Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


YOg‘och konstruksiyalarni yong‘indan saqlash


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

YOg‘och konstruksiyalarni yong‘indan saqlash. YOg‘och 250-300° 
darajada o‘zidan tez yonuvchan gaz chiqara boshlaydi va bunda uchqun tegsa 
yong‘in paydo bo‘ladi. YOg‘och konstruksiyasiga uzoq muddatli issiqlik 
manbai ta’sir etib tursa, yog‘och xatto 150-160° darajada xam yonib ketishi 
mumkin. YOnish jarayonida yog‘ochning sirti tez yonadi va ma’lum bir ko‘mir 
qavati hosil bo‘lgach, yonish jarayoni susayadi. 
YOg‘och konstruksiyalarini yong‘indan saqlash uchun konstruktiv chora 
tadbirlar qo‘llash lozim. Tom yopmalarini yonmaydigan qurilish ashyolaridan 
bajarish, oralqsiz elimli bir biriga yopishtirilgan massiv konstruksinlarni 
qo‘llash yong‘in chiqishini oldini oluvchi choralardir. Bundan tashqari yong‘in 
xavfsizligi maqsadida binolarni bir biridan ajratish, ma’lum bir yong‘in 


 171 
xavfsizligi zonasini qoldirish, yong‘inni avtomatik o‘chirish vositalarini 
qo‘llash, pechь va tutun chiqaruvchi mo‘rilarni ishonchli qilib himoyalash va 
boshqa tadbirlar ko‘rilish kerak. Qo‘llanilgan konstruktiv choralar etarli 
bo‘lmasa, kimyoviy himoya vositalari qo‘llaniladi. 
5.19. Yog‘och konstruksiyalarining afzalligi va kamchiliklari 
YOg‘och konstruksiyalarining afzalliklariga: 
mustahkamlik darajasi yuqori, ya’ni kam uglerodli po‘latning 
mutaqkamligiga yaqin, shuning uchun yog‘och konstruksiyalari engil bo‘ladi; 
• kimyoviy muhitga chidamliligi (agressiv muxitlarda yog‘och -metall va 
temir- beton konstruksiyalardan chidamliroq hisoblanadi); 
• issiqlik o‘tkazunchanligining pastligi (shuning uchun uni bir vaqtning 
o‘zida ham ajratuvchi, ham yuk ko‘taruvchi devorlarga ashyo sifatida ishlatish 
mumkin); 
• xomashyo bazasining doimiy mavjudligi va unga ishlov berishning 
oddiyligi; 
• qurilishni yilning barcha fasllarida bajarish imkoniyatining mavjudligi va 
x.k kiradi. 
Kamchiliklari: 
• gigroskopik ko‘rsatkichining kattaligi va natijada uning kengayishi; 
•yorilishi va tob tashlashi; tarkibining tuzilishi har xilligi (anizatropiya); 
• tuzilishida mustahkamligiga salbiy ta’sir etuvchi ko‘plab tabiiy 
nuksonlarning mavjudligi; 
• chirish ehtimolligining mavjudligi; olovbardoshligining juda pastligi va x.k 
dan iborat. 
YOg‘och konstruksiyalarining qo‘llanilish sohalari, turli konstruktiv 
variantlarni takgqoslash natijasida ikdisodiy samaradorligidan kelib chikan 
xolda belgilanadi. Ular etarli darajada engil, temir-beton konstruksiyadan deyarli 
5 marta engil bo‘lib ularni tashish va montaj kilish ishlari bir muncha osondir. 


 172 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling