Mehnat vata`limini o`qitish shakllari


O`quv materialini tug`ri tanlash


Download 69.5 Kb.
bet3/6
Sana18.12.2022
Hajmi69.5 Kb.
#1027917
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mehnat vata`limini o`qitish shakllari

3.O`quv materialini tug`ri tanlash. O`quv materialini tanlashda darsning maksadi, o`quvchilar oldingi mexnat darslarida olgan bilim va malakalar; fan asoslariga oid bilimlari; ularning jismoniy rivojlanganligidagi kabi qator omillar xisobga olinadi.
Misol sifatida yog`ochga, metallga ishlov berishda, shuningdek, elektromontaj ishlarida qo`llanadigan rejalash operatsiyasini olamiz. Bu operatsiyani o`quvchilar birinchi marta 5-sinfda bajaradilar. Bunda tugri turtburchak shakldagi konturga ega bulgan detallarni tekislikda rejalash razmetkalovchi asboblar erdamida bajariladi. 7-sinfda geometrik yasashlar erdamida rejalash shablonlar buyicha rejalash ishlarini sikib chikara boshlaydi .8-sinfda rejalashga talablar ortishi mumkin, chunki ukuvchilar bu operatsiya uchun muxum ma`lumotlar: uchburchak va doiradagi metrik munosabatlar, utkir uchburchakning trigonometrik funktsiyalari, ichki va tashki chizilgan uchburchaklar va xokazolar bilan tanishadilar.
O`quv materialining mazmuni darsning maksadiga muvofik tanlanadi.Ukituvchi biror tema byuicha, masalan, yakunlovchi dars utkazar ekan, ishning xakikiy axvoliga karab uz oldiga xar xil maksadlarni kuyishi mumkin.Agar ukuvchilar mexnat usullarini bajarishda tipik xatolarga yul kuygan bulsalar, yakunlovchi mashgulot usha xatolar keyinchalik takrorlanmasligi uchun ularni analiz kilishga bagishlanishi mumkin.Yakunlovchi mashgulotda ukuvchilar bilimlarini umumlashtirish, egochga va metallga ishlov berish usullaridagi umumiy va farkli tomonlarini aniklash maksadlari xam kuyilishi mumkin.Birinchi xolda xam, ikkinchi xolda xam ukuv materialini tanlash xar xil amalga oshirilishi uz-uzidan kurinib turibdi.
4.O`qitish (ta`lim) metodlarini maqsadga muvofiq tanlash. O`qituvchi ishidagi har xil metod va usullar omilkorlik bilan kombinatsiyalanmasa, har kanday darsda ham maqsadga erishib bulmaydi. Mehnat ta`limi darsining asosiy boskichi o`quvchilarning mustaqil ishidan iboratdir. Bu ishning muvaffakiyati unda didaktik metod va usullar qanchalik muvaffakiyatli kombinatsiyalanishiga bevosita bogliq bo`ladi.
O`quvchilarning mustakil ishlari topshiriq bilan tanishish, u kanday tartibda, kaysi asboblar va moslamalardan foydalanib bajarilishi haqida fikrlashdan boshlanadi. Bu masalalarning hammasini bilimlarni qullamay echish mumkin emas. O`qituvchining o`zi tula-tukis yul-yuriq berishi mumkin, albatta, ammo bunda ta`lim metodlarini maksadga muvofiq tanlash talabi buziladi, chunki amaliy aqliy faoliyat bilan boglanmagan amaliy ish mehnat tarbiyasi va politexnik ta`lim talablariga javob bermaydi. O`smirlar mustakil ishni bajarish bilan boglik hamma masalalarni uylab olib, ulardan belgilanganlarini amalga oshirishga kirishadilar. Shunday kilib, mexnatda bilimlarni kullash metodlari ma`lum mexnat usullarini bajarishga doir mashklar bilan kombinatsiyalanadi. Ayniksa, o`quvchilar ijodietining elementlari mavjud bulgan mustakil ishlari didaktik jixatdan kimmalidir.
Yangi materialni baen kilishda ta`limning mexnat usullarini namoyish kilish, tushintirish va suhbat kabi metodlardan foydalaniladi. Bunda ham kup narsa o`qitish metodlarini maksadga muvofiq ravishda kombinatsiyalashga bogliq. Chunonchi, suhbat tushuntirishga qaraganda o`quvchilarni kuprok aktivlashtiradi. Shu sabali yangi materialni bayon etish jarayonida o`quvchilarning ba`zi bilim va malakalariga tayanch mumkin bulgan hollarda, mehnat usullarini namoyish qilishni suhbat bilan kombinatsiyalash kerak.
Darsning yakunlovchi qismi uchun ta`limning suhbat, tushuntirish, bilim, ko`nikma va malakalarini tekshirish kabi metodlarini qo`llash xarakterlidir.

Download 69.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling