171
xavfsizligi
zonasini qoldirish, yong‘inni avtomatik o‘chirish vositalarini
qo‘llash, pechь va tutun chiqaruvchi mo‘rilarni ishonchli
qilib himoyalash va
boshqa tadbirlar ko‘rilish kerak. Qo‘llanilgan konstruktiv choralar etarli
bo‘lmasa, kimyoviy himoya vositalari qo‘llaniladi.
5.19. Yog‘och konstruksiyalarining afzalligi va kamchiliklari
YOg‘och konstruksiyalarining afzalliklariga:
•
mustahkamlik darajasi yuqori, ya’ni kam uglerodli po‘latning
mutaqkamligiga yaqin, shuning uchun yog‘och konstruksiyalari engil bo‘ladi;
• kimyoviy muhitga chidamliligi (agressiv muxitlarda yog‘och
-metall va
temir- beton konstruksiyalardan chidamliroq hisoblanadi);
• issiqlik o‘tkazunchanligining pastligi (shuning uchun uni bir vaqtning
o‘zida ham ajratuvchi, ham yuk ko‘taruvchi devorlarga ashyo sifatida ishlatish
mumkin);
• xomashyo bazasining doimiy mavjudligi
va unga ishlov berishning
oddiyligi;
• qurilishni yilning barcha fasllarida bajarish imkoniyatining mavjudligi va
x.k kiradi.
Kamchiliklari:
• gigroskopik ko‘rsatkichining kattaligi va natijada uning kengayishi;
•yorilishi va tob tashlashi; tarkibining tuzilishi har xilligi (anizatropiya);
• tuzilishida mustahkamligiga salbiy ta’sir etuvchi ko‘plab tabiiy
nuksonlarning mavjudligi;
• chirish ehtimolligining mavjudligi; olovbardoshligining juda pastligi va x.k
dan iborat.
YOg‘och konstruksiyalarining qo‘llanilish
sohalari, turli konstruktiv
variantlarni takgqoslash natijasida ikdisodiy samaradorligidan
kelib chikan
xolda belgilanadi. Ular etarli darajada engil, temir-beton konstruksiyadan deyarli
5 marta engil bo‘lib ularni tashish va montaj kilish ishlari bir muncha osondir.