Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni


Download 0.61 Mb.
bet6/13
Sana08.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1248263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
8Mehnat iqtisodiyoti» fanining innovatsion rivojlanish sharoitlaridagi vazifalari

Keyns ta’kidlashicha, ish haqining pastligi, yangi klassik nazariyaning qoidasiga zid tarzda, ishsizlikning kamayishiga ko‘maklashmaydi. Aholining ish bilan bandligi, avvalo, multiplikatsiyalash (ko‘paytirish) samarasiga olib keladigan investitsiyalarning miqdoriga bog‘liq.

  • Keyns ta’kidlashicha, ish haqining pastligi, yangi klassik nazariyaning qoidasiga zid tarzda, ishsizlikning kamayishiga ko‘maklashmaydi. Aholining ish bilan bandligi, avvalo, multiplikatsiyalash (ko‘paytirish) samarasiga olib keladigan investitsiyalarning miqdoriga bog‘liq.
  • Atoqli amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofotining laureati P. Samuelson klassik siyosiy iqtisod, yangi klassik nazariya, yangi keynschilik, yangi liberal nazariyalar uyg‘unlashishidan iborat bo‘lgan iqtisodiy nazariyalar sintezini zamonaviy iqtisodiy nazariyalarning «yangi klassik sintezi» deb nomladi. U ushbu g‘oyalarni Rossiya va O‘zbekistonda ko‘p marta qayta nashr qilingan «Ekonomiks» darsligida (1948) bayon etgan.
  • Samuelson Pol (1915-2005) – Amerika iqtisodchisi. U 1970 yilda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotini olishga sazovor bo‘ldi. Geri (Indiana shtati)da tug‘ilgan. 1935 yilda Chikago universitetini tugallagan. Garvard universitetida ishlagan, 1940 yildan e’tiboran esa Massachuset texnologiya universitetida mehnat qilgan. 1941 yilda Garvardda fan doktori darajasini oldi, 1947 yilda esa
  • Massachuset texnologiya institutining professori bo‘ldi. Qator davlat muassasalarida, shu jumladan, moliya vazirligida rejalashtirish masalalari bilan shug‘ullandi. 1960-yillarning boshida J. Kennedining maslahatchisi bo‘ldi. Massachuset texnologiya institutidan iste’foga chiqqanidan keyin u faol ravishda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishni davom ettirdi.
  • Samuelsonning asarlari iqtisodiy muvozanatlilikning tahliliga, iste’mol tarkibiga, samaradorlik va maqbullik masalalariga bag‘ishlangan. U “foydalilikni maksimallashtirish”, “muvofiqlik tamoyili”, “yashirin xush ko‘rishlar” konsepsiyalarining muallifidir. U “Iqtisodiy tahlil asoslari” (1947); “Liniyaviy dasturlashtirish va iqtisodiy tahlil” (1958), “Makroiqtisodiyot” (1995); “Mikroiqtisodiyot” (1995) kabi asarlarning muallifidir.
  • Yangi klassik sintez atamasini turli mualliflar turlicha talqin qilishgan, ammo bunday talqinlarni tizimlash asosida yangi klassik sintez konsepsiyasining uchta taxminiy talqinini ko‘rsatish mumkin. Ulardan birining mohiyati zamonaviy iqtisodiy nazariya xo‘jalik yuritishning iqtisodiy liberalizm prinsiplari bilan barcha bozor mexanizmi elementlaridan ham, erkin bozor stixiyasini cheklaydigan keynscha konsepsiyaning elementlaridan ham bir yo‘la foydalanilganda ish bilan to‘la bandlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashi mumkinligi to‘g‘risidagi g‘oyani asoslashdan iborat. Iqtisodiy nazariyaning markazidagi mehnat iqtisodiyoti nazariyasining rivojlanishi to‘xtovsiz jarayondir, u hozir ham davom etmoqda. Unda hali aslo nazariy masalalarning barchasi ham yetarlicha oydinlashtirilganicha yo‘q. Lekin uning istiqboli insoniyatning yangi ijtimoiy va iqtisodiy larzalarni chetlab o‘tish va uning tobora rivojlanishi, odamlarning moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashga imkon beradigan yo‘nalishdagina porloq bo‘lishi ayon bo‘lib turibdi. Bunday yo‘l dunyodagi ko‘p mamlakatlar, xususan, O‘zbekistonda ham amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning markazida turibdi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling