. Mehnat to‘g‘risidagi nazariyaning rivojlanishida J.B. Sey, marjinalchilar va yangi klassiklarning roli. - . Mehnat to‘g‘risidagi nazariyaning rivojlanishida J.B. Sey, marjinalchilar va yangi klassiklarning roli.
- Atoqli fransuz iqtisodchisi, ishlab chiqarish omillari nazariyasining muallifi Jan Batist Sey mehnat to‘g‘risidagi nazariyani rivojlantirishda boshqa yo‘ldan bordi. «Siyosiy iqtisod bo‘yicha traktat» J.B. Seyning bosh asari bo‘lib, u besh marta qayta nashr etilgan. Hayotining so‘nggi yillarida J.B. Sey olti tomdan iborat «Siyosiy iqtisod to‘la kursi»ni tayyorladi va nashr ettirdi.
- Jan Batist Sey (1767, 1832) – fransuz iqtisodchisi, vulgar siyosiy iqtisodning birinchi namoyandalaridan biri. Burjuaziyaning yirik ideologi, erkin savdo va iqtisodiy hayotga davlat aralashmasligining tarafdori. Siyosiy iqtisod professori (1819 yildan).
Uning asarlari hozirgacha o‘zbek tiliga tarjima qilib nashr etilmagan. J.B. Seyning «Siyosiy iqtisod bo‘yicha traktat» asari rus tilida 2000 yil Rossiyaning «Delo» nashriyoti tomonidan qaytadan chop etildi. - Uning asarlari hozirgacha o‘zbek tiliga tarjima qilib nashr etilmagan. J.B. Seyning «Siyosiy iqtisod bo‘yicha traktat» asari rus tilida 2000 yil Rossiyaning «Delo» nashriyoti tomonidan qaytadan chop etildi.
- Sey siyosiy iqtisodni uch qismga bo‘ladi: ishlab chiqarish, taqsimot va iste’mol. Bu tasnif takror ishlab chiqarish jarayoni unsurlari o‘rtasidagi yuzaki bog‘lanishni aks ettiradi. Taqsimot va iste’molning iqtisodiyot fanining mustaqil qismlari sifatida ajratilishi va ularning mustaqil soha sifatida ishlab chiqarish bilan yonma-yon qo‘yilishi tufayli ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni unsurlari o‘rtasidagi haqiqiy aloqalar buzib ko‘rsatiladi, chunki ma’lum tipdagi ishlab chiqarish munosabatlari doim taqsimot va iste’molning ma’lum tarkibini vujudga keltiradi.
- Shunday qilib, J.B. Sey talab va taklif qonuni asosida xizmatlar narxi, ya’ni renta, foiz va ish haqining darajasi bilan bir qatorda mahsulotlarning narxini tartibga soldi. Tadbirkor tufayli mahsulotlar qiymati «turli ishlab chiqarish xizmatlari» o‘rtasida taqsimlanadi, turli xizmatlar esa ishlab chiqarish o‘rtasida ularning talablariga muvofiq ravishda taqsimlandi. Uning boyliklarni taqsimlash nazariyasi ayirboshlash va ishlab chiqarish nazariyasi bilan uyg‘un ravishda muvofiqlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |