Mehnat ta’limini o`qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kirish


-mavzu: Bilimlarni nazorat qilish va baholashning innovatsion metdolarni loyihalshtirish


Download 1.04 Mb.
bet74/85
Sana10.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1761811
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   85
Bog'liq
Limi vazirligi toshkent shahar xalq ta`limi xodimlarini qayta ta

17-mavzu: Bilimlarni nazorat qilish va baholashning innovatsion metdolarni loyihalshtirish.


REJA:

  1. Baholash.

  2. Baholashning mohiyati, shakllari, tamoyillari

  3. Mezonga asoslangan baholash

Biz baho va baholash bo’yicha yetarli tushunchaga egamiz, nazarimizda. Xo’sh, baholash nima? Mutaxassislarning fikricha, baholash ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o’quv maqsadlariga erishganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o’lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.


Baholash axborot vositasi bo’lib, o’quvchining rivojlanish surhati va o’quv dasturini moslashtirish uchun ushbu axborotdan foydalanish lozim. Baholash – axborot jamlash va biror narsaning qadriyatlari haqida fikr-mulohaza yuritishdan iborat tizimli jarayon.
Ta’lim jarayonida nazorat natijalarini o’lchab borish, bilim, ko’nikma va malakalarni baholash o’quvchining o’zligini anglashi uchun bir imkoniyatdir. Baholashning maqsadi – o’quvchi nimani bilishi va nimani bila olishini aniqlash. Uning bilimidagi bo’shliqlarni oshkor etib, ularni bartaraf etish, o’quvchini rivojlantirish.
Ta’lim oluvchilar tomonidan o’quv materiali o’zlashtirilganligi, ko’nikma va malakalar hosil bo’lganligini tekshirish va baholash ta’lim jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat o’qitish natijalarini nazorat qilish emas, balki o’quv jarayonining turli bosqichlarida ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir.
Bilimlarni tekshirish va baholashning ta’limiy ahamiyati shundan iboratki, bunda o’quv materialining o’zlashtirilganligi haqida ta’lim beruvchi ham, ta’lim oluvchi ham muayyan ma’lumotga ega bo’ladi. Baholash natijasida ta’lim beruvchi uchun ta’lim oluvchilarning nimani bilishi va nimani tushunmasligi, qaysi material yaxshi o’zlashtirilgan, qaysi biri hali yetarli darajada o’zlashtirilmaganligi yoki umuman o’zlashtirilmaganligi ma’lum bo’ladi. Bu ta’lim oluvchining bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Ta’lim beruvchi o’z faoliyati natijalariga tanqidiy baho beradi, o’qitish metodlariga tuzatishlar kiritadi. Shuningdek, baholash natijalari ta’lim beruvchining o’quv dasturidagi materiallarni ta’lim oluvchilarning bilish imkoniyatlari nuqtai nazaridan qayta ko’rib chiqishi va baholashi uchun ham juda muhimdir.
Bilimni nazorat qilish va baholash davlat ahamiyatiga egadir. Baholash natijalarini umumlashtirib, ta’lim muassasasi jamoasining ta’lim-tarbiya sohasidagi faoliyatiga, o’quvchilarning umumiy o’zlashtirish darajasiga baho beriladi va tegishli xulosalar chiqariladi. Davlat ta’lim standlarida davlat tomonidan qo’yilgan talablar qanday bajarilayotganligi aniqlanadi.
Natijalarni baholash orqali bir paytning o’zida butun ta’lim tizimi va uning komponentlari tekshirib ko’rilishi kerak. Bu bilan ta’lim tizimida kutilayotgan natijaga erishilayotganlik darajasi o’lchanadi. Bilimlarni muntazam baholab borish ta’lim rejasi, uning katta-kichik bo’limlari asosida amalga oshiriladi.
Ruhshunoslarning fikricha, hozirgi kunda mavjud bo’lgan baholash tizimining asosiy kamchiligi – bolaga jabr yetkazuvchi ta’siridir. O’quvchilarga baholar ehlon qilinayotganda sinfda paydo bo’ladigan sukunat bizga juda tanish. Barcha o’qituvchilar bahoga bo’lgan munosabatni ko’p ko’zdan kechirishgan: oshkora xursandchilik yoki achchiq ko’z yoshlarini ko’rishgan. Nima uchun baho bolaning hayotida muhim o’rin olgan? Avvalambor, u o’zini o’zi baholash, muvaffaqiyatni motivatsiyalash, xavotirlik, ruhiy sokinlik, atrofdagilar bilan o’zaro munosabat, ijod kabi tushunchalar bilan bog’liqdir.
Sir emaski, ijobiy baho o’quvchining kayfiyatini ko’tarib, bilimga bo’lgan qiziqishini, ayniqsa, o’ziga bo’lgan ishonchini orttiradi. Bu holat etnopedagogikamizda ham qayd etilgan. O’quvchi yomon baho olganda unga tanbeh berilishi uning kayfiyatini tushiradi, uning bilim olishga qiziqishi so’nadi, ishtiyoq so’ngandan keyin bahoning ahamiyati yo’qoladi.
Tajribalardan shu narsa ma’lumki, o’quvchining o’z faoliyatini o’zi baholashi, o’ziga o’zi baho qo’yishi eng adolatli, to’g’ri va istiqbolli yo’ldir. Bunday o’lchov mezoni o’quvchi bilimi sifatini monitoring asosida baholashdir.
Baholash shunday olib borilmog’i kerakki, u o’quvchining o’qishga bo’lgan qiziqishini, xohish-istaklarini, ichki his-tuyg’ularini oshirishga xizmat qilsin. O’quvchining o’ziga ishonchi ortishi o’quvchi shaxsining doimiy rivojlanishini kafolatlaydi.
O’quvchining biluv, amaliy, emotsional, axloqiy, irodaviy qobiliyatlari va xarakter qirralarini takomillashtirish maqsadida o’z ustida ongli ishlashi, o’z-o’zini o’qitishini tashkil qilish kutilgan natijani beradi. Natijalar esa, ma’lumki, baholash orqali aniqlanadi.
Tadqiqotchilar o’quvchilarni baholash bilan bog’liq bir nechta muammoni ajratadilar:
a) baho qo’yishga maslahat berishga nisbatan ko’proq ehtibor (vaqt) beriladi;
b) o’quvchilarni o’zaro qiyoslaydilar, bu esa shaxsning rivojlanishiga emas, balki raqobatning kuchayishiga olib keladi;
v) baholash BKMni shakllantirish funktsiyasini emas, ko’proq nazorat vazifasini bajaradi.
Agar baholash bilimni shakllantirish maqsadida qo’llansa, o’quvchilar o’rganish jarayonining borishi haqida ko’proq axborotga ega bo’ladilar, ta’lim jarayonida o’zlashtirmagan tushunchalarning mohiyatini anglaydilar. Bu holat esa o’zlashtirish darajasining yuksalishiga olib keladi. Shakllantiruvchi baholash insholarga yozilgan taqriz, topshiriqlarga yozma sharhlar, yakuniy baholashda hisobga olinmaydigan baholar, turli javob variantlariga ega, faqat axborot berish maqsadida tuzilgan testlardan iborat bo’lishi mumkin. Shaxsga yo’naltirilgan yondashuv ko’proq aynan shakllantiruvchi baholashdan foydalanishni taqozo etadi.
Agar sen keragidan ortiq narsani bilmasang, hech qachon yetarlicha bilmaysan.
B.Paskal

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling