Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma
Zamonaviy dars turlari
O`quvchilarga o`rgatiladigan mavzu maqsadlaridan va ta`lim mazmunidan kelib chiqib, eng samarali dars turi belgilanadi. Umumta`lim maktablari, AL larda kimyo fanini o`qitish samaradorligini oshirishning muhim sharti ta`lim jarayoniga tizimli yondashuvdir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan dars turlari quyidagi sxemada berilgan: Bunday darslarni tashkillash uchun zamonaviy kimyo o’qituvchisi quyidagilarni bilishi kerak. 1. Kimyo o’qitish jarayonida o’qitishning ta’lim va tarbiyaviy hamda o’quvchilarni rivojlantirish maqsadini; 2. Maktab yoki akademik litseylarining o’quv dasturlari, darsliklari, o’quv – metodik qo’llanmalar; 3. Kimyo o’qitish metodikasining nazariy asoslari, jumladan, kimyo o’qitish metodlarini va ularning natijalarini nazorat qilishni, kimyo kabinetining o’quv o’quv jihozlarini, laboratoriyada ishlash vaqtidagi xavfsizlik texnikasini, kimyoviy reaktivlarning xossalari va ularni saqlash qoidalarini o’qitishning texnik vositalarini va ularni ishlatish yo’llarini; 32 4. O’qituvchi psixologik xususiyatlari turli bo’lgan bolalar bilan ish olib boradi, ularga ta’lim va tarbiya beradi. Shuning uchun pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini bilib olishi kerak; 5. O’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning muhim omillaridan biri ularda kimyoviy masalalar yechish malakalarini shakllantirish va rivojlantirishdir. Shuning uchun o’qituvchining o’zi masala yechish malakasiga ega bo’lishi kerak; 6. O’qituvchi ilmiy – ijodiy izlanish malakasiga ega bo’lishi kerak. Bu ko’nikma va malakalar o’quvchilarning ped amaliyot vaqtida shakllantiriladi, natijada ular mustaqil malakaviy bitiruv ishlari bajaridalar. Bitiruv ishlarini ilmiy – metodik yangilik elementlariga ega bo’lishi kerak. 7. Kimyo o’qitishning an’anaviy metodlari o’rniga interaktiv metodlar, jumladan innovatsion va axborot texnologiyalarini bilib olishlari kerak. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ko’rsatmalarini amalga oshirish, o’qituvchilar tayyorlashni dunyo andozalariga javob beradigan darajaga olib chiqadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling