Mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish muammolari
Aholi farovonligini oshirishda aholining turmush darajasi va daromadlar, hamda ularni avlat tomonidan tartibga solish muammolari
Download 172.69 Kb.
|
мехнат иктисодиёти
9.Aholi farovonligini oshirishda aholining turmush darajasi va daromadlar, hamda ularni avlat tomonidan tartibga solish muammolari.
Aholining farovonlik darajasini ifodalash uchun "turmush darajasi", "xalq farovonligi", "turmush faoliyati xavfsizligi", "turmush tarzi", "mehnat faoliyati sifati", "turmush sifati" kabi turli xil tushunchalar qo‘llaniladi. Ba’zan turli atamalar bir mazmunni anglatsa, boshqa hollarda ular o‘rtasidagi farq muayyan xarakter kasb etadi, mazmuni sezilarli darajada farq qiladi. Shu bilan birga, mazkur tushunchalarning o‘zaro bog‘liqligini qayd etish lozim. O‘zbekistonda aholining moddiy, ma’naviy, ijtimoiy ehtiyojlari qondirilish darajasini ifodalaydigan "turmush darajasi" atamasi kengroq qo‘llaniladi. Bunday tavsif ko‘proq turmush darajasi statistikasini xarakterlaydi. Shu bilan birga turmush darajasi - ko‘plab omillar yig‘indisi ta’sirida bo‘lgan o‘zgaruvchan jarayondir. Turmush darajasi muntazam o‘zgarib turadigan turli ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan, ehtiyojni qondirish imkoniyatlari, tovarlar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi bilan belgilanadi. Ammo ish haqi miqdori ham, turmush darajasi ham ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari samaradorligining ko‘lami, ilmiy-texnik taraqqiyot darajasi, aholining madaniy-ma’rifiy saviyasi va tarkibi, milliy xususiyatlar, siyosiy hokimiyatga bog‘liq. 70-80-yillarda "turmush tarzi" tushunchasi keng qo‘llanilgan. Bunda hayot faoliyatining sifat ko‘rsatkichlari "turmush tarzi", miqdor ko‘rsatkichlari esa "turmush darajasi" bilan ifodalangan. Shuningdek, aholining turmush darajasini xarakterlovchi boshqa atamalar va tushunchalar mavjud. Turmush darajasining eng mufassal talqini quyidagicha: turmush darajasi - bu jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni qoniqtirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy–iqtisodiy kategoriyadir. Bunday talqin turmush darajasining sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini yanada to‘liqroq ifodalashga imkon yaratadi. Turmush darajasi inson (aholi) hayot faoliyatining ma’lum bir qirrasi to‘g‘risida tasavvur beradigan ko‘rsatkichlar tizimi bilan belgilanadi. Turmush darajasi to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish uchun aholi daromadlari va ehtiyojlari, iste’mol darajasi va tarkibi, uy-joy, mol-mulk, madaniy-maishiy buyumlar va boshqalar bilan ta’minlanganlik darajasini chuqur o‘rganish lozim. Ko‘rsatkichlar alohida belgilar bo‘yicha quyidagi turkumlarga ajratiladi: umumiy va xususiy; iqtisodiy va ijtimoiy-demografik; ob’ektiv va sub’ektiv; qiymat va natural; miqdor va sifat; iste’mol proportsiyasi va tarkibi ko‘rsatkichlarlari; statistik ko‘rsatkichlar va boshqalar. Turmush darajasi ko‘rsatkichlari umumiy va xususiy turlarga ajratiladi. Umumiy ko‘rsatkichlarga 1)milliy daromad; 2)iste’mol fondi (iqtisodiyot tarmoqlarining bevosita iste’molga yo‘naltirilgan mahsulotlari); 3)milliy boyliklar iste’mol fondi (to‘plangan iste’mol mulklari – turar joylar, madaniy-maishiy binolar, buyumlar) kabilarning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ulushi kiritiladi. Bu ko‘rsatkichlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining umumiy darajasini ifodalaydi. Xususiy ko‘rsatkichlardan 1)iste’mol darajasi va usullari; 2)mehnat sharoitlari; 3)turar joy ta’minoti va maishiy qulayliklar; 4)ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish darajasi; 5)bolalarni tarbiyalash sharoitlari; 6)ijtimoiy ta’minot va boshqalarni keltirib o‘tish mumkin. Mazkur ko‘rsatkichlar ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘liq, ammo aholi (mexnatkashlar)ning ma’lum guruhlari, hudud va boshqalar bo‘yicha aniqlashtirilgan. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar inson va jamiyat hayotining iqtisodiy jihatlarini, ehtiyojni qondirishning iqtisodiy imkoniyatlarini ifodalaydi. Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti va har bir insonning farovonligi (nominal va haqiqiy daromadlar, ish bilan bandlik va boshqalar) darajasini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar iqtisodiy ko‘rsatkichlar sirasiga kiritiladi. Bu ko‘rsatkichlar ishchi kuchini (aholini) takror ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uning iqtisodiy asoslarini ochib beradi. Bu, ayniqsa, aholi daromadlari salmog‘i va ularni differentsiatsiyalashda yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy-demografik ko‘rsatkichlar aholining yoshi, jinsi, kasbiy-malakaviy tarkibini, ishchi kuchini jismoniy takror ishlab chiqarishni ifodalaydi. Ular ijtimoiy ko‘rsatkichlarda o‘z aksini topadi va ijtimoiy soha, umuman, iqtisodiyot taraqqiyoti bilan mustahkam aloqada. Bu omillar aholishunoslikning tabiiy asoslari, ya’ni aholi, uning ayrim guruhlari sonining o‘zgarishi, umr ko‘rish davri haqida tasavvur hosil qiladi. Ko‘rsatkichlarning ob’ektiv va sub’ektiv turlarga bo‘linishi insonlar hayot faoliyatidagi o‘zgarishlarni asoslash zarurati bilan izohlanadi. Ob’ektiv ko‘rsatkichlar ob’ektiv (iqtisodiy, texnik va hokazo) bazaga ega bo‘lsa, sub’ektiv ko‘rsatkichlar aholi guruhlari yoki alohida shaxslarning mehnat, oilaviy munosabatlar, daromadlar, ish, turmush tarzi va shu kabilardan qoniqishi bo‘yicha hisobga olinadi. Qiymat va natural ko‘rsatkichlar. Qiymat ko‘rsatkichlari barcha daromad ko‘rsatkichlari va pul ko‘rinishidagi boshqa ko‘rsatkichlar (tovar aylanishi, xizmatlar, tashishlar, pul jamg‘armalari va qo‘yilmalari va hokazolarning hajmi)ni o‘z ichiga oladi. Natural ko‘rsatkichlar natural birliklarda (dona, kv.m., kub m. va hokazolar) o‘lchanadigan muayyan moddiy ne’matlar va xizmatlar - oziq-ovqat mahsulotlari, energiya iste’moli, mol-mulk, turar joylar, madaniy-maishiy tovarlar ta’minotining hajmini ifodalaydi. Turmush darajasini ifodalashda miqdor va sifat ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Miqdor ko‘rsatkichlari muayyan moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’mol hajmini aniqlaydi. Sifat ko‘rsatkichlari esa aholi farovonligini sifat jihatdan baholash imkonini beradi. Ular moddiy ne’matlar, xizmatlar iste’mol tarkibi, ovqatlanish, ma’lumot, malaka, uzoq muddatga muljallangan ijtimoiy-maishiy buyumlar bilan ta’minlanganlik darajasi kabilarni o‘z ichiga oladi. Aholi farovonligi proportsiyasi va taqsimot tarkibining (aholi qatlamlarini daromadlar bo‘yicha taqsimlanishi, daromadlar va iste’molni kontsentratsiyalash hamda differentsiatsiyalash ko‘rsatkichlari va boshqalar) ifodalovchi ko‘rsatkichlarni mustaqil ko‘rsatkichlar sifatida ajratib ko‘rsatish mumkin. Statistik ko‘rsatkichlar. Statistik ko‘rsatkichlar turmush darajasi ko‘rsatkichlari tizimida muhim o‘rin tutadi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida ilgari qabul qilingan tasnifdan foydalanish deyarli mumkin emas, chunki sho‘rolar davrida tarkib topgan 280dan ortiq ko‘rsatkichni baholash juda murakkab va shu bilan birga so‘nggi yillarda ijtimoiy taraqqiyotning yunalishlari, hisob yuritish va hisobot amaliyoti tub o‘zgarishlarga yuz tutdi va mamlakatda milliy manfaatlarni himoya qiluvchi iqtisodiy omillar muhim o‘rin tutadi. Hozirgi paytda yuzaga kelgan sharoitlarni hisobga olib, bozor iqtisodi sharoitlariga muvofiqlashtirilgan quyidagi yangi ko‘rsatkichlar tizimi taklif etiladi: 1) umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar (ichki yalpi mahsulot, iste’mol fondi, turmush qiymati iideksi va boshqalar); 2) aholi daromadlari; 3) aholi iste’moli va xarajatlari; 4) aholining pul jamg‘armalari; 5) jamg‘arilgan mol-mulklar va turar joylar; 6) aholining ijtimoiy tabaqalanishi; 7) aholining kam ta’minlangan tabaqalari. Bu tizim ham kamchiliklardan butunlay xoli bo‘lmasada, u sho‘rolar davrida foydalanilgan tasnifga qaraganda ixcham, hisob yuritish uchun qulay va turmush darajasining asosiy ko‘rsatkichlarini aks ettiradi. Aholi ehtiyojlari va turmush darajasiga ta’sir etuvchi omillar Iqtisodiyotda bir-biriga bog‘liq bo‘lgan munosabatlar borki, ularni hal qilmasdan mamlakatning farovonligini oshirish mumkin emas. Shular qatorida: aholi daromadlarining pasayishi; ishsizlikning paydo bo‘lishi; inflyatsiya va hokazo. Hozirgi davrda O‘zbekistonda korxonalarning aksariyat qismi davlat tasarrufidan chiqarilgan. Lekin asosiy daromad keltiruvchi manbalar davlat qo‘lida. Murakkab va ko‘p xarajatlar talab qiladigan tadbirlarni amalga oshirish uchun davlat sektorining ahamiyati kuchaya boradi. Soliq tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, daromadi ko‘p bo‘lgan korxonalardan yuqori soliq undirilib, kam rivojlanayotgan sohalarni oyoqqa turg‘azish zarurati paydo bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning O‘zbekiston modeliga muvofiq ichki bozorda tovarlar narxi va xizmatlar tarixi boshqa hamdo‘stlik mamlakatlaridagi singari birdaniga erkinlashtirilmadi, bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Birinchi bosqich 1991 yilning ikkinchi yarmidan 1994 yil iyul oyigacha, ya’ni milliy valyuta kiritilgunga qadar, yumshoq pul-kredit va byudjet siyosati zaminida daromadni shakllash sohasida liberal siyosat amalga oshirilgan davrni o‘z ichiga oladi.Daromadlar siyosati nuqtai nazaridan birinchi-bosqich quyidagi asosiy xususiyatlar bilan belgilanadi: aholi pul daromadlari ustidan zaif nazorat; aholi yalpi daromadlarida iste’mol subsidiyalarining salmoqli vazni; fuqarolar tomorqa maydonlarining kengayishi hisobiga aholi natural daromadlari yangi manbalarining shakllanishi; norentabel ishlab chiqarish sohalarida band bo‘lganlarni «avaylab» olib chiqish hisobiga rasmiy ishsizlik darajasini sekin o‘sish hamda «Bankrotlik to‘g‘risida» qabul qilingan Qonunning samarali ta’sir o‘tkazmasligi. Ikkinchi bosqichda – 1994-1996 yillar mobaynida, qat’iyroq pul-kredit va byudjet siyosati qo‘llanila boshlaganida, daromadlar siyosati ham o‘zgarishlarga duch keldi. Daromadlar siyosatining mazkur bosqichini izchil o‘tkazish natijasida 1996 yilga kelib quyidagilarga erishildi: aholi pul va yalpi daromadlarining o‘sishi boshlandi; daromad shakllanishi manbalari tarkibida ishbilarmonlik faoliyati, mulkchilik, shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish va boshqa daromadlar ulushi ko‘tarildi. Ishlab chiqarishning pasayishi, amalga oshirilayotgan ishlab chiqarishni qayta shakllantirish, yashirin ishsizlikning o‘sishi aholi qo‘lidagi real daromadlarga ta’sir etdi va ular 1991-1995 yillar mobaynida amalda ikki baravarga pasaydi. Ayniqsa real daromadlarining pasayishi byudjet hisobidan yashayotgan aholida namoyon bo‘ldi. Chunki byudjet sohasida sobit daromadlariga soliq solish osonroq bo‘lib, yangidan paydo bo‘layotgan xususiy sektorda odamlar ish haqiga soliq solish qiyinroq ko‘chadi. Shuning uchun soliqning asosiy og‘irligi aholining sobit daromadli qatlamlariga tushadi. Ayni paytda xilma-xil ishbilarmonlik faoliyati turlaridan olinadigan daromadlar o‘sdi hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotishdan olingan foyda ko‘paydi. Aholi daromadlarining ortishi ish bilan bandlik oshishiga olib keldi. Masalan, hozirgi kunga kelib aholi ish bilan bandligining mintaqaviy dasturlari asosida qishloq joylarda yashovchilarning Aholining tadbirkorlik va xususiy mehnat faoliyati sohasida ishlashdan olayotgan daromadlari ortayotganligi tamoyiliga ijobiy baho bergan holda, ish haqining rag‘batlantiruvchilik roli pasayib borayotganligi tamoyilini ham qayd qilish kerak. Bu esa aholini soliqqa tortilishdan bekitiqcha ikkinchi va uchinchi daromad manbalarini qidirib topishga undaydi. Bundan tashqari, ish haqining unumsiz darajasi ishlab chiqaruvchilar mehnatini, ijodiy mehnatni rag‘batlantirmaydi va uning sifati tobora pastlashiga olib keladi. Ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasida o‘rtacha ish haqi darajasining pastligi ayniqsa tashvishlanarlidir, zero bu hol ta’lim muassasalarida o‘qitish-o‘rgatishning va davlat shifoxonalarida davolash sifatining pastligiga sabab bo‘ladi. Aholi daromadlari - bu aholi yoki uning oila a’zolari tomonidan ma’lum davr ichida olingan yoki ishlab chiqarilgan pul va natural mablag‘lar yig‘indisidir. Inson hayotida aholining talab-ehtiyojlar darajasi va tarkibi daromadlarning bevosita miqdoriga bog‘liqdir. Daromadlar darajasini tahlil etish, o‘lchash va taxmin qilish uchun daromadlarning har-xil turlari va ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Ana shuning uchun ham ulardan eng ko‘p tarqalgan turlarini ko‘rib chiqishimiz zarur. Daromadlar pul va natural shakllari.Aholining pul daromadlari mehnatkashlar uchun ish haqi hisobidagi barcha pul mablag‘lari tushumi; pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar; mulkdan foiz, dividendlar, renta ko‘rinishidagi daromadlar; aktsiyalar, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, chorva hayvonlari, tomarqa xo‘jaligi mahsulotlari, turli buyumlar va boshqa tovarlarni sotishdan tushadigan pul tushumlari, turli xizmatlar ko‘rsatish uchun haqlar va hokazolardan tashkil topadi. Aholining natural daromadlari - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining barcha tushumlari: dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik mahsulotlari, bog‘-qo‘rg‘on, sabzavot-poliz ekinlari uchastkasi, shaxsiy tomorqa, tabiat in’omlaridan shaxsiy, oilaviy ehtiyojlar uchun tayyorlanadigan mahsulotlar kabi tushumlardan iborat. Pul va natural daromadlarning nisbati tez-tez o‘zgarib turadi, ammo pul shakli ko‘proq tarqalgan. Odatda, aholining kambag‘al qatlamlarida natural daromadlar hissasi yuqori bo‘ladi. Iqtisodiy vaziyat yomonlashgan davrda natural daromadlar salmog‘i oshib ketadi, jamoa xo‘jaliklari dehqonlarida natural daromadlar hissasi sanoat ishchilari natural daromadlari hissasiga nisbatan doimo yuqori bo‘ladi, buni byudjet tadqiqotlari ham tasdiqlaydi. Daromadlarning bir qismi moddiy farovonlikni ta’minlashga, boshqa qismi xizmatlardan foydalanish uchun sarflanadi. Ehtiyojlar tarkibiga pul daromadlarining oshishigina emas, balki aholi tarkibining o‘zgarishi, uning ilmiy-madaniy saviyasi o‘sishi ham ta’sir etadi. Daromadlarni nominal, ixtiyordagi va real daromadlarga ajratiladi. Nominal daromadlar soliq, narxlarni hisobga olmagan holdagi pul daromadlari miqdorini tavsiflaydi. Ixtiyordagi daromadlar - bu soliq va boshqa majburiy to‘lovlar hisobdan chiqarilgandan keyin qolgan nominal daromadlardir. Demak, ular aholining jamg‘arish va ehtiyojlarni qondirish uchun foydalanadigan mablag‘larini o‘z ichiga oladi. Ish haqi, tadbirkorlik daromadlari, ijtimoiy transfertlar va boshqalar pul daromadlarining asosiy manbalaridir. Ko‘p yillar davomida ish haqi sifatida olingan daromadlar aholi daromadlarining asosiy manbasi vazifasini o‘tagan. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida daromadlar salmog‘ida ish haqining ulushi kamaydi va 1999 yilda 28,0 foizni tashkil etdi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda mehnatga yarasha haq to‘lash tamoyili buzilishining ob’ektiv sabablari mavjud, jumladan, ishlab chiqarish hajmining qisqarishi va daromadlar yangi manbalarining paydo bo‘lishi (tadbirkorlik faoliyatidan va mulkdan olinadigan daromadlar). Bu qisqarish ijtimoiy transfertlar sifatida shakllanadigan daromadlar manbai bo‘lgan ijtimoiy fondlarga mablag‘ ajratilishining kamayishiga olib keladi. Nominal (ya’ni belgilangan) va real ish haqlarini ajratish lozim. Nominal ish haqi soliq va majburiy to‘lovlar chegirilmagan ish haqi yig‘indisidir. Ixtiyordagi ish haqi – bu, daromad solig‘i va pensiya fondiga majburiy ajratmalar hisobdan chiqarib tashlangandan keyin qolgan ish haqi yig‘indisidir. Real ish haqi – bu, soliq, narxlar va tariflarning o‘zgarishini hisobga olgan holdagi nominal ish haqi, ya’ni nominal ish haqi hisobiga olish mumkin bo‘lgan real moddiy boyliklardir. Masalan, nominal ish haqining 20 foizga, narxlarning esa 15 foizga o‘sishi (soliqlar o‘zgarmagan takdirda) Real ish haqining 4,3 foizga o‘sishiga olib kelishi mumkin Aholining turmush darajasini quyidagi to‘rt ko‘rsatkich bilan ajratish mumkin: - to‘q turmush darajasi - insonning har tomonlama kamol topishini ta’minlaydigan ne’matlardan foydalanish; - normal daraja - insonning jismoniy va aqliy kuch-quvvatini to‘la tiklash uchun qulay sharoitlarni ta’minlaydigan ilmiy asoslangan me’yorlar bo‘yicha oqilona iste’mol qilish; - kambag‘allik - mehnat uchun resurslarni qayta yaratishning quyi chegarasi sifatidagi ish qobiliyatini saqlash darajasida ne’matlarni iste’mol qilish; - qashshoqlik - iste’mol qilinishi insonning yashash qobiliyatini saqlash imkoniyatinigina beradigan ne’matlar va xizmatlarning biologik mezonlar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan minimal turlarini iste’mol qilish. Turmush darajasi indeksini hisoblash uchun turmush darajasining quyidagi komponentlarining jon boshiga to‘g‘ri keladigan indeksi aniqlanadi: ovqatlanish (to‘yimliligi va oqsillarga boyligi bo‘yicha), uy mulklari fondi (solishtirma narxlarda), uy-joy (qulayliklarni qo‘shgandagi maydoni), salomatlik va sog‘liqni saqlash (umr ko‘rish davri dinamikasi, o‘lim darajasi, sog‘liqni saqlash uchun xarajatlar bo‘yicha), ta’lim va madaniyat (ma’lumot olish o‘rinlari, ta’lim va madaniyat uchun ajratiladigan xarajatlar bo‘yicha), aholiga xizmat ko‘rsatish (solishtirma narxlarda) va hokazo. So‘ng oila byudjetlari statistikasi bo‘yicha ehtiyojlarning elastiklik koeffitsienti aniqlanadi. Elastiklikka teskari kattalik turmush darajasining berilgan komponenti bo‘yicha ehtiyojlarning nisbiy qat’iyligining o‘lchovi sifatida qabul qilinadi. Shundan keyin har bir komponent uchun ehtiyojlarning umumiy salmog‘ida berilgan ehtiyojning ulushini ko‘rsatuvchi koeffitsient topiladi. Turmush darajasini yaxshilashning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri umr ko‘rishda davomiyligidir. Ta’kidlash joizki, barcha ko‘rsatkichlar va ularning tasniflari o‘rtasida mustahkam aloqa mavjud. Turmush darajasining o‘zgarishi turli omillar ta’sirida yuz beradi, ularni oqilona boshqarish aholining turmush darajasini tartibga solib borish imkonini beradi. Yuqorida ta’kidlanganidek, turmush darajasi turli sabablarga bog‘liq bo‘lgan ko‘pqirrali hodisadir. Har bir insonning turmush darajasi havo va suv muhiti, uy-joy, maishiy va ishlab chiqarish sharoitlari, iste’mol tovarlarining sifati va hajmidan boshlab, to umumiy ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik vaziyat, shuningdek siyosiy institutlarning ahvoligacha bo‘lgan qator tabiiy va ijtimoiy omillar bilan belgilanadi. Ularning eng diqqatga sazovorlari – siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy soha va fan-texnik taraqqiyot, shuningdek ekologiyaga (atrof-muhitga) ta’sir etuvchi omillardir. Omillarning ta’siri tabiiy-iqlimiy sharoitlar va zaxiralarning (inson, mehnat, ishlab chiqarish, moliyaviy, axborot, ma’naviy zaxiralar) mavjudligiga (yo‘qligiga) qarab kuchayishi (susayishi) mumkin. Ammo bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa mavjud emas. Masalan, Yaponiya, Shveytsariya kabi davlatlarda tabiiy zaxiralarning kam bo‘lishiga qaramay, ular eng boy davlatlardan sanaladi. Farovonlikning yuqori darajasi aholisi ko‘p bo‘lgan davlatlar (AQSh, Germaniya, Yaponiya) bilan bir qatorda kam aholili davlatlarda ham (Lyuksemburg, Finlyandiya, Shveytsariya) kuzatiladi. Pokiston, Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston kabi davlatlarning iqlimi deyarli bir-biriga yaqin bo‘lsa-da, ulardagi aholining turmush darajasi bir-biridan tubdan farq qiladi. Aholining ma’lumot darajasi, kasbiy darajasi yuqoriligi, iqtisodiy faolligi, tadbirkorligi, ijtimoiy munosabatlarni mamlakatda turmush darajasi yuqori bo‘lishini ta’minlovchi sabablar sifatida ta’kidlanadi. Masalan, Yaponiya erishgan iqtisodiy taraqqiyot, birinchi navbatda, ta’lim tizimi, millatning mehnatsevarligi, faolligi, korxonalarda mehnatning oqilona tashkil etilishi bilan bog‘lanadi. Download 172.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling