Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni
Mirzo Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay (1394-1449)
Download 0.61 Mb.
|
8Mehnat iqtisodiyoti» fanining innovatsion rivojlanish sharoitlaridagi vazifalari
Mirzo Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay (1394-1449) podsholik, olimlik va mutafakkirlik faoliyatida ulug‘ bobosi Amir Temur vasiyatlari va uning
ko‘rsatmalariga to‘la asoslangan. Uning 40 yillik hukmronligi davrida mamlakatda barqarorlik, tinchlik, hamjihatlik, iqtisodiy ravnaq, katta ijodkorlik hukm surgan. Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay) [1394.22.3, Sultoniya sh., Eron Ozarbayjoni – 1449. 27.10, Samarqand] – buyuk o‘zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi. Ulug‘bek fan va madaniyat tarixida so‘nmas iz qoldirilgan Ulug‘bekning ilmiy merosi uning «Zij» kitobidir. Shu bilan bir qatorda mehnat, iqtisodiyot bo‘yicha ham ko‘plab taxsinga sazovor o‘gitlar qoldirgan. Ulug‘bek siymosi Pulkovo rasadxonasi, Moskva universiteti konferenszallarida dunyodagi mashhur olimlarning portretlari qatoridan joy olgan. Samarqandda Ulug‘bekning memorial muzeyi tashkil etilgan. Toshkentda O‘zbekiston milliy universiteti, tuman, planetariy, ko‘cha, mahalla, metro stansiyasi, istirohat bog‘i, shaharcha Ulug‘bek nomi bilan ataladi. Farg‘ona pedagogika universiteti, Samarqand arxitektura-qurilish instituti, Kitob xalqaro kenglik stansiyasi, qishloq, maktab va boshqalarga Ulug‘bek nomi berilgan.
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling