35
1.
Darsning tuzilishini aniqlaydi.
2. Darsning
maqsadini shakllantiradi, o’quv faoliyatining kutilajak
natijalarini aniqlaydi va pedagogik vazifalarni belgilaydi.
O’quv faoliyatining kutilajak natijalari – bu o’qitish natijasida o`quvchi
egallashi va bajarishi lozim bo’lgan harakatlar.
Ular tomondan erishilgan natijalarni ob’yektiv baholash va belgilangan
maqsadga mosligini
aniqlash imkonini beradi, aniq, lo’nda va fe’l shaklida
shakllantiriladi, tugallangan harakatni bildiradi (…..gapirib beradi, …..sanab
beradi, ….tavsiflaydi, …..yechimini topadi va hokozo).
Pedagogik vazifalar – o`quvchining o’quv faoliyatini belgilangan natijasiga
qarab harakatlanishini tashkil etishda o’qituvchi
tomonidan bajarilishi lozim
bo’lgan harakatlari.
3. Maqbul ta’lim modelini loyihalashtiradi (tanlaydi).
Ta’lim modeli – bu belgilangan vaqtda va mavjud sharoitda belgilangan
maqsadni amalga oshirish va bashorat qilingan o’quv
natijalariga erishishni
kafolatlaydigan ta’limning eng maqbul shakllari, usullari va vositalari majmuidir.
4. Qaytar aloqa yo’l va vositalarini tanlaydi: tezkor so’rov, savol-javob,
o’quv topshirig’i natijalarini taqdimotini baholash va boshq.
5. Loyihaviy faoliyat natijasini jadval - o’quv jarayoni ta’lim
texnologiyasi
modeli ko’rinishida rasmiylashtiradi.
6. O’quv mashg’ulotida ta’lim texnologiyasini rejalashtirishni texnologik
xarita ko’rinishida amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: