3. Loyihani MS Power Point da taqdimotga tayyorlash bo`yicha yo`riqnoma
1. MS Power Point da taqdimotga tayyorlash jarayoni quyidagilardan iborat:
taqdimot turini tanlash;
taqdimotni umumiy rasmiylashtirishni tanlash;
slaydlarning mazmunli tomonlarini tanlash;
yangi slaydlarni qo`shish;
slaydlarni belgilashni tanlash;
zarur bo`lganda slaydlarni rasmiylashtirishni o`zgartirish;
slaydlarni namoyish etish vaqtida turli ovozli animatsiyalarni yaratish.
2. Slaydlarni texnik namoyish etish quyidagi tavsiflarga javob berishi kerak:
Slaydlar miqdori (8-12).
Slaydlarning mazmunli ko`rsatkichlari:
birinchi slayd: loyiha nomi, muallif familiyasi, -o`quv guruhi, yaratilgan kunidan iborat;
oxirgi slayd axborot manbasiga bag`ishlangan;
boshqa slaydlar loyiha mazmunini ixtiyoriy shaklda aks ettiradi.
Slaydlar o`z-o`zidan ishlash tartibida namoyish ettiriladi.
3. Taqdimotni rasmiylashtirish qoidasi
Agar matn og`zaki bo`lsa, quyidagicha bo`lishi zarur:
yuqori axborotli;
bog`lovchili;
aniq va qisqa;
oddiy sintaktikli (...quyidagilarga e’tibor bering, quyida taqdim etilayotgan... ro`yxatlar kabi aylantiruvchi kirish so`zlari kamroq bo`lishi)- bularning barchasini ma’ruzachini o`zi gapirishi mumkin. Oddiy tuzilgan gaplar o`rni bilan tanishtiradi va yozuvni kattaroq qilishga imkon beradi;
(asosan termin va ta’riflarda) tushunarli, mantiqiy, aniq bo`lishi zarur. Ommaga taqdim etish oldin matnni tekshirishga erinmang.
Ovoz tiniq bo`lishi kerak. Taqdimotni ovozli qilish kerak emas, bunda sharhlovchining ovozini eshitib bo`lmaydi, eng yaxshisi ma’ruzachining jonli ovozi hisoblanadi.
Rasmlar aniq va yetarlicha kattaroq bo`lishi zarur. Rasmlarning o`lchamini katta qilishga urinmang, faqatgina Siz sifatni yo`qotasiz.
Videotasmalar taqdimot oynasining uch qismini egallashi zarur. Rasmlar namoyishli bo`lishi kerak. Bezaklar chalg`itishi mumkin.
Jadvallarda ajratuvchi ma’lumotlar aniq ko`rsatilishi, jadvallarning nomlanishi tagiga katta yozuvlarda berilishi zarur. Jadvallarni haddan ziyod ma’lumotlar bilan to`ldirish kerak emas! Jadvalga qancha ko`p ma’lumot kiritilsa, ularni ekrandan qabul qilish qiyin bo`ladi. Taqdimot boshlashdan avval auditoriyada o`tirganlarga jadval va rasm nusxalaridan tarqatish zarur.
Chizmalar bir bo`limdan boshqa bo`limga aniq va mantiqiy ravishda o`tishga moslashtirilishi kerak. O`tish chiziqlari ekranda yaxshi ko`rinishini tekshiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |