«Rolli o’yin» metodining afzallik tomonlari:
O’quv jarayonida o’quvchilarda motivatsiya (qiziqish)ni shakllantirishga yordam beradi;
O’quvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi;
Nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olishni o’rgatadi;
O’quvchilarda berilgan vaziyatni tahlil qilish malakasi shakllanadi.
«Rolli o’yin» metodining kamchilik tomonlari:
Ko’p vaqt talab etiladi;
O’qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi;
O’quvchilarning o’yinga tayyorgarligi turlicha bo’lishi mumkin;
Barcha o’quvchilarga rollar taqsimlanmay qolishi mumkin.
Syujetli-rolli o’yinlar
O’quvchilarning ijodiy fikrlashi, mustaqil bilim egalash ko’nikmalarini rivojlantirish va o’zlarida mujassamlashgan bilim,ko’nikma va malakalarini yangi vaziyatlarda qullash orqali yangi bilimlarni uzlashtirishda syujetli-rolli o’yinlar mo’him rolg’ o’ynaydi.
Ko’ndalik hayotdagi ijtimoiy munosibatlarni, tabiyat va tabiiy hodisalarning o’rtasidagi aloqalarni badiiy ko’rinish tarzda yoritish asosida vujidga keltirilgan muommalarni hamkorlikda, bosqichma-bosqich hal etish jarayonida yangi bilimlarni egallashga qaratilgan didaktik o’yinlarni syujetli-rolli o’yinlar deb atash lozim. Bunday syujetli-rolli o’yinlar jamiyatdan yoki tabiatdan olinadi.
Ijodiy o’yinlar
O’quvchilarning ijodiy izlanishi, mustaqilligi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda, qo’shimcha bilim olishga bo’lgan extiyojlarini qondirishda ijodiy o’yinlar mo’him rolg’ o’ynaydi.
Ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muommali vaziyatlarni o’quvchilar guruhining o’zaro hamkorlikda avval o’zlashtirilgan bilim,ko’nikma va malakalarini ijodiy izlanishi va qo’llanishi orqali hal etishga zamin tayyorlaydigan didaktik o’yinlarni ijodiy o’yinlar deb atash lozim.
TESTLAR:
1. “Aqliy hujum” metodini birinchi marta kim va qachon qo’llagan?
a) 1939 yil Bespalko
b) *1939 yilda A. F. Osborn.
c) 1940 yil Selevko
d) 1892 yilda Dj. Dyui
Do'stlaringiz bilan baham: |