Mehnat ta’limini o`qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kirish


Download 1.04 Mb.
bet61/85
Sana10.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1761811
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   85
Bog'liq
Limi vazirligi toshkent shahar xalq ta`limi xodimlarini qayta ta

«YO’NALTIRUVCHI MATN» metodi
Yo’naltiruvchi matn-o’quvchilar mustaqil ravishda yo’naltiruvchi savollar yordamida ma’lumot yig’ish, rejalashtirish, amalga oshirish vazifalarini bajaradigan metoddir.
«Yo’naltiruvchi matn» metodi loyihalash metodi bilan chambarchas bog’liqdir. Ushbu ikki metodni bir-biridan quyidagi nuqtai nazar bo’yicha farqlash mumkin:

  • «Yo’naltiruvchi matn» metodi o’quvchilarning mustaqil o’rganishiga qaratilgan;

  • «Loyihalash» metodi esa o’quvchilarning mustaqil o’rganishidan tashqari, ehtiborni kasb o’rganishda kerak bo’ladigan shaxsiy qobiliyatlar va ko’nikmalarni takomillashtirishga qaratilgan.

«Yo’naltiruvchi matn» metodidan o’quv amaliyot darslarida foydalaniladi. Ushbu metodni o’tkazish bosqichlari loyihalash metodining bosqichlari bilan bir-xildir. Ma’lumot yig’ish, rejalashtirish, amalga oshirish va tekshirish bosqichlarida o’quvchi mustaqil ishlaydilar. Haror qabul qilish va xulosa qilish bosqichlarida o’quvchi va o’qituvchi orasida «qaytar aloqa» o’rnatilib, birgalikda muhokama qiladilar. O’quvchilarga boshlang’ich bosqichlarda o’qituvchi tomonidan tuzilgan yozma hujjatlar beriladi. Bunday hujjatlarga texnik chizmalar, jadvallar, yo’naltiruvchi savollar, tarqatma materiallar, topshiriqlar varaqasi, baholash varaqasi va boshqalar kiradi.
«Yo’naltiruvchi matn» metodining afzalliklari:

  • O’quvchilarning ko’nikma va malakalarining shakllanishiga olib keladi;

  • O’quvchilarning mustaqil o’rganish ko’nikmalarini shakllantiradi;

  • O’quvchilarda muloqot qilish, o’z natijalarini o’zi tekshirish ko’nikmalarini rivojlantiradi;

  • O’quvchilarda ish-harakatlarni rejalashtirish, mustaqil qaror qabul qilish kabi ko’nikmalarini rivojlantiradi.



«Yo’naltiruvchi matn» metodining kamchiliklari:

  • Tanlangan mavzu o’quvchining bilim darajasiga mos kelishi talab etiladi;

  • O’qituvchidan katta tayyorgarlik ko’rish talab etiladi.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling