Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni


Download 0.61 Mb.
bet8/13
Sana08.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1248263
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
8Mehnat iqtisodiyoti» fanining innovatsion rivojlanish sharoitlaridagi vazifalari

Karl Menger (1840-1921) – Avstriya iqtisodchisi, Avstriya iqtisodiyot maktabining asoschisi. Galitsiyadagi Ney-Sandesda (hozirgi Polshaning Novi-Sonch degan joyida) 1840 yilning 23 fevralida tug‘ilgan. Vena bilan Praganing universitetlarida ta’lim olgan, Krakov universitetida doktorlik darajasini olgan (1867), 1873 yilda Vena universitetining iqtisodiyot professori etib tayinlangan. Menger Avstriya iqtisodiyot maktabining va “o‘ta foydalilik” nazariyasining asoschisi hisoblanadi. Ushbu nazariyaga ko‘ra narx va taqsimot iste’mol tovarlarining sub’ektiv amaliy qadriga asoslanadi.

  • Karl Menger (1840-1921) – Avstriya iqtisodchisi, Avstriya iqtisodiyot maktabining asoschisi. Galitsiyadagi Ney-Sandesda (hozirgi Polshaning Novi-Sonch degan joyida) 1840 yilning 23 fevralida tug‘ilgan. Vena bilan Praganing universitetlarida ta’lim olgan, Krakov universitetida doktorlik darajasini olgan (1867), 1873 yilda Vena universitetining iqtisodiyot professori etib tayinlangan. Menger Avstriya iqtisodiyot maktabining va “o‘ta foydalilik” nazariyasining asoschisi hisoblanadi. Ushbu nazariyaga ko‘ra narx va taqsimot iste’mol tovarlarining sub’ektiv amaliy qadriga asoslanadi.
  • Uilyam Stenli Jevons (1835-1882) – ingliz iqtisodchisi va mantiqchisi. Liverpulda tug‘ilgan. London universitetining Yuniversiti-kollejida o‘qigan. 1866-1875 yillarda Manchester universitetining Ouenz kollejida mantiq, falsafa va siyosiy iqtisod professori bo‘lgan. Jevons “o‘ta foydalilik” sifatidagi qiymat nazariyasining asoschisi bo‘lgan. Jevons pulning xarid qobiliyati bilan bog‘liq masalalarni birinchi bo‘lib tadqiq qila boshlagan.
  • Leon Mari Espri Valras (1834-1910) – Shveysariya iqtisodchisi. 1870 yilda Valras Shveysariyaning Lozanna akademiyasida iqtisodiyot o‘qituvchisi o‘rnini oldi, bunda u yigirma yildan ko‘p ishladi. “Sof siyosiy iqtisod elementlari” (Elymynts d’yconomie politique pure) asari (1874-1877) Valrasning asosiy asaridir.

Bu asarida u iqtisodiyotning matematik modelini tuzgan. Shuningdek mazkur asarida u iste’molchilarning xatti-harakatlari nazariyasini ishlab chiqdi. Valrasning g‘oyalari va konsepsiyalari XX asrdagi iqtisodiy tafakkurning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

  • Bu asarida u iqtisodiyotning matematik modelini tuzgan. Shuningdek mazkur asarida u iste’molchilarning xatti-harakatlari nazariyasini ishlab chiqdi. Valrasning g‘oyalari va konsepsiyalari XX asrdagi iqtisodiy tafakkurning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
  • Fridrix Vizer (10.7.1851, Vena, - 22.7.1926, Sankt-Gilgen) – iqtisodchi, siyosiy iqtisoddagi Avstriya maktabining vakili. 1903 yildan e’tiboran Vena universitetida siyosiy iqtisod professori. K. Menger va E. Byom-Baverk bilan birgalikda o‘ta foydalilik nazariyasini ishlab chiqqan va ushbu atamani kiritgan.
  • U “yuklanganlik nazariyasi”ni yaratdi. Bu nazariyaga ko‘ra, ishlab chiqarishning mehnat, yer va kapital kabi uchta omilining har biriga ushbu omillar yaratgan mahsulot qiymatining muayyan qismi yuklangan bo‘ladi. Vizerning qarashlari burjua iqtisodiy fanida keng yoyildi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling