Mehnat ta’limini o`qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kirish
Download 1.04 Mb.
|
Limi vazirligi toshkent shahar xalq ta`limi xodimlarini qayta ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Argumentlash
- Chaparasta savollar
- «Rolli o’yin» metodining bosqichlari
Tasdiqlovchi tomon spikerlari hakamlarni o’z nuqtai-nazarlarining to’g’riligiga ishontirishga harakat qiladi (Masalan, Buyuk geografik kashfiyotlar mustamlakachilik urushlarining kelib chiqishidagi asosiy sababdir).
Inkor etuvchi tomon spikerlari tasdiqlovchi tomon nuqtai nazarining noto’g’ri ekanligiga hakamlarni ishontirishga harakat qilishi kerak (Mustamlakachilik urushlarining asosiy sababi geografik kashfiyotlar emas, balki dunyoda hukmronlikka intilish g’oyasidir yoki geografik kashfiyotlarsiz ham mustamlakachilik urushlari bor edi). Argumentlash. Argumentlash orqali har ikkala tomon hakamlarni o’z nuqtai nazari to’g’ri ekanligiga ishontirish kerak. Argumentlar sust yoki kuchli, ishonarli bo’lishi mumkin. Shuningdek, debat ishtirokchilari o’z nuqtai nazarlarini mustahkamlovchi dalillarni (tsitatalar, faktlarni, statistik ma’lumotlarni) taqdim qilishlari lozim. Chaparasta savollar. Ko’pchilik debatlarda har bir ishtirokchiga opponent jamoa spikerining savollariga javob berish imkoniyati beriladi. Bir jamoa spikerining savoli va boshqa jamoa spikerining javobi raundi «chaparasta savolga tutish» deyiladi. «ROLLI O’YIN» metodi Maqsad: «Rolli o’yin» metodi haqida o’qituvchilarda bilim va ko’nikmalarini shakllantirish. Kutilayotgan natija: «Rolli o’yin» metodini dars jarayonida qo’llay oladi. Rolli o’yin-o’quvchilar tomonidan hayotiy vaziyatning har xil shart-sharoitlarini sahnalashtirish orqali ko’rsatib beruvchi metoddir. Rolli o’yinlarning ishbop o’yinlardan farqli tomoni baholashning olib borilmasligidadir. Rolli o’yinda ham ishbop o’yin kabi muammoni yechish bo’yicha ishtirokchilarning birgalikda faol ish olib borishlari yo’lga qo’yilgan. Rolli o’yinlar o’quvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi. «Rolli o’yin» metodining bosqichlari: O’qituvchi mavzu bo’yicha o’yinning maqsad va natijalarini belgilaydi hamda rolli o’yin stsenariysini ishlab chiqadi. O’yinning maqsad va vazifalari tushuntiriladi. O’yinning maqsadidan kelib chiqib rollarni taqsimlaydi. O’quvchilar o’z rollarini ijro etadilar. Boshqa o’quvchilar ularni kuzatib turadilar. O’yin yakunida o’quvchilardan ular ijro etgan rolni yana qanday ijro etish mumkinligini izohlashga imkoniyat beriladi. Kuzatuvchi bo’lgan o’quvchilar o’z yakuniy mulohazalarini bildiradilar va o’yinga xulosa qilinadi. «Rolli o’yin» metodida o’qituvchi o’quvchilar haqida oldindan ma’lumotga ega bo’lishi lozim. Chunki rollarni o’ynashda har bir o’quvchining individual xarakteri, xulq-atvori muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlangan mavzular o’quvchilarning o’zlashtirish darajasiga mos kelishi kerak. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling