Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni
avval ham mavjud bo‘lgan yoki bo‘lmaganligidan qat’i nazar mazkur mamlakatning sanoat tarmog‘i hali qatnashmagan yangi sotuv bozorini o‘zlashtirish
Download 0.61 Mb.
|
8Mehnat iqtisodiyoti» fanining innovatsion rivojlanish sharoitlaridagi vazifalari
avval ham mavjud bo‘lgan yoki bo‘lmaganligidan qat’i nazar mazkur mamlakatning sanoat tarmog‘i hali qatnashmagan yangi sotuv bozorini o‘zlashtirish;
Keyns, Jon Meynard (1883-1946) – ingliz iqtisodchisi. Kembrijda 1883 yilning 5 iyunida Kembrij universiteti bosh boshqaruvchisining oilasida tug‘ilgan. Keyns Itonda o‘qidi, keyin Kembrij universitetining Kingz-kollejida ta’lim oldi, uni 1905 yilda tugalladi va universitetining iqtisodiyot fakultetida dars bera boshladi. 1920-yillarda Keyns iqtisodiy muammolarni tadqiq qilish bilan shug‘ullandi, bular uning “Pul to‘g‘risida ta’limot” (1930) va “Ish bilan bandlik, foiz va pul to‘g‘risida umumiy nazariya” ( 1936) deb nomlangan asarlarida o‘z ifodasini topdi. Keyns o‘zini-o‘zi tartibga soladigan iqtisodiyot to‘g‘risidagi konsepsiyaning behudaligini isbotlar va kreditlash, pul muomalasi va aholining ish bilan bandligi borasida amalga oshirish kerak bo‘lgan qator chora-tadbirlarni taklif etgan edi. U iqtisodiyotni tartibga solish omillarini rivojlantirdi. 1943-1944 yillarda u Xalqaro Valyuta Fondi va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (Jahon banki)ni tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni tayyorlash va qabul qilishda qatnashdi. Samarali talab, bir tomondan, shaxsiy iste’mol darajasi bilan, ikkinchi tomondan esa, ishlab chiqarish iste’molining miqdori – investitsiyalar bilan belgilanadi. Talabning oshishini ta’minlashda, birinchidan, davlat ta’sirida kredit foizlarini kamaytirish, bu investitsiyalarning oshishiga olib keladi (kredit mexanizmi); ikkinchidan, investitsiyalarga davlat sarf-xarajatlarini oshirish va tovarlarni davlat tomonidan xarid qilinishini ko‘paytirish (byudjet mexanizmi) vosita xizmatini o‘tashi mumkin. Har ikki chora-tadbir ham ishlab chiqarishni kengaytirishga aholining ish bilan bandligini oshirish va ishsizlikni kamaytirishga qaratilgan.
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling