86
Ikkinchi bosqich-mashq vazifalari. Bu vazifalarni fanni yaxshi bilishni
istaydigan va dasturni qiyinchiliksiz o’zlashtiradigan o’quvchilar bajaradilar. Bu
o’quvchilar 1-bosqichdagi vazifalarni bajarishdan ozod bo’ladilar.
Uchinchi bosqich - darsning mavzusi, sinfning tayyorgarligiga ko’ra
o’qituvchi tomonidan qo’llaniladi. Bu-ijodiy topshiriq. Bu vazifa ixtiyoriy
bajariladi, o’qituvchi tomonidan yuqori
baho va olqishlar bilan
rag’batlantiriladi.
Ijodiy topshiriqlar qo’lami juda ham keng bo’lish mumkin:
- o’quv materiallari bo’yicha hikoyalar, esselar;
-
chaynvordlar, krossvordlar, skanvordlar, filvordlar;
- o’quv komikslari;
- plakatlarda tayanch chizmalar;
- formulalar va h.
Do'stlaringiz bilan baham: