Reja - Firma strategiyasini mavjud sharoitga ko’niktirish.
- Yangi va tez o`sayotgan tarmoqlardagi raqobat.
- Etuklik bosqichida bo`lgan tarmoqlardagi raqobat.
- Depsinayotgan yoki tushkunlik xolatida bo`lgan tarmoqlardagi raqobat.
- Tarqoq tarmoqlardagi raqobat.
- Xalqaro bozorlardagi raqobat.
Firma strategiyasini mavjud sharoitga ko’niktirish. - Firma strategiyasini mavjud sharoitga kuniktirish vazifasi ancha murakkabdir, chunki bunda bir kancha ichki va tashki omillarni taxlil qilish kerak buladi. Eng asosiy omillarni ikkita katta guruxga ajratish mumkin:
- Tarmoq xolatini va undagi rakobat shartlarini tavsiflovchi omillar.
- Firmaning rakobat imkoniyatlarini, uning bozordagi pozitsiya va imkoniyatlarini tavsiflovchi omillar.
- Marketing strategiyasini mavjud sharoitga moslashtirishni amalga oshirish uchun tarmokdagi vaziyatning beshta klassik variantini va firma axvolining uchta klassik variantini kurib chikib, namoyish etish mumkin.
Tarmoqdagi sharoit variantlari: - Tarmoqdagi sharoit variantlari:
- Yangi va tez o`sayotgan tarmoqlardagi raqobat.
- Etuklik bosqichida bo`lgan tarmoqlardagi raqobat.
- Depsinayotgan yoki tushkunlik xolatida bo`lgan tarmoqlardagi raqobat.
- Tarqoq tarmoqlardagi raqobat.
- Xalqaro bozorlardagi raqobat.
- Firma axvolining variantlari:
- Bozordagi ilgorlar (yetakchilar).
- Ikkinchi darajali o’rinda bo’lganlar.
- Zaif yoki raqobatda talofat ko’rgan firmalar.
Yangi tarmoqlarda raqobat strategiyasi - Yangi tarmok - bu «oyoqga turish»ning ilk boskichida bulgan tarmok. Yangi tarmoklar strategiyani ishlab chikuvchilar oldiga aloxida muammolar kuyadi. Ular quyidagilar:
- yangi bozor yaxshi urganilmaganligi, statistik ma’lumotlar etarli bulmaganligi uchun uning kelajakdagi rivojlanish tendentsiyalarini anik belgilash imkoniyati bulmaydi;
- nou-xaularning kup kismi patentlangan bulib, astoydil qo’riqlanadi, shuning uchun ulardan foydalanish imkoniyati bulmaydi;
- rakobat kurashida texnologiyalarning kaysinisi yutib chikishi va kaysi tovarlar xaridorlarga ma’qul kelishi xakida bir xil fikrga kelish kiyin buladi;
- xar bir firma uzining texnologiyasini, tovar turini va maxsulotni tarkatishga bulgan strategik yondoshuvini iste’molchilarga tan oldirishga xarakat kiladi;
- ishlab chikarish xajmlarining usishi bilan tajribaning egri chizigi samarasi ishlab chikarish xarajatlarini sezilarli darajada pasaytiradi;
- firmalar uz rakobatchilari xakidagi ma’lumotlarni etishmasligini doim xis kiladilar;
- kup xollarda firmalarda xom ashyo va materiallar bilan ta’minlaydigan ishonchli ta’minotchilarni kidirish muammolari yuzaga keladi;
- juda kup kompaniyalar pul mablaglarini etishmasligini xis kiladilar va rakib firmalarga kushilib ketadilar yoki ularni sotib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |