Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da ma’qullangan
Download 0.57 Mb.
|
JSH-maketi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasaba uyushmasi qo‘mitasi
- Ish beruvchi
- Ish beruvchiga
2.4. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi:
a) ijtimoiy-mehnat munosabatlariga oid masalalarni, shuningdek ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda xodimlar nomidan ish ko‘rish; b) Maktab-internatining boshqaruv organlariga (hay’at va h.k.) saylangan, shuningdek xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari bilan bog‘liq qarorlar qabul qiluvchi komissiyalari tarkibiga kiritilgan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakillari maktab-internati hamda xodimlar manfaati yo‘lida samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash; v) kasaba uyushmalari faoliyatiga xos uslublar yordamida, shu jumladan, xodimlar o‘rtasida mehnat musobaqalarini rivojlantirish, mehnat unumdorligini yuksaltirish, Ish beruvchi bilan birgalikda ilg‘orlarni rag‘batlantirish tizimlarini o‘rnatish orqali maktab-internatining barqaror faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashish; g) mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlarini takomillashtirish, maktab-internatini boshqarish, xodimlar manfaatidan kelib chiqqan va maktab-internatining moliyaviy imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda jamoa shartnomasiga qo‘shimcha imtiyozlar (kafolatlar) kiritish, xodimlarning mehnat shartnomasidagi vazifalarni to‘liq va sifatli bajarishlariga ko‘maklashuvchi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning joriy va istiqbolli reja hamda dasturlarini qabul qilish kabi masalalar yuzasidan jamoa muzokaralarini olib borish bo‘yicha takliflarni Ish beruvchiga kiritib borish; d) xodimlarning ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarida ishtirok etishlariga ko‘maklashish; e) mamlakatni modernizatsiyalash va yangilash, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish borasidagi ustuvor dasturlar ijrosida maktab-internatining ishtirokini monitoring qilish ishlarida ishtirok etish; j) elektr energiyasi va yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo‘yicha eng yaxshi boshlang‘ich kasaba uyushmasi maktab-internati tarmoq ko‘rik-tanlovida ishtirok etish; z) tarmoq ko‘rik-tanlovlarida ishtirok etish tashabbusi bilan chiqish; i) Ish beruvchi tomonidan mehnat to‘g‘risidagi qonunlarga va boshqa normativ hujjatlarga rioya etishlishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish; k) Maktab-internatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 iyuldagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5775-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 349-sonli qaroriga to‘liq rioya etilishiga ko‘maklashish; l) ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish to‘g‘risidagi ish beruvchining taqdimnomasini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish; m) ish beruvchining mehnat sharoitlarining o‘zgarishi, shuningdek xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi axborotini ko‘rib chiqish va ish beruvchiga ushbu choralarning oqibatlarini yumshatish bo‘yicha takliflar kiritish majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling