirish, qishloq xo‘jaligidagi turli ishlar, shuningdek gazeta va jurnallarga majburiy obuna qilishga jalb qilmaydi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling