Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Yog‘och konstruksiyalarini chirishdan va yong‘indan himoya


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

 
5.18. Yog‘och konstruksiyalarini chirishdan va yong‘indan himoya 
qilish 
Doimiy harorat va namlik sharoitiga ega bo‘lgan, yog‘ochning namligi 20% 
dan oshmaydigan, bundan tashqari suv ostida va doimiy muzliklar qoplagan 
joylarda yog‘och umrboqiy qurilish ashyosi hisoblanadi. Biroq chirishga moyil 
bo‘lgan yog‘och konstruksiyalari bir necha oydan so‘ng ishlatishp mutlaqo 
yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin. 
YOg‘och asosan uning, tarkibini kemiradigan qo‘ziqorinlar ta’sirida 
chiriydi. CHirish jarayoni yog‘ochda namlik kamida 20 %, havo etarlicha 
bo‘lganda va harorat 5° dan 45° gacha bo‘lgan hollarda davom etadi. Ushbu 
faktorlarning birortasi bo‘lmaganda chirishning davom etishn mumkin emas. Bu 


 170 
holatdan himoya sifatida yog‘ochni quritish va uni imkoni boricha namlikdan 
saqlash lozim bo‘ladi. 
Chirishni oldini olishning konstruktiv choralari. Namlikdan saqlashning 
konstruktiv usullari, bu tomni ishonchli qilib yopish, doimiy profilaktik ishlarni 
amalga oshirish, binoni topshirishda binoni to‘liq namlikdan bartaraf etish, er 
osti suvlaridan himoya sifatida gidroizolyasiya ishlarini sifatli bajarish
istiladigan xonalarni va ertulalarni shamollatishni tashkil etish va x.k ishlar 
kiradi. 
Antiseptlash. Ekspluatatsiya jarayonida yog‘ochning namligini 20% 
kamaytirishning iloji bo‘lmasa, unda kimyoviy ishlov-antiseptlash ishlari 
amalga oshiriladi. SHu maqsadda turli kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan moddalar 
bilan yog‘ochni sirtini bo‘yash yoki uni shimdirish yo‘li bilan yog‘ochni 
kemiruvchi qo‘ziqorinlarni rivojlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Antiseptik moddalarning quyidagilaridan foydalanishga ruxsat beriladi: 
qo‘ziqorinlar rivojlanishini oldini oladigan noorganiq, suvda va organiq 
erituvchilarda eriydigan moddalar. Bu moddalar inson va hayvonlarga zararsiz 
bo‘lishi, konstruksiyaning mexaniq mustahkamligiga zarar etkazmaydigan
uning zichligini, elektr o‘tkazuvchanligiga salbiy ta’sir qilmaydigan bo‘lishi 
lozim. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling