Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da ma’qullangan
Download 0.57 Mb.
|
JSH-maketi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish beruvchining
Ish beruvchining tashabbusi bilan xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish uchun ishlab chiqarish zaruriyati deb O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 145-moddasi 2 qismida ko‘rsatilgan hodisalardan tashqari yana quyidagi holatlarda bajarilishi lozim bo‘lgan tezkor va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar hisoblanishi mumkin:
3.9.1. ishlab chiqarish hajmining kutilmagan darajada oshishi; 3.9.2. boshqa maktab-internati bilan autsorsing shartnomasini qayta tuzish davrida; 3.9.3. davlat ehtiyoji uchun shoshilinch buyurtmalar bo‘lganida; 3.9.4. __________________________________________________. Ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish munosabati bilan xodimni boshqa ishga o‘tkazish davrlari bir kalendar yil davomida jami _______________ ko‘pi bilan 60 kalendar kundan oshishi mumkin emas. Ish beruvchining tashabbusi bilan xodim vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilgan davrda xodimning mehnatiga haq to‘lash bajarayotgan ishiga qarab, biroq avvalgi o‘rtacha oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi. 3.10. Mehnat shartnomasini Ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish faqatgina Kasaba uyushmasi qo‘mitasining oldindan rozligini olib amalga oshiriladi (O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno). 3.11. Koronavirus infeksiyasi bilan zararlanib, karantinga joylashtirilgan, 14 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi (uning o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar) bo‘lgan xodimlar bilan mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi. 3.12. Xodim majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarmagan, shuningdek karantinli va odam uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda joriy etiladigan profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda (sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmasa) ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling