Mehnat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofazasi


Yuzalarni nivelirlash va uning usullari


Download 1.01 Mb.
bet16/17
Sana29.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1139309
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
praktika

Yuzalarni nivelirlash va uning usullari.
Aerodrom,stadion, temir yo‘l stansiyasi kabi muhandislik inshooti kurish muljallangan maydon yuzasini relyefini aniqlab,undan maqsadga muvofik foydalanish uchun avval shu joyning relyefi tasvirlangan reja chiziladi. Ixtiyeriy maydon yuzasini nivelirlab,uni qog‘ozdagi gorizontallar bilan tasvirlash yuzani nivelirlash deb, reja esa gorizontalli reja deb ataladi. Bunday reja muhandislik ishlarida ko‘p ishlatiladi: kuriladigan inshoot shu rejada loyihalanib, keyin amalga oshiriladi.
Berilgan joyning konturi (chegaralari) relyefining ko‘rinishi, joyning ochiq yoki yopiq ekanligi kabi hollarga qarab, yuza nivelirlashda quyidagi usullar qo‘llaniladi:1) kvadrat kataklar usuli 2) parallel chiziqlar usuli; 3) poligon usuli, bulardan eng ko‘p qo‘llaniladigani kvadrat kataklar usulidir .
Kvadrat kataklar usuli: Bu usulda teodolit yordamida joy qiyaligiga qarab, tomoni 20yoki 40 m li kvadrat kataklar quyidagicha yasaladi (1-rasm). A nuqtaga teodolit bir vernyer noli limb noliga to‘g‘rilanadida, alidada mahkamlanib, limb bushatiladi, YE nuqtaga karatilib esa limb mahkamlanadi. AYE chiziqda har 20 yoki 40 mdan V,S....nuqtalar belgilanib,qoziq koqiladi; keyin alidada bushatilib, 1 verner 900 ga to‘g‘rilansa, AYega perpendikulyar 1-5 chiziq yasaladi. Bu yerda ham 1-5 bo‘yicha 20...40m dan o‘lchab 2,3...nuqtalar belgilanadida qoziqlar koqiladi. Nuqtalar A-2 A-3... В -2 В-3...kabi belgilanadi va kokilgan qoziqlar yeziladi. Shunda kvadrat kataklar yasalgan bo‘ladi. Nivelirlash oldidan kvadrat kataklar sxemasi alohida qog‘ozga chiziladi, bunda nivelirlashda reykadan olingan sanoqlar har qaysi nuqta yeniga yeziladi. Tomon uzunligiga qarab,boglovchi nuqtaning asbobdan uzoqligi 50m dan oshmasligi kuzda tutilib, stansiyalar belgilanadi va shakldagi kabi nivelirlanadi. Agar joyning nishabi kichik bo‘lsa, kvadrat tomonlari 100m dan olinadi. Bunda har kvadratda stansiya olinadi. Kvadrat tomoni yoki o‘rtasida balandlik bo‘yicha harakterli nuqta bo‘lsa, uning o‘rni tomonlarga nisbatan aniqlanadi va nivelirlanadi.
Tomon uzunligi 40mm dan bo‘lgan kvadrat katakning 1:1000 masshtabda chizilgan rejasi misol tarikasida 1-rasmda keltirilgan.

1-rasm.

Chizmada burchak uchlarining nomerlanishi qabul qilinigan koidaga binoan yezilgan; stansiyalar nomeri rim raqami bilan ko‘rsatilgan. Nivelirlash tartibi ham sxema tarzida berilgan; boglovchi nuqtalarga qarash yo‘nalishi uzluksiz chiziq bilan, oraliq nuqtalarga qarash yo‘nalishi esa punktir chiziq bilan ko‘rsatilgan. Boglovchi nuqtalarga 2 gorizontda qarab ,2 sanoq ,oraliq nuqtalarga bir gorizontda qarab,bir sanoq olingan va bu sanoqlar burchak uchlariga yezilgan. Endi shu dala materiallari bo‘yicha burchak uchlarining belgilarini aniqlash va shu belgilar bo‘yicha gorizontallar o‘tkazish, o‘rtacha (nol) belgilarni aniqlash kabi ishlar bilan tanishaylik.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling