Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da ma’qullangan


Download 0.57 Mb.
bet4/56
Sana10.07.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1659414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
JSH-maketi

2.3. Maktab-internati faoliyatini yaxshilash maqsadida Ish beruvchi:
a) Maktab-internati muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga, mehnat madaniyati va intizomi ko‘tarilishiga erishish, xodimlarning kasb mahoratini oshirish, tarif stavkalari va ishbay baholarning amaldagilariga nisbatan pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik;
b) ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun mehnat jamoasini moddiy-texnik resurslar va moliyaviy mablag‘lar bilan o‘z vaqtida ta’minlab borish;
v) mehnat unumdorligini yuksaltirish, ilg‘or tajribani o‘zlashtirish, fan va texnika yutuqlarini amaliyotga joriy etish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish;
g) ishlab chiqarish dasturining bajarilishi, maktab-internatining moliyaviy ahvoli va olingan foydaning ishlatilishi haqida mehnat jamoasini bir yilda kamida bir marta xabardor qilib borish;
d) Maktab-internatining o‘zida, zarur hollarda esa ta’lim muassasalarida xodimlar uchun kasbiy tayyorgarlik, boshqa kasbga o‘rgatish, malaka oshirish ishlarini olib borish (Kasbiy tayyorgarlik, boshqa kasbga o‘rgatish, malaka oshirishning shakllari hamda bunday o‘quvlarni tashkil etish shartlari, tartibi, zarur kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati tegishli Nizomda belgilab qo‘yiladi (2-ilova));
e) kasanachilik mehnatini samarali tashkil etish maqsadida kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasidagi ishlarni bajarish uchun zarur asbob uskunalar yetkazib berish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil etish, asboblar, jihozlar, materiallar va yarimfabrikatlar bilan ta’minlash, kasanachilarni majburiy tarzda texnika xavfsizligiga o‘qitish va hokazolarni nazarda tutuvchi barcha shart-sharoitlarni 3-ilovaga muvofiq yaratish;
j) jamoa shartnomasini tuzishga, uning bajarilishi ustidan nazoratni yo‘lga qo‘yishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida, boshqa qonunlarida, maktab-internatining ta’sis hujjatlarida, jamoa kelishuvlarida hamda mazkur Shartnomada nazarda tutilgan boshqa masalalarga oid ma’lumotlarni Kasaba uyushmasi qo‘mitasiga taqdim etib borish;
z) belgilab qo‘yilgan mehnat tartibi doirasida Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlik qilish, o‘zaro takliflar va talablarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mehnat nizolarini muzokara yo‘li bilan hal etish;
i) Maktab-internatini boshqarishda xodimlarning amaldagi qonunlarga zid bo‘lmagan shakllardagi ishtirokini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
k) Kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakillarini maktab-internatining boshqaruv organlari, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari bilan bog‘liq qarorlar qabul qiluvchi komissiyalar tarkibiga kiritish;
l) Maktab-internatini va idoraga qarashli turar joyni hamda boshqa ijtimoiy ob’ektlarni xususiylashtirish vaqtida xodimlarning manfaatlariga rioya qilish;
m) ratsionalizatorlikni rivojlantirish;
n) Maktab-internatining ish samaradorligi yuksalishiga, xomashyo, materiallar, energiya va boshqa resurslar iqtisod qilinishiga katta hissa qo‘shayotgan xodimlarni rag‘batlantirib borish;
o) barcha bo‘g‘in kasaba uyushmasi vakillarini Ustav vazifalarini bajarish uchun ish joylariga moneliksiz qo‘yish majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling